Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Хлорфенирамина малеат, фенилэфрина гидрохлорид
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
Nobell Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Taylolfen Xot eritma tayyorlash uchun kukun 12 o‘ram, 20 gr dan haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Taylolfen Xot
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Paratsetamol, xlorfeniramin maleat, fenilefrin gidroxloridi.
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
bir paket quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar paratsetamol 500 mg, xlorfeniramin maleati 4 mg, fenilefrin gidroxloridi 10 mg;
yordamchi moddalar suvsiz limon kislotasi, vino kislotasi, natriy bikarbonati, suvsiz natriy karbonati, natriy benzoati, rafinadlangan shakar, limonli aromatizatori, polivinilpirrolidon, qand upasi, xinolin sariq bo‘yovchisi.
Ta'rifi sochiluvchan granulyatsiya qilingan oq-sarg‘ish rangli limon hidli kukun. Farmakoterapevtik guruxi majmuaviy analgetiklar-antipiretiklar. Paratsetamol boshqa preparatlar bilan majmuada, psixoleptiklardan tashqari.
ATX kodi N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Taylolfen Xot - majmuaviy preparat bo‘lib, paratsetamol, xlorfeniramin maleati va fenilefrin gidroxloridi saklaydi. Og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, antigistaminli va shishga qarshi xususiyatlariga ega.
Paratsetamol – nonarkotik analgetikdir. Og‘riqni qoldiruvchi ta'siri og‘riq bo‘sag‘asining ko‘tarilishi, isitmani tushiruvchi ta'siri esa gipotalamusdagi xaroratni termoregulyator markaziga ta'siri bilan bog‘liq.
Xlorfeniramin maleati – gistamin N1-retseptorlariga nisbatan antagonistik xususiyatlariga ega, shu bilan quyidagi simptomlarni yengillashtiradi rinit, burunning bitish hissi, ko‘zlarning qizarishi va o‘ta yuqori sezuvchanligini.
Fenilefrin gidroxloridi – alfa-adrenoretseptorlarga bevosita qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatadi, tomirlarni toraytiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, burun-tomoq shilliq pardalarining shishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat ichga qabul qilingandan so‘ng me'da-ichak yo‘llaridan to‘liq va tez so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyaga 10 dan 60 minut ichida erishiladi.
Paratsetamol organizmning deyarli barcha to‘qimalarida tez va bir tekis taksimlanadi. Yarim chiqarilish davri 1,25-3 soatgachani tashkil etadi. Jigarning mikrosomal tizimi tomonidan metabolizmga uchraydi. Qabul qilingan paratsetamol dozasining taxminan 85% siydik bilan (erkin va kon'yugatsiyalangan paratsetamol ko‘rinishida) 24 soat davomida chiqariladi.
Xlofeniramin maleatining qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi 2,5 - 6 soatdan keyin kuzatiladi.
Preparatning biokiriaolishligi taxminan 25%-50% tashkil etadi. Preparatning ko‘pchilik qismi (70%) plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Xlorfeniramin maleat amalda organizmning barcha to‘qimalariga, shu jumladan markaziy nerv tizimiga o‘tadi. Yarim chiqarilish davri 2-43 soatni tashkil etadi, ta'sirining davomiyligi esa 4-6 soat.
Metabolitlari, va shuningdek preparatning ozgina qismi o‘zgarmagan xolda asosan siydik bilan chiqariladi.
Ichga qabul qilinganidan keyin fenilefrin gidroxloridi MAO ishtirokida ichak va jigar orqali "birinchi o‘tishda" metabolizmga uchrab, m'eda-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi. Tizimli absorbtsiyaga uchrab, o‘zining farmakologik faolligini saqlaydi.
Fenilefrin, uning metabolitlari kabi, siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
infektsion yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash. Shu jumladan gripp va shamollash simptomlarini bartaraf etadi
• yuqori xaroratni;
• mushak va bosh og‘rig‘ini;
• isitma va sovuq qotishini;
• burun oqishi va bitishini;
• tomoqdagi og‘riqni;
• ko‘z yoshlanishini;
• burun shiliq qavatini, burun-xalqum va ko‘zning qichishini;
• aksirishni;
• allergiya simptomlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilishga – 1 paketchadan sutkada 2-4 marta qo‘llanadi. Bir paketcha ichidagisini bir stakan issiq suvda to‘liq eritiladi va issiq xolda qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish intervali 6 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam hollarda (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Paratsetamol
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan nomalum – trombotsitopeniya, agranulotsitoz.
Immun tizimi tomonidan nomalum – anafilaktik reaktsiyalar, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan teri toshmasi, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan noma'lum – bronxospazm.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan noma'lum – jigar funktsiyasini bo‘zilishi.
Xlorfeniramin maleati
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan nomalum – gemolitik anemiya, qon diskraziyasi.
Immun tizimi tomonidan nomalum – allergik reaktsiyalar, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar.
Oziqlanish va moddalar almashinuvi tomonidan nomalum – anoreksiya.
Ruhiyat tomonidan nomalum – parishonxotirlik, qo‘zg‘aluvchanlik, tasirlanish, daxshatli tushlar, depressiya.
Nerv tizimi tomonidan juda tez-tez – sedatsiya, uyquchanlik; tez-tez – diqqatni bo‘zilishi, muvozanatni buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Ko‘rish a'zolari tomonidan tez-tez – ko‘rishni xiralanishi.
Eshitish a'zolari va muvozanat tomonidan nomalum – quloqda shovqin.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan noma'lum – yurak yurishi, taxikardiya, aritmiya, gipotoniya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan nomalum – bronxlar devorini qalinlashuvi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi; noma'lum – qusish, qorindagi og‘riq, diareya, dispepsiya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan noma'lum – gepatit, sarig‘lik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan noma'lum – eksfoliativ dermatit, toshma, urtikariya, fotosensibilizatsiya.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan noma'lum – mushaklarni tortilishi, mushak xolsizligi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan noma'lum – siyishni tutilishi.
Fenilefrin
Ruhiyat tomonidan nomalum – asabiylashish, bezovtalik.
Nerv tizimi tomonidan noma'lum – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik.
Ko‘rish a'zolari tomonidan noma'lum – midriaz, o‘tkir yopiq burchak glaukomasi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan noma'lum – yurak urishi, taxikardiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan noma'lum – allergik reaktsiyalar (toshma, eshakemi, allergik dermatit).
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan noma'lum – dizuriya, siyishni tutilishi kuzatilishi mumkin.
NOXUSH REAKTSIYALAR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- preparatning xar qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, buyraklar va jigar funktsiyasini buzilishi, yurak qon-tomir tizimining kasalliklari. Preparat MAO ingibitorlari bilan birga yoki ularni qabul qilish tugatilganidan keyin kamida 2 hafta davomida ko‘llanilmaydi;
- bir vaqtning o‘zida boshqa simpatomimetik shishga qarshi vositalardan foydalanish;
- yopiq burchakli glaukoma;
- gipertoniya kasalligi;
- diabet, gipertireoz;
- feoxromatsitoma;
- homiladorlik davri;
- laktatsiya davri;
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Terapevtik dozalarda boshka dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Tavsiya qilingan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qabul kilinganida, preparatda saqlangan paratsetamol, bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi va urikozurik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Paratsetamol shuningdek kumarin, idantion xosilalari va antidepressantlar bilan o‘zaro ta'sirlashadi.
Karbamazepin, fenobarbital, fenitoin va boshqalar kabi tutkanoqqa qarshi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, paratsetamolning dozasi ikki marta kamaytirilishi kerak. Xlorfeniramin fenitoin metabolizmini sekinlashtirib, qon zardobidagi uning kontsentratsiyasini oshiradi, shuningdek alkogol, barbituratlar, uyqu preparatlari, opioid analgetiklar, anksiolitiklar va antipsixotik vositalarining (fenotiazin xosilalari) bir vaqtda qabul kilinganida markaziy nerv tizimini additiv tormozlanishiga olib keladi.
Indometatsin, metildofa, MAO ingibitorlari, alfa- va beta-adrenoblokatorlar, tritsiklik antidepressantlar va psixostimulyatorlar bir vaqtda buyurilganida fenilefrinning pressor samarasini potentsiyalanishi kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
PARATSETAMOL SAQLAYDI. Preparatni bir vaqtni o‘zida boshqa paratsetamol-saqlovchi vositalar, dekongestantlar (burun bitib qolish simptomlarini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan preparatlar bilan) va shamollashga qarshi preparatlar bilan qabul qilinmasin. Boshqa paratsetamol-saqlovchi preparatlar hamrohligida qabul qilish dozani oshirib yuborilishga olib kelishi mumkin.Paratsetamol bilan dozani oshirilib yuborilishi jigar yetishmovchiligini keltirib chiqarishga qodir, bu esa jigarni ko‘chirib o‘tkazish zaruriyatiga yoki o‘limga olib kelishi mumkin.
Kattalar uchun maksimal sutkalik doza — 4 gramm.
Jigar, buyraklarni funktsiyasini buzilishlari, yurak-qon tomir va o‘pka kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek klinikagacha anemiya holida preparatni qabul qilish shifokor kuzatuvi ostida o‘tishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni sutkalik dozasi yarmiga kamaytiriladi. Barbituratlar, MAO ingibitorlari va alkogol bilan bir vaqtda qabul kilinganida, paratsetamolning gepatotoksik ta'sirining xavfi axamiyatli oshadi, unda alkogolni qabul qilayotgan patsiyentlarda preparatning sutkalik dozasi ikki grammdan oshmasligi kerak.
Terapevtik ta'siri bo‘lmaganida (3 kundan kuprok davomiylikdagi gipertermiya va bolalarda 5 kundan va kattalarda 10 kundan ko‘proq og‘riq sindromida) shifokor maslaxati talab qilinadi. Preparatni yurak kasalliklari, qandli diabet, bronxial astma, glaukoma, gipertireoidizm va gipertenziyali patsiyentlarga buyurilmaydi. Antigipertenziv va/yoki antidepressant preparatlarini qabul kilayotgan patsiyentlar Taylolfen Xot®ni bir vaqtda qabul qilish tug‘risida shifokor bilan maslaxatlashishlari kerak.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishning o‘ziga xosligi.
Preparat charchoqlik va uykuchanlik xissini chaqirishi sababli, avtotransport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish bilan bog‘lik bo‘lgan xavf bilan patsiyentlarni xabardor qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
FDA tasnifi bo‘yicha kategoriya - belgilanmagan.
Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llashning xavfsizligini adekvat va kat'iy nazoratli klinik tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Preparatni fakat ona uchun kutilayotgan foyda, xomila yoki gudak uchun potentsial xavfidan yuqori bo‘lgan xolda buyuriladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari teri qoplamalarini rangini oqarishi, ishtaxani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz (intoksikatsiya oqibatidagi nekrozning yaqqolligi bevosita dozani oshirib yuborilish darajasiga bog‘liq). Kattalardagi toksik ta'siri 10-15 g dan ortiq paratsetamol qabul qilgandan keyin bo‘lishi mumkin "jigar" transaminazalari faolligi oshishi, protrombin vaqtini oshishi (qabul qilgandan keyin 12-48 soat o‘tgach); jigarning shikastlanishini keng klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam hollarda jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi (tubulyarli nekroz) mumkin.
Davolash doza oshirib yuborilganidan birinchi 6 soat ichida - me'dani yuvish, SH-rypyh donatorlarni va glutation sintezining o‘tmishdoshi - metioninni doza oshirib yuborilganida 8-9 va N-atsetiltsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qo‘shimcha terapevtik tadbirlarni (metioninni, N-atsetiltsisteinni vena ichiga yuborishni davom ettirish) qondagi paratsetamolning kontsentratsiyasi, shuningdek qabul qilinganidan keyingi o‘tgan vaqt bilan belgilanadi.
Chiqarilish shakli
Taylolfen Xot, ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun, o‘ramda 6 yoki 12 paketchadan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.”
Turkiya, Dyuzdje shahri, Sandjaklar Max, Eski Akchakodja ko‘chasi, 299
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.