Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yunikold Forte tab. №10 (Gripp va Prostudadan)
Yunikold Forte tab. №10 (Gripp va Prostudadan)
Nomi | Narx | |||||
Юниколд-Форте таб.№10 (отГриппа+Простуды) (RUF-12##2 040) |
UZS 10 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, аскорбиновая ксилота, хлорфенамин, кофеин, фенилэфрин
Страна производитель
Индия
Производитель
Combitic Global Caplet Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Yunikold Forte®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) paratsetamol, fenilefrin gidroxloridi, kofein, xlorfeniramin maleati.
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar paratsetamol 500 mg, fenilefrin gidroxloridi 5 mg, suvsiz kofein 20 mg, xlorfeniramin maleati 4 mg.
yordamchi moddalar povidon K-30, metilparaben, propilparaben, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, Sariq Sanset (Sunset Yellow) FCF bo‘yovchisi.
Ta'rifi uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, chetlari kesilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘tkir respirator kasalliklarning (O‘RK) simptomlarini bartaraf qilish uchun qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi N02BE71
Farmakologik hususiyatlari
Paratsetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibirlashi bilan bog‘liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siri bilan bog‘liq, buning natijasida tomirlarning kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikning chiqarilishi kuchayadi.
Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton) - simpatomimetik amin, tomirlarning -adrenoretseptorlari stimulyatori hisoblanadi, yurakni -adrenoretseptorlariga kam ta'sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini va arterial bosimni oshishini chaqiradi. Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi va glaukomada ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin. Preparatning midriatik ta'siri atropin qo‘llangandagiga nisbatan kam davom etadi. Nafas olish yo‘llari shilliq qavatidagi -adrenergik retseptorlariga ta'sir qilib, tomirlarning torayishini chaqiradi. Bu esa yallig‘lanish natijasidagi burun yo‘llari shilliq qavati shishini vaqtinchalik kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati - gistaminning N1-retseptorlari antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llanadi. Effektor hujayralarining N1-retseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistamin ta'sirini (to‘qima shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) bartaraf qiladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa uning ta'sir samarasini yo‘qotmaydi. Preparat tarkibida u qo‘shimcha burunning bitib qolishini, tumovni va aksirishni kamayishini ta'minlaydi.
Kofein charchoqlikni va uyquchanlikni kamaytirishga, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishga olib keluvchi markaziy nerv tizimiga stimullovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minut o‘tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldosh orqali oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to‘planishiga yordam beradi.
Ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tish hisobiga va monoaminooksidaza bilan me'dada parchalanishi natijasida fenilefrin gidroxloridining biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi me'da-ichak yo‘llarida va jigarda yuz beradi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin maleat ichga qabul qilinganidan so‘ng me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi – yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri – 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Kofein ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi va organizmga yaxshi taqsimlanadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga bir soatdan so‘ng erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Tumov, burunni bitishi, bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, bo‘g‘imlar va mushaklar og‘rig‘i bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bolalarga 6 yoshdan 12 yoshgacha 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi.
Kattalarga 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam holatlarda allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eritema, eshakemi), shuningdek bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta'sirchanlik, ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-homiladorlik, laktatsiya davri;
-bolalik yoshi (6 yoshgacha);
Ehtiyotkorlik bilan – glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiq burchakli glaukomada, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bez kasalliklarida, qandli diabetda, bronxial astmada qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi.
Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qo‘zg‘aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Guanitidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u esa o‘z navbatida alfa-adrenostimullovchi faolligini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Nojo‘ya samaralarini hisobga olib, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari allergik reaktsiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
5 tabletkadan PVX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
Uchta kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.”, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.