Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Парацетамол, фенилэфрин, аскорбиновая кислота
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
Agio Pharmaceuticals Ltd
Chiqarilish shakli
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rinil Xotmiks
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) paratsetamol, fenilefrin gidroxloridi, askorbin kislotasi.
Dori shakli
ichga kabul kilish uchun eritma tayyorlash uchun (limon yoki apelsin ta'mli).
Tarkibi
Xar bir bir martalik paket (sashe) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
paratsetamol750,0 mg
fenilefrin gidroxloridi10,0 mg
askorbin kislotasi (S vitamini)60,0 mg
yordamchi moddalar suvsiz limon kislotasi, vino kislotasi, natriy saxarini, natriy sitrati, saxaroza, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, Powdarome orange aromatizatori yoki laym aromatizatori, Supra sariq shafaqi bo‘yovchisi.
Ta'rifi granulalangan apelsin yoki limon xidli och-sariq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf etuvchi vosita. Analgetik-antipiretik.
ATX kodi N02VE51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat.
Paratsetamol - analgetik-antipiretik. Analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘ lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Fenilefrin gidroxloridi – simpatomimetik, terapevtik dozalarda markaziy nerv tizimiga yaqqol raxbatlantiruvchi ta'siri bo‘lmagan, asosan alfa-adrenomimetik faollikka ega. Periferik tomirlariga vazo-konstriktor ta'sir ko‘rsatadi. Burun-xalqum shilliq pardasi shishini kamayishiga yordam beradi.
Askorbin kislotasi organizmni infektsiyaga bo‘lgan qarshiligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol me'da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi, organizm suyuqliklarida nisbatan bir tekis taqsimlanadi. Asosan jigarda metabolizmga uchrab, bir nechta metabolitlarni hosil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganida organizmdan yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil etadi. Preparatning asosiy qismi jigarda kon'yugatsiya bo‘lganidan so‘ng chiqariladi. Paratsetamolning qabul qilingan dozasini 3% dan ko‘p bo‘lmagan qismi o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Askorbin kislotasi me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 25% ni tashkil qiladi, organizm to‘qimalariga keng taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, siydik bilan o‘zgarmagan holda oksalat shaklida chiqariladi. Haddan tashqari ko‘p miqdorda qabul qilingan askorbin kislotasi o‘zgarmagan holda siydik bilan tez chiqariladi.
Fenilefrin me'da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi va ichaklarda va jigarda «birlamchi o‘tish» jarayonida monoaminooksidaza ta'siri ostida metabolizmga uchraydi. Fenilefrin ichga qabul qilinganida preparatning biokiraolishligi cheklangan. Siydik bilan sulfat kislotasining kon'yugati shaklida deyarli to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Tana haroratini oshishi, bosh og‘rig‘i, o‘tkir rinit, tumov, aksirish, mushaklar og‘rig‘i bilan kechuvchi infektsion-yalliglanish va shamollash kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar bitta paketd (sashe) dan kuniga 4 marta. O‘ram ichidagisi bir stakan issiq suvda eritiladi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan psixomotor reaktsiyalar tezligini pasayishi, tez charchash xissiyoti.
Ovkat hazm qilish tizimi tomonidan og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, epigastriy sohasida og‘riqlar; preparatda paratsetamol mavjudligi tufayli uzoq vaqt katta dozalarda qo‘llanganida gepatotoksik ta'siri namoyon bo‘lishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimini oshishi va yurak urishini tezlashishi epizodlari bo‘lishi mumkin.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan siydik tutilishi, paratsetamol mavjudligi tufayli katta dozalarda kabul kilinganida nefrotoksik ta'siri bo‘lishi mumkin.
Qon yaratish tizimi tomonidan paratsetamol mavjudligi tufayli yukori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilishida - kam hollarda trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Fenilefrin gidroxloridini monoaminoksidaza ingibitorlari yoki tritsiklik depressantlari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Qo‘llash uchun nisbiy mumkin bo‘lmagan, xususan tizimli qo‘llanganida, gipertoniya, barqaror bo‘lmagan stenokardiya, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, gipertireoidoz va homiladorlik hollardir.
Paratsetamolni ushbu doriga o‘ta yukori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda ham qo‘llash mumkin emas. Aspiringa allergiyasi bo‘lgan odamlarda paratsetamolga reaktsiya ko‘rsatmasliklari mumkin; ammo paratsetamol qabul qilinganidan so‘ng, aspirin ta'siriga ko‘p sonli bo‘lmagan astmatiklarda kuchsiz bronxospastik reaktsiyalar kayd etilgan.
Giperoksaluriyasi bo‘lgan bemorlarda S vitaminini qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, sitovudin va boshqa jigar mikrosomal ferment induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, paratsetamol gepatotoksik ta'sirini xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigarning zaharli shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogolli ichimliklar bilan qabul qilish mumkin emas. Preparatniqabul qilish vaqtida avtomobilni yeki boshqa mexanizmlarni boshqarish tavsiya qilinmaydi. Shikastlangan paketchalardagi dorini ishlatmaslik kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, entsefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.
Davolash me'dani yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan ko‘mir, SH-guruh donatorlarini va doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach glutation sintezining o‘tmishdoshlari - metionin va 12 soatdan keyin N-atsetiltsistein yuborish.
Chiqarilish shakli
5,0 g dan alyumin folgali bir dozali paketlarda (sashe)
5 yoki 10 dan bir dozali paketlar (sashe) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton kutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroklilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Adjio Farmatsetikalz Ltd”, Xindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.