Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Растительный экстракт
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Pokiston
Dozasi
5,6 г
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Chiqarillish shakli
Granulalar
Insti granulalar №5 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Insti
Dori shakli
Granulalar
Tarkibi
har bir paket-sashe quyidagi ekstraktlarni saqlaydi
faol moddalar
Oq tol- 750,00 mg
Tomirli adxatoda- 300,00 mg
Qizilmiya- 550,00 mg
Xitoy choyi- 125,00 mg
Xushbo‘y binafsha - 100,00 mg
Dorivor valeriana- 100,00 mg
Oddiy ukrop- 75,00 mg
Sharsimon evkalipt- 35,00 mg.
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, mentol, saxaroza.
Ta'rifi jigarrang rangli, ishqalaganda mentol hidga ega granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
shamollash kasalliklarida qo‘llaniladigan majmuaviy preparatlar.
ATX kodi R05X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Shamollashga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik, bronxolitik, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi, spazmolitik ta'sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparat.
Insti preparati yuqori va quyi nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan kechuvchi intoksikatsiya simptomlari (gipertermiya, ko‘p terlash, holsizlik) niyengillashtiradi, antiseptik ta'sirga ega, yo‘tal jadalligini kamaytiradi va balg‘am ajralishini oshiradi. O‘tkir davrining regressiyasi 3-4 kungacha qisqaradi.
Insti bemorning holatini yaxshilaydi, oshgan tana haroratini va yo‘talning jadalligini pasaytiradi.
Preparat qo‘llangandan keyin 24 soat davomida rinit, faringit, traxeit simptomlarini tezda bartaraf etishga yodlam beradi. Uyquchanlikni va o‘rganib qolishni chaqirmaydi. Qaynoq suvda tez eriydi.
Oq tol salatsin glikozidi, tremulatsin saqlaydi.
Tana haroratini tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi ta'sirlarga ega.
Qizilmiya glitsirrizin glikozidi, flavonoid, asparagin saqlaydi. Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi, immunitetni rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Yallig‘lanishning ekssudativ va proliferativ fazalariga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Xushbo‘y binafsha violin, fridelin, efir moylarini saqlaydi. Antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi, tana haroratini tushiruvchi, terlatuvchi xususiyatlarga ega.
Oddiy ukrop efir moylari, dipentin saqlaydi. Bronxlarning sekretor funktsiyasini kuchaytiradi, mukolitik ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga egadir.
Tomirli adxatoda vazitsin, vazitsinon alkoloidlarini, saqlaydi. Bronxlarni kengaytiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega, bronxlarning kipriksimon epiteliysini harakatini oshiradi va balg‘am ajralishini tezlashtiradi, gistamin ta'sirida chaqirilgan bronxospazmdan himoya qilib, astmaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Xitoy choyi tanin, kofein, teofillin saqlaydi. Burishtiruvchi, tonusni oshiruvchi, siydik haydovchi ta'sirlarga ega.
Dorivor valeriana efir moylari, valeriana kislotasi, katinin saqlaydi; markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, tinchlantiruvchi va spazmolitik xususiyatlarga ega, bosh og‘rig‘ining yaqqolligini kamaytiradi.
Sharsimon evkalipt efir moylari (tsineol, pinen, mirtenol) oshlovchi moddalar saqlaydi. Yaqqol antiseptik ta'sirga ega, ayniqsa, streptokkok, stafilokkoklarga nisbatan, kuchli yallig‘linishga qarshi samaraga ega.
Qo‘lanilishi
- Tomoqni ta'sirlanishi;
- Yo‘tal;
- Gripp;
- Burun bitishi;
- Isitma;
- Shamollash;
- Bosh og‘rig‘ida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi
Bitta sashe-paketdan kuniga ikki-uch marta buyuriladi.
Bitta paketni issiq suvda yoki choyda eritiladi va oz-ozdan ichiladi.
Davolash kursi 7-8 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Instining komponentlaridan birontasiga ma'lum allergiyasi bo‘lgan odamlarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan granulalar saxaroza saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, shuningdek kam kaloriyali diyetada bo‘lgan bemorlar e'tiborga olishlari zarur.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘tal markazlarini tormozlovchi, hamda, balg‘am ajralishini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasining transport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat transport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Noma'lum, ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
5,6 g dan uch qavat folgali sashelarda, 5/10 sashe qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.