Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diprosalik surtma 30g
Nomi | Narx | |||||
Дипросалик мазь 30г (A105257##2 375) |
UZS 82 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Бетаметазон, салициловая кислота
Kelib chiqqan mamlakat
Belgiya
Дозировка
30 г
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Diprosalik
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) betametazon va salitsil kislotasi.
Dori shakli
surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi;
faol modda 0,5 mg betametazon (dipropionat shaklida) va 30 mg salitsil kislotasi;
yordamchi moddalar suyuq parafin, oq yumshoq vazelin.
Ta'rifi deyarli oq rangli, yot qo‘shimchalarsiz, bir xil, yumshoq konsistentsiyali surtma,
Farmakoterapevtik guruhi
dermatologiyada qo‘llash uchun kortikosteroidlar.
Kortikosteroidlar boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi DO7XCO1
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Betametazon dipropionati
Dipropionat shaklidagi betametazon yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan kuchli ta'sir qiluvchi (ta'sir qilish sinfi III) kortikosteroid hisoblanadi.
Shunday bo‘lsada, kortikosteroidlar bilan mahalliy davolash kazual hisoblanmaydi; kasallikni qaytalanishi davolash to‘xtatilganda xam bo‘lishi mumkin.
Salitsil kislotasi
Salitsil kislotasi o‘zining keratolitik xususiyatlari tufayli, quyida joylashgan qavatlarga betametazon dipropionatini o‘tishini ta'minlaydi va uni so‘rilishini kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi
Diprosalik preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Kortikosteroid mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi va teri orqali so‘rilish ko‘rsatkichi tana sohasi, terining holati, dori shakli, patsiyentning yoshi va qo‘llash usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanganda betamezonning juda ozgina qismi tizimli qon oqimiga tushadi. Shuni ta'kidlash kerakki, dori vositasidagi salitsil kislotasi kortikosteroidni teri orqali so‘rilishini kuchaytiradi.
Salitsil kislotasining teri orqali so‘rilish ko‘rsatkichi terining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Teri orqali so‘rilishi, boshqalar qatori, psoriatik eritrodermiya yoki terining yallig‘lanishli va eroziv o‘zgarishlari bilan kechuvchi dermatozlarda kuchayadi.
Salitsil kislotasining metabolizmi jigarda kechadi. Normal sharoitlarda yarim chiqarilish davri 2 soatdan 3 soatgachani tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan quruq va giperkeratik dermatozlar psoriaz, surunkali atopik dermatit, neyrodermit (surunkali oddiy temiratki), yassi temiratki, ekzema (shu jumladan tangasimon ekzema, qo‘l ekzemasi, ekzematoz dermatit), disgidroz (“vodyanka”), boshning sochli qismini seboreyali dermatiti, oddiy ixtioz va boshqa ixtiozli holatlarning yallig‘lanish simptomlarini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga surtma yupqa qavat qilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun terining shikastlangan joylarini to‘liq qoplagan holda qo‘yiladi. Ayrim bemorlarda, preparatni kamroq qo‘llanganida ham qoniqarli samaraga erishish mumkin. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligi va kechishi bilan belgilanadi.
Sutkalik maksimal dozani simptomlarni nazorat qilish mumkin bo‘ladigan darajadagi eng past dozagacha asta-sekin pasaytirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida keltirilgan mahalliy nojo‘ya ta'sirlar mahalliy qo‘llaniladigan kortikosteroidlar uchun xos hisoblanadi, shuning uchun ham ular Diprosalik dori vositasidan foydalanilganda yuz berishi mumkin.
Noxush samaralarni yuz berish tez-tezligini ko‘rsatib bo‘lmaydi, chunki ushbu holatlar faqat dori vositasi bozorga chiqarilgandan keyingina qayd qilingan.
Davolashning boshida
Immun tizimi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Teri terini ta'sirlanishi, achishish, teri qichishishi, terini qurishi.
Uzoqroq vaqt qo‘llanishi
Teri teri atrofiyasi, teleangizktaziyalar, terida gemorragiyalar, striyalar, akne, rozatseaga o‘xshash (perioral) dermatit.
Keng sohalarda qo‘llanganda va yoki okklyuzion bog‘lovlar ostiga uzoqroq muddat qo‘llanganda
Infekuiyalar infektsiyalar
Endokrin tizim endogen kortikosteroidlar sintezini susaytirilishi, shishlar bilan kechuvchi Itsenko-Kushing sindromi.
Moddalar almashinuvi qandli diabet (avval yashirish bo‘lgan shakllarini namoyon bo‘lishi).
Teri striyalar.
Skelet-mushak- tizimi osteoporoz, o‘sishni sekinlashishi (bolalarda).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar shishlar
Shuningdek mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llanganda tizimli nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida xabar berilgan, masalan ko‘rishni noaniqligi.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llatsh mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik.
- Terining bakteriyali, virusli (gerpes, suvchechak, temiratki) yoki zamburug‘li infektsiyalari; tuberkulyoz, sifilis, terining postvaktsinal reaktsiyalari.
- Oddiy husnbuzarlar, akne, rozatsea, perioral dermatit
Preparatni jaroharlar, yaralar va shilliq qavatga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Diprosalik ning ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik va okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Salitsil kislotasi boshqa mahalliy qo‘llaniluvchi dori vositalarining o‘tish qobiliyatlarini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun terining ishlov berilgan sohalariga bir vaqtda boshqa dori vositalari yoki pardoz vositalarini surtmaslik kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar preparatni qo‘llash vaqtida terini ta'sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak. Infektsiya qo‘shilgan hollarda muvofiq davolashni buyurish kerak.
Tizimli kortikosteroidlar uchun xos bo‘lgan nojo‘ya samaralar, shu jumladan buyrak usti bezi po‘stlog‘ining faoliyatini susayishi, kortikosteroidlar haddan tashqari va davomli qo‘llanganida, ayniqsa pediatriya amaliyotida kuzatilishi mumkin.
Mahalliy kortikosteroidlar va salitsil kislotasini tizimli so‘rilishi terining katta sohalarini davolashda, shuningdek okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida oshadi.
Salitsil kislotasini ochiq jarohatlarga yoki shikastlangan teriga qo‘yishdan saqlanish kerak. Bu ehtiyotkorlik choralariga, shuningdek davomli qo‘llashda, ayniqsa bolalarni davolashda amal qilish kerak.
Terini ta'sirlanishi paydo bo‘lgan hollarda, shu jumladan uni haddan tashqari quruqligida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Uzluksiz qo‘llash muddati iloji boricha 2-3 haftadan oshmasligi kerak.
Juda kuchli, kuchli va o‘rtacha ta'sir qiluvchi kortikosteroidlarni yuz va jinsiy a'zolar sohalariga juda ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ortiq bo‘lmagan muddat davomida qo‘llash kerak.
Ko‘z atroflariga asosan faqat kuchsiz ta'sir qiluvchi kortikosteroidlar (glaukomani rivojlanish xavfi tufayli) qo‘llaniladi.
Kortikosteroidlar preparatning ingrediyentlariga nisbatan teri reaktsiyalarini yashirishlari mumkin.
Patsiyentga preparatni faqat terining joriy xastaligini davolash uchun qo‘llashi va preparatni boshqa shaxslarga bermaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish lozim.
Tizimli va maxalliy ta'sir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va ko‘z ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qo‘llanganda ko‘rish buzilishlari paydo bo‘lishi mumkin. Agar ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘rish a'zolari tomonidan bo‘lgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo bo‘lsa, patsiyent katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni o‘z ichiga olgan ko‘rish buzilishlarini mumkin bo‘lgan sabablarini baholash uchun oftal'molog ko‘rigidan o‘tishi kerakligi to‘g‘risida tizimli va mahalliy ta'sir etuvchi kortikosteroidlarni qo‘llangandan keyin xabar berilgan.
Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarda katta patsiyentlarga qaraganda, mahalliy kortikosteroidlarning ta'siri ostida gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayish belgilari va tashqi kortikosteroid samaralarni paydo bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi. Bu bolalarda teri yuzasi maydonining tana vazniga nisbati qiymatini kattaligi tufayli, preparatni ko‘proq so‘rilishi bilan bog‘liq. Topik (mahalliy) kortikosteroidlar bilan davolanayotgan bolalarda gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayishi, Kushing sindromi, o‘sishni bir tekis kechikishi, tana vaznini oshishini kechikishi, bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bolalarda adrenal supryossiyaning ko‘rinishlari qon plazmasida kortizolni past darajasi va AKTG-stimulyatsiyaga javobning yo‘qligi kuzatiladi. Bosh miya ichki bosimini oshishi tepachani bo‘rtishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ruv nervlarining disklarini bilateral shishi bilan namoyon bo‘ladi.
Homiladorlik va laktatsiya. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni, faqat ayol uchun potentsial foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina buyurish mumkin. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarini kattadozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas.
Kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash tizimli so‘rilish yo‘li bilan ularni ko‘krak sutida paydo bo‘lishiga olib kelishini mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatish haqidagi qaror, ona echun preparatni qo‘llash zaruratini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari mahalliy kortikosteroidlarni haddan ziyod va davomli qo‘llash gipofizar-adrenal tizimining faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishi va giperkortitsizm simptomlarini, shu jumladan Kushing kasalligini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Salitsil kislotasini saqlovchi mahalliy preparatlarni haddan tashqari va davomli qo‘llash salitsilizm simptomlarini paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.
Davolash Tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini muvofiqlashtirish ko‘rsatilgan. Surunkali toksik ta'siri bo‘lgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.
Salitsilizmni davolash simptomatik. Organizmdan salitsilatlarni tezroq chiqarish uchun tegishli choralar ko‘riladi. Siydikni ishqoriylashtirish va diurezni kuchaytirish uchun natriy gidrokarbonati peroral qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
30 g dan tubada, 1 tubadan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoitlari
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
to‘g‘risida ma'lumotlar
Organon Xeyst bv, Bel'giya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.