Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Slideron tab. 4mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метилпреднизолона ацепонат
Страна производитель
Болгария
Дозировка
4 мг
Производитель
Spey Medikal Ltd., Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Slideron
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metilprednizolon
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 4 mg yoki 16 mg metilprednizolon,
yordamchi moddalar laktoza monogidrati va makkajo‘xori kraxmali aralashmasi (85 15), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Glyukokortikosteroidlar. Metilprednizolon.
ATX kodi N02AV04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Slideronning samarasi, boshqa glyukokortikoidlar kabi sitoplazmada steroid gormonlar bilan o‘zaro ta'siridan amalga oshadi. Steroid kompleks xujayralar yadrosiga tashiladi, DNK bilan birikadi va ko‘pgina oqsillar uchun gen transkriptsiyasini o‘zgartiradi. Glyukokortikoidlar bo‘g‘imlar destruktsiyasini (revmatoid artritda) chaqiruvchi ko‘pgina oqsillar, turli fermentlar, shuningdek immun va yallig‘lanish reaktsiyalarida muhim rol o‘ynovchi sitokinlarning sintezini susaytiradi. Lipokortin – glyukokortikoidlarning neyroendokrin o‘zaro ta'sirining muhim oqsili sintezini induktsiya qiladi.
Glyukokortikoidlar, shu jumladan Slideron ko‘pgina issiqlik, mexanik, kimyoviy, infektsion va immunologik agentlarga to‘qima javobini rivojlanishini susaytiradi yoki to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, glyukokortikoidlar sababga ta'sir ko‘rsatmasdan kasallikni namoyon bo‘lishini kamaytirib, simptomatik ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning yallig‘lanishga qarshi samarasi gidrokortizonning samaradorligidan minimum 5 marta yuqori.
Slideronning endokrin samaralari AKTG sekretsiyasini susayishi, endogen kortizol ishlab chiqarilishini ingibitsiyasini o‘z ichiga oladi, uzoq vaqt qo‘llaganda buyrak usti bezi po‘stloq qismini qisman atrofiyasini chaqiradi. Kaltsiy, D-vitamini metabolizmiga, uglevod, oqsil va lipid almashinuviga ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun uzoq vaqt qo‘llaganda qonda glyukoza darajasini oshishi, suyak to‘qimasi zichligini kamayishi, mushak atrofiyasi va dislipidemiya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Preparatning shuningdek arterial bosimni oshishiga va hulq-atvor va kayfiyatni modulyatsiyasiga olib keladi. Slideron deyarli mineralokortikoid faollikka ega emas.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda metilprednizolonning biokiraolishligi odatda 80% dan ortiqni tashkil qiladi, lekin yuqori dozalar buyurilganda pastroq ham bo‘lishi mumkin.
Qon zardobidagi cho‘qqi kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi, o‘rtacha yarim chiqarilish davri – 2-3 soatni tashkil qiladi.
Metilprednizolonni plazma proteinlari bilan bog‘lanishi 77% ni tashkil qiladi, transkortin bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz. Taqsimlanish xajmi – 1-1,5 l/kg. Metilprednizolon faol bo‘lmagan metabolitlargacha metabolizmga uchraydi. Uning metabolizmini ta'minlovchi spetsifik CYP-fermentlar noma'lum. Yallig‘lanishga qarshi samarasining davomiyligi – 18-36 soat. Preparatning taxminan 5% organizmdan siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-endokrin kasalliklarda (buyrak usti bezini birlamchi va ikkilamchi yetishmovchiligi, buyrak usti bezini tug‘ma giperplaziyasi) o‘rinbosar davolash
Quyidagilarni simptomatik davolash uchun (majmuaviy davolash tarkibida)
-tutib turuvchi davolashga qo‘shimcha, psoriatik artrit, revmatoid artrit, shu jumladan o‘smirlar revmatoid artriti, ankilozlovchi spondilit, o‘tkir va nim o‘tkir bursit, o‘tkir nospetsifik tendosinovit, o‘tkir podagrik artrit, posttravmatik osteoartrit, osteoartritdagi sinovit, epikondilit kabi o‘tkir revmatik kasalliklar (yoki ularning zo‘rayishi) da samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga qo‘shimcha, qisqa muddatli qo‘llash uchun– tizimli qizil yugurik, tizimli dermatomiozit (polimiozit), o‘tkir revmatik kardit va gigant xujayrali arteriit zo‘rayganda yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida;
-teri kasalliklari (pufak yara, bullyoz gerpatiform dermatit, Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, fungoid mikoz, psoriazning og‘ir shakli, og‘ir seboreyali dermatit);
-oddiy davolashga berilmaydigan og‘ir allergik holatlarni (mavsumiy yoki mavsumiy bo‘lmagan allergik rinit, zardob kasalligi, bronxial astma, dori kasalligi, kontakt va atopik dermatit) nazorat qilish;
-ko‘z va uni qo‘shimchalarining og‘ir kechayotgan o‘tkir va surunkali allergik va yallig‘lanish kasalliklari (shox parda qirrasining allergik yaralari, o‘rab oluvchi temiratkining ko‘z shakli, ko‘zlarning old kamerasini yallig‘lanishi, diffuz orqa uveit va xorioidit, simpatik oftalmiya, allergik kon'yunktivit, keratit, xorioretinit, iridotsiklit, ko‘ruv nervi nevriti);
-o‘pka sarkoidozi, davolashga berilmaydigan Leffler sindromi, berrilioz, o‘tkir yoyilgan o‘pka tuberkulyozi (tuberkulyozga qarshi vositalar bilan majmuaviy davolash bilan birga), aspiratsion pnevmonit;
-idiopatik trombotsitopenik purpura va ikkilamchi trombotsitopeniya (kattalarda), orttirilgan (autoimmun) gemolitik anemiya, eritrotsitar anemiya, tug‘ma gipoplastik anemiya kabi qon kasalliklari;
-leykoz va limfomalarni (kattalarda), o‘tkir blast leykozni (bolalarda) palliativ davolash;
-yarali kolit va Kron kasalligini og‘ir darajada zo‘rayishi;
-tarqalgan skleroz va bosh miyada o‘sma bilan bog‘liq shishni zo‘rayishi;
-subaraxnoidal blokada yoki blokada xavfi bilan kechuvchi tuberkulyozli meningit (tuberkulyozga qarshi vositalar bilan majmuaviy davolashda);
-bosh miya yoki miokardni shikastlanishi bilan kechuvchi trixinellyoz;
-transplantatni ko‘chish reaktsiyasini bostirish uchun;
-nefrotik sindrom (uremiyasiz, idiopatik yoki tizimli qizil yugurik bilan bog‘liq) – diurezni rag‘batlantirish yoki proteinuriyani kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Boshlang‘ich doza kasallikka va uning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Doza ijobiy klinik javobga erishilgandan keyin kamaytirilishi kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza minimal bo‘lishi kerak, kattalar uchun u ertarat bir marta sutkada 4-12 mg ni tashkil etadi. Bolalar uchun pastroq dozalar tavsiya etiladi. Uzoq vaqt davolaganda preparatni kunora, bir marta ertalab qabul qilish buyurilishi mumkin.
4 mg metilprednizolon 5 mg prednizolon, 4 mg triamtsinolon va 0,75 mg deksametazonga ekvivalent hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Tavsiya etilgan boshlang‘ich sutkalik dozasi
Revmatoid artrit
- og‘ir darajadagi12-16 mg
- o‘rtacha darajadagi8-12 mg
- mo‘'tadil darajadagi
- bolalar4-8 mg
4-8 mg
Tizimli dermatomiozitlar48 mg
Tizimli qizil yugurik20-100 mg
Revmatik ataka48 mg 1 xafta davomida EChT normallashguncha
Allergik kasalliklar12-40 mg
BronxialastmaBir marta qabul qilishga 64 mg gacha yoki kunora 100 mg gacha
Oftalmologik kasalliklar12-40 mg
Gematologik kasalliklar, shu jumladan leykemiya16-100 mg
Xavflilimfoma16-100 mg
Yarali kolit16-60 mg
Kron kasalligiZo‘rayganda 48 mg gacha
A'zolarni ko‘chirib o‘tkazishSutkada 3,6 mg/kg gacha
O‘pkasarkoidoziKunora 32-48 mg
Polimialgiya64 mg
Pufak yara80-360 mg
Bolalarda dozalash klinik javobga asoslanadi. Davolashni minimal samarali dozadan eng qisqa vaqt davomida o‘tkazish kerak. Buyrak usti bezi yetishmovchiligida ichga
0,14 mg/m2 3 marta qabul qilishga, boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha – ichga 0,417-1,67 mg/m2 yoki 12,5-50 mg/m2 doza uch marta qabul qilishga bo‘lib buyuriladi. Imkoni bo‘lganida sutkalik dozani kunora bir marta qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bu bo‘limda nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligining quyidagi tasnifi qo‘llanilgan tez-tez ≥1/100 dan<1/10 gacha, tez-tez emas ≥1/1000 dan <1/100 gacha, kam hollarda ≥1/10000 dan <1/1000 gacha, juda kam hollarda <1/10000, tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha
-bakterial, virusli va zamburug‘li infektsiyalarni rivojlanishi va zo‘rayishi, tuberkulyozni qaytalanishi, imumnosupressiya
-o‘sishni sekinlashishi, Kushing sindromi
-organizmda natriy va suyuqlikni tutilishi, gipokaliyemiya
-eyforiya, depressiya
-subkapsulyar katarakta
-arterial gipertenziya
-qizilo‘ngach, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning perforatsiya va qon ketishi bilan kechuvchi yarasi
-teri atrofiyasi, husnbuzar toshma
-mushak kuchsizligi.
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)
-eozinofillar, monotsitlar va limfotsitlar soni kamayganda leykotsitlarning umumiy miqdorini oshishi, trombotsitoz
-giperkoagulyatsiya, tromboz
-gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, bolalarda jinsiy yetilishni kechikishi, hayz siklini buzilishi, jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini buzilishi (amenoreya), girsutizm
-ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi, uglevodlarga tolerantlikni pasayishi, insulin va qand darajasini pasaytiruvchi peroral preparatlarga ehtiyojni oshishi, giperlipidemiya, manfiy azot muvozanati, gipokaltsiyemiya, gipokaliyemik alkaloz
-bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta'sirchanlik, xavotirlik, kayfitni o‘zgaruvchanligi, uyqusizlik, o‘z joniga qasd qilishga moyillik, maniya, gallyutsinatsiyalar, ruhiy qaramlik, psixozlar, shizofreniyani zo‘rayishi, dementsiya, tirishish xurujlari, kognitiv disfunktsiya (shu jumladan amneziya va ongni chalkashishi), bosh miya ichki bosimini oshishi
-ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, ko‘ruv nervi diskini shishi, shox parda va sklerani yupqalashishi, ko‘zlarning virusli va zamburug‘li kasalliklarini zo‘rayishi, ekzoftalm
-miokard infarkti, arterial gipotenziya, bradikardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi, ateroskleroz, tromboz, vaskulit, yurak yetishmovchiligi
-allergik reaktsiyalar, shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi anafilaktik shok, teri sinamalarida reaktsiyani o‘zgarishi
-ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda yoqimsiz ta'm, qizilo‘ngach kandidozi, meteorizm, ezofagit, pankreatit, ichak perforatsiyasi, mahalliy ileit, yarali kolit, me'da devoriga qon quyilishi
-ALT, AST va ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi
-regeneratsiyani sekinlashishi, petexiyalar, gematomalar, striyalar, teleangiektaziyalar, ekximozlar, purpura, giper- yoki gipopigmentatsiya, poststeroid pannikulit
-Kaposhi sarkomasi
-osteoporoz, umurtqa pog‘onasi va uzun suyaklarni sinishlari, aseptik osteonekroz, miopatiya, mushak atrofiyasi, paylarni uzilishi
-leykotsituriya, eritrotsituriya (buyrak shikastlanishisiz), nikturiya
-lohaslik, preparatni yuqori dozalarda qo‘llaganda turg‘un hiqichoq
-buyrak usti bezi po‘stlog‘i yetishmovchiligi, u stress holatlarda (jarroxlik aralashuvlari, jarohat yoki infektsiya, agar preparatning oshirilmagan bo‘lsa) o‘limga olib kelishi mumkin.
Preparat to‘satdan bekor qilinganda bekor qilish sindromi kuzatilishi mumkin. Simptomlarning og‘irlik darajasi buyrak usti bezi atrofiyasi simptomlariga bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, holsizlik, kayfiyatni o‘zgarishi, letargiya, qizib ketish, mialgiya, artralgiya, rinit, kon'yunktivit, terining og‘riqli qichishishi, tana vaznini kamayishiga bog‘liq. Og‘irroq holatlarda og‘ir ruhiy buzilishlar, bosh miya ichki bosimini oshishi, revmatizmi bo‘lgan patsiyentlarda steroid soxtarevmatizm, o‘lim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
-tuberkulyoz, boshqa o‘tkir va surunkali bakterial yoki virusli infektsiyalar (tegishli ximioterapevtik himoyasiz)
-tizimli zamburug‘li infektsiyalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antikoagulyantlar kortikosteroidlar bilan birga qo‘llanilganda kumarin qatori antikoagulyantlarining samaradorligi oshishi mumkin, bu qon ketishini oldini olish maqsadida qon ketishi davomiyligi va protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilishni talab etadi.
Salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar salitsilatlar, indometatsin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYaQV) bir vaqtda qo‘llash me'da shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi ehtimolini oshirishi mumkin. Kortikosteroidlarni qabul qilish to‘xtatilganda salitsilatlarning buyrak klirensi oshadi, bu salitsilatlar bilan intoksikatsiyaga olib kelishi mumkin. Uzoq vaqt birga qo‘llanilganda Slideronning dozasini kamaytirganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Salitsilatlar va NYaQV ni gipoprotrombinemiyasi bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
Gipoglikemik preparatlar Slideron diabetga qarshi peroral vositalar va insulinning gipoglikemik samarasini qisman susaytirishi mumkin.
Jigar mikrosomal fermentlarining induktorlari masalan barbituratlar, fenitoin, primidon, karbamazepin va rifampitsin metilprednizolonning tizimli klirensini oshiradi, shu orqali metilprednizolonnning samaralarini deyarli 2 marta kamaytiradi.
Greypfrut va boshqa sitrus mevalari jigarda metabolizmni kuchayishiga olib keladi, natijada kortikosteroidlar, shu jumladan metilprednizolonning ta'siri susayishi mumkin.
CYP3A4 ingibitorlari masalan eritromitsin, klaritromitsin, ketokonazol, diltiazem, aprepitant, itrakonazol va troleandomitsin metilprednizolonning jigardagi metabolizmini kamaytirishi va uning qon plazmasidagi darajasini oshirishi mumkin, bu Slideronning terapevtik va nojo‘ya samaralarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Estrogenlar Slideronning metabolizmi sekinlashtirib, uning samaralarini kuchaytirishi mumkin. Peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda Slideronning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etilmaydi, u nafaqat yarim chiqarilish davrini uzaytirishiga, balki Slideronning atipik immunosupressiv samaralari rivojlanishiga ham olib keladi.
Siklosporin metilprednizolon va siklosporinni bir vaqtda qo‘llaganda tirishishlar paydo bo‘lishi haqida xabarlar mavjud, chunki ikkala preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ularning metabolizmini o‘zaro susayishiga olib keladi. Agar ikkala preparatlarni alohida buyurilsa, tirishish va boshqa nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishidan saqlanish mumkin.
Kortikosteroidlar gipoglikemik vositalar (shu jumladan insulin), gipotenziv preparatlar va diuretiklar ta'sirini kamaytiradi, atsetazolamidning, halqali va tiazid diuretiklar va karbenoksolonning gipokaliyemik ta'siri esa kuchayadi.
Ftorxinolonlar bir vaqtda qo‘llash paylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Amfoteritsin, yengil surgi vositalari Slideron bu preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda organizmdan kaliyni chiqarilishini oshirishi mumkin.
Immunodepressantlar Slideron additiv immunosupressiv ta'sirga ega, bu boshqa immunodepressantlar bilan birga qabul qilinganda terapevtik samaralarni oshirishi yoki turli nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Faqat bu samaralardan ayrimlarini farmakokinetik o‘zaro ta'sirlar bilan tushuntirish mumkin.
Glyukokortikoidlar, shu jumladan Slideron qusishni chaqiruvchi rakka qarshi preparatlar bilan davolaganda parallel qo‘llanadigan boshqa qusishga qarshi preparatlarning qusishga qarshi samaradorligini yaxshilashi mumkin.
Glyukokortikoidlar, shu jumladan Slideron takrolimus bilan birga qo‘llanilganda takrolimusning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, kortikosteroidlar bekor qilinganda plazmadagi takrolimusning kontsentratsiyasi oshadi.
Immunizatsiya preparat vaktsinalarning immunizatsiya qiluvchi samaradorligini susaytirishi va nevrologik asoratlar xavfini oshirishi mumkin. Glyukokortikoidlarning terapevtik (immunosupressiv) dozalarini tirik vaktsinalar bilan bir vaqtda qo‘llash virusli kasalliklar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Antixolinesteraz vositalar miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni va antixolinesteraz vositalarni qo‘llash mushak kuchsizligini chaqirishi mumkin, doksakarium xloridi va metilprednizolonni yuqori dozada qabul qilgan keksa patsiyentlarda o‘tkir miopatiyaning ikkita jiddiy holati haqida xabar berilgan.
Nerv-mushak o‘tkazuvchanligini blokatorlari (masalan pankuronium) ni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda kortikosteroidlarni qo‘llaganda o‘tkir miopatiya rivojlanishi holatlari ta'riflangan.
Slideron va siklosporinni bir vaqtda qo‘llaganda tirishishlar rivojlanishi holatlari qayd etilgan. Bu preparatlarni bir vaqtda yuborish metabolizmni o‘zaro tormozlanishini chaqirganligi tufayli, ehtimol bu preparatlarni har biriga xos bo‘lgan tirishish va boshqa nojo‘ya samaralar, ularni bir vaqtda qo‘llaganda tirishishlar ko‘proq rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni asta-sekin bekor qilish kerak.
Preparat arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, ruhiy buzilishlari, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda (yoki oilaviy anamnezida diabet bo‘lganida), pankreatit, me'da-ichak yo‘llari kasalliklari (peptik yara, mahalliy ileit, yarali koli yoki ichak yo‘llarining boshqa yallig‘lanish kasalliklari yoki qon ketish yoki perforatsiyani yuqori xavfi bilan kechuvchi divertikulitlar), osteoporoz, miastniya, ko‘zlar gerpesi, gipotiroidizm, anamnezida kortikosteroid-induktsiya qilgan miopatiya, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, jigar sirrozi, tutqanoq, abstsess yoki boshqa piogen infektsiyalar, glaukoma, tromboflebitga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Shuningdek preparatni yaqinda miokard infarktini o‘tkazgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llanishi kerak. Glyukokortikoidlar me'da-ichak yo‘llari tomonidan asoratlar diagnostikasini qiyinlashtirishi mumkin, chunki ular og‘riq sindromini kamayishini chaqirishi, shuningdek giperparatireodizmning latent davrini niqoblashi mumkin.
Slideron salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning me'da-ichak yo‘llarida yara rivojlantirishi qobiliyatini kuchaytirishi mumkin.
Qon ivishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar shifokor nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda me'da-ichak yo‘llarida yara rivojlanishi va ulardan qon ketishi xavfi oshadi. Glyukokortikoidlar shuningdek antikoagulyantlarning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Antikoagulyantlarni buyurganda protrombin vaqtini (xalqaro normallashgan indeks - XNI) albatta nazorat qilish kerak.
Immun tizimini susayishi va infektsiyalarga yuqori beriluvchanlik samaralari
Kortikosteroidlar infektsion kasalliklarning ayrim simptomlarini niqoblashi mumkin va ularni qo‘llash jarayonida yangi infektsiya rivojlanishi yoki infektsiyalarga beriluvchanlik oshishi mumkin. Yallig‘lanish javobi va immun funktsiyani susaytirish zamburug‘li, virusli va bakterial kasalliklar rivojlanishi ehtimolini oshiradi. Ko‘pgina hollarda klinik ko‘rinishlar tipik bo‘lmasligi va ularni aniqlaguncha kechikchan shaklgacha erishishi mumkin.
Tuberkulyozni, suvchechak va o‘rab oluvchi gerpesning asoratlari qaytalanishi rivojlanishi xavfi mavjud.
Faol tuberkulyozi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash, kortikosteroidlar tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan majmuada asosiy kasallikni davolash uchun qo‘llanadigan o‘tkir yoyilgan tuberkulyoz holatlari bilan cheklanishi kerak. Agar faol bo‘lmagan tuberkulyoz yoki tuberkulin sinamasi ijobiy bo‘lgan patsiyentlarni kortikosteroidlar bilan davolash ko‘rsatilgan bo‘lsa, kasallikni qaytalanishini oldini olish uchun sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolash jarayonida bu patsiyentlar tegishli ximioprofilaktikani olishlari kerak.
Suvchechak komprometirlangan immuniteti bo‘lgan patsiyentlarda, shu jumladan immun tizimini susaytirish uchun dori preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda o‘limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, agar anamnezida bu patsiyentlar suvchechak yoki o‘rab oluvchi kasalliklarga chalinganliklari haqida aniq ma'lumot bo‘lmasa, bunday patsiyentlar bu kasalliklari bo‘lgan bemorlar bilan yaqin muloqatda bo‘lishdan saqlanishlari kerak. Agar suvchechak kasalligi tasdiqlansa, shifokor tomonidan sinchkovlik bilan kuzatish va tegishli davolashni o‘tkazish kerak. Kortikosteroidlar bilan davolashni to‘xtatish mumkin emas, ayrim hollarda dozani oshirish talab etilishi mumkin.
Qizamiq bilan xastalangan bemorlar bilan kontaktdan saqlanish kerak. Oddiy immunoglobulinlar (mushak ichiga yuborish) bilan profilaktika, shuningdek shifokorning muntazam nazorati talab etilishi mumkin.
Parazitar kasalliklar (masalan enterobioz) aniqlangan yoki gumon qilinayotgan patsiyentlarda kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bunday hollarda superinfektsiya qo‘zg‘atilishi va kasallik va u bilan bog‘liq asoratlar tarqalishi mumkin.
Ruhiy buzilishlar patsiyentlar va ularning yaqinlari tizimli kortikosteroidlar bilan davolaganda, preparatga nojo‘ya reaktsiya ko‘rinishi sifatida ruhiy buzishlar rivojlanishining potentsial xavf mavjudligi haqida ogohlantirishlari kerak. Ko‘pincha bu simptomlar yuqori dozalar bilan davolaganda yoki davomli tizimli ta'sir qilganda xavf yuqori bo‘ladi, garchi qabul qilinayotgan dozaning kattaligi va bunday reaktsiyalarning tez-tezligi, turi, og‘irlik darajasi va davomiyligi o‘rtasida aniq korrelyatsiya yo‘q. Ularning ko‘pchiligi dozani kamaytirganda yoki davolash to‘xatilganda to‘liq o‘tib ketadi, bu spetsifik davolashni buyurish zaruratini bekor qilmaydi. Patsiyentlar va ularning yaqinlarini depressiya va o‘z joniga qasd qilish fikrlarining ko‘rinishlari paydo bo‘lganda ular shifokorga murojaat qilishlari kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Ular shuningdek davolash jarayonida ham, u bevosita to‘xtatilgandan keyin ham kuzatilishi mumkin bo‘lgan ruhiy buzilishlarning ko‘rinishlari bilan tashib chiqishlari kerak, garchi bunday reaktsiyalar kam hollarda namoyon bo‘ladi. Bu ayniqsa, og‘ir affektiv buzilishlari anamnezida bo‘lgan yoki hozir mavjud bo‘lgan yoki oilaviy anamnezida bo‘lgan (xususan depressiv yoki maniakal-depressiv kasalliklar yoki avval steroid psixoz ko‘rinishlariga ega bo‘lgan) patsiyentlar uchun muhim.
Kortikosteroidlarni yuqori dozalarda qabul qilayotgan patsiyentlarni tirik vaktsinalar bilan emlash mumkin emas, chunki organizmning vaktsinatsiyalashga reaktsiyasi susayishi mumkin. Vaktsinatsiyadan 8 xafta oldin va keyin, limfadenitda, BTSJ bilan emlashdan keyin, immunotanqis holatlarda, shu jumladan OITS yoki OITV-infektsiyalanishda preparatni buyurish mumkin emas.
Slideron bilan uzoq vaqt davolaganda osteoporozi bo‘lgan bemorlarga yoki uni rivojlanishi xavfi bo‘lgan bemorlarga bifosfonatlarni buyurish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Osteoporozning xavf omillari bo‘lib 65 yoshdan oshganlar, shaxsiy yoki oilaviy anamnezda tez-tez sinishlar, erta menopauza (45 yoshgacha), premenopauzal amenoreya va tana vaznini past bo‘lishi hisoblanadi. Slideronning dozasini eng past samarali darajagacha pasaytirib, uning dozasiga tuzatish kiritish orqali osteoporoz rivojlanishi xavfini minimallashtirish mumkin.
Glyukokortikoidlarni uzoq vaqt qabul qilish gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susaytiradi, bu kortiko-adrenal javobni ikkilamchi yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi, bu kasallikni zo‘rayishi va o‘tkir jarohatlarda, kasallliklarda va jarrohlik aralashuvlarida asoratlar rivojlanishiga olib keladi. Slideronning yuqori dozalari yuqorida sanab o‘tilgan asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Kortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda Kaposhi sindromi rivojlanganligi haqida xabarlar mavjud, davolash to‘xtatilganda klinik remissiya kuzatilishi mumkin.
Nojo‘ya samaralarni minimumga yetkazish uchun Slideronning to‘liq sutkalik dozasini ertalab kortizolni endogen ishlab chiqarilishining sirkad ritmiga muvofiq qabul qilish kerak. Gipotireozi yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda Slideronning dozasini kamaytirish kerak.
Digoksin qabul qilayotgan patsiyentlarni nazorat qilish va muntazam kuzatish kerak, chunki kortikosteroidlar elektrolit buzilishlar va kaliyni yo‘qotilishini chaqiradi.
Glyukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolaganda, bekor qilish sindromi va jiddiy asoratlar, shu jumladan o‘limdan saqlanish uchun davolashni asta-sekin, bir necha xafta davomida to‘xtatish kerak. Uzoq muddatli davolash homiladorlik holatida ham to‘satdan to‘xtatilmasligi kerak.
Preparat laktoza monogidrati saqlaydi, buni laktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan bemorlarda e'tiborga olish kerak.
Keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llash
Tizimli kortikosteroidlarni qabul qilganda tez-tez namoyon bo‘ladigan nojo‘ya reaktsiyalar keksa yoshdagi shaxslarda jiddiyroq bo‘lishi mumkin. Bu xususan osteoporoz, gipertoniya, gipokaliyemiya, qandli diabet, infektsiyalarga moyillik va teri tomonidan ko‘rinishlar (yara paydo bo‘lishi) ga taalluqli. Hayot uchun xavf soluvchi nojo‘ya reaktsiyalarni oldini olish uchun bu guruh patsiyentlarda klinik nazoratni kuchaytirish tavsiya etiladi. Nojo‘ya samaralar (peptik yara, osteoporoz va teri) rivojlanishi xavfi yuqoriligi tufayli, keksa patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Kortikosteroidlar bolalar va o‘smirlarda o‘sishni kechikishi va jinsiy yetilishni kechikishiga olib kelishi mumkin. Davolash eng past samarali dozani eng qisqa vaqt davomida qo‘llash bilan cheklanishi kerak. Bolalarda qo‘llanilganda preparatning dozasini va davolash davomiyligini bolaning yoshi va kasallikni kechishining og‘irligiga qarab, shifokor individual ravishda aniqlaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparat yo‘ldosh orqali o‘tadi va emizish davrida ko‘krak suti bilan ajraladi. Homiladorlik vaqtida ona uchun Slideron bilan davolashnin foydasi va homila uchun potentsial xavfni sinchkovlik bilan baholash kerak. Homiladorlik vaqtida uzoq vaqt qo‘llash homilada o‘sishni buzilishini chaqiradi. Homilada buyrak usti bezi po‘stlog‘ining atrofiyasi rivojlanishi xavfi mavjud, bu yangi tug‘ilgan chaqaloqda o‘rinbosar davolashni o‘tkazishni talab etishi mumkin. Glyukokortikoidlar o‘lik tug‘ilish xavfini oshirishi mumkin. Slideron bilan tizimli uzoq vaqt davolaganda emizishdan saqlanish kerak.
Dori vositasini avtotransport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Preparatning nojo‘ya ta'sirlarini (kayfiyatni, ruhiyatni buzilishlarini rivojlanishi xavfi, tirishishlar, bosh og‘rig‘i) hisobga olib, preparatni qo‘llaganda avtotransportni yoki boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparat o‘tkir intoksikatsiya chaqirmaydi. Surunkali dozani oshirib yuborilishida Kushing sindromi ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, dozani asta-sekin kamaytirish, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash.
Spetsifik antidoti noma'lum. Metilprednizolon dializda chiqariladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan to‘q-sariq rangli, tiniq polivinilxlorid/polivinildixlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.
2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Balkanpharma-Razgrad AD, Razgrad, Bolgariya
Qayd etish guvohnomasining egasi
Spey Medical Ltd., London, Buyuk Britaniya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.