Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Elokom 0,1% krem 15gr
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мометазон
Страна производитель
Бельгия
Дозировка
0,1% 15 г
Производитель
Schering-Plough Central East AG, Швейцария
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Elokom
Ta'sir etuvchi modda (XPN) mometazon (mometasone)
Dori shakli
krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1 mg mometazon furoati;
yordamchi moddalar geksilenglikol, tozalangan suv, fosfat kislotasi, gidrogenlangan fosfatidilxolin, titan dioksidi, oktenilsuktsinat kraxmalning alyuminli tuzi, oq mum, oq vazelin.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, yot qo‘shimchalarsiz, yumshoq konsistentsiyali bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi
dermatologiyada mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlar.
ATX kodi D07AC13
Farmakologik xususiyatlari
Mometazon furoati – yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, qon tomirlarini toraytiruvchi ta'sirga ega sintetik kortikosteroid.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarning teri orqali o‘tish darajasi ko‘pchilik omillarga, shu jumladan dori vositasining tarkibiga va epidermal to‘siqning butunligiga bog‘liq. Terida kechayotgan yallig‘lanish va boshqa jarayonlar dori vositasini teri orqali o‘tishini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Mometazon furoatining 0,1% li kremini teri orqali so‘rilishi odamlarda radioaktiv nishonlangan 3N-mometazon furoatining 0,1% kremini shikastlanmagan teriga bir marta surtish yo‘li bilan tekshirilgan, terida u 8 soat davomida qolgan. Ahlat va siydik bilan chiqarilgan izotopning miqdori baholangan 5 kunlik tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko‘ra surtilgan dozaning taxminan 0,4% tizimli so‘rilishga duchor bo‘lgan. Tadqiqot davomida plazmada va eritrotsitlarda radioaktiv moddaning miqdori dastlabki darajasiga qaraganda biroz yuqoriroqligicha qolgan, bu ≤0,1 ng/ml ga to‘g‘ri kelgan.
Qo‘llanilishi
Kortikosteroidlar bilan davolash mumkin bo‘lgan teri kasalliklarida, shu jumladan psoriaz va atopik dermatitda yallig‘lanish va qichishish simptomlarini mahalliy davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Elokom terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib kuniga 1 marta surtiladi. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligi, kechishi bilan aniqlanadi va shaxsiy ravishda belgilanadi.
Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarni bolalar va kattalarda ishlatilishi 5 kundan oshmasligi kerak. Preparatni uzluksiz qo‘llanishi 2-3 haftadan oshmasligi lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Elokom dori vositasi qo‘llanilganidan keyin quyidagi mahalliy qo‘shimcha reaktsiya paresteziya, qichishish, teri atrofiyasi belgilari, qizarish, follikulit, husnbuzar toshmalari, papula toshmalari, pustulalar va teleangiektaziyalar (chastotasi – juda kamdan-kam) to‘g‘risida xabar berilgan.
Boshqa kuchli ta'sir qiluvchi glyukokortikoidlar qo‘llanganda quyidagi mahalliy nojo‘ya reaktsiya qayd etilgan bo‘lib, ular Elokom dori vositasi ishlatilganda ham yuz berishi mumkin terini ta'sirlanishi, gipertrixoz, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, terini matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, striyalar va terlash (chastotasi – juda kamdan-kam).
Krem terining katta yuzalariga uzoq vaqt davomida surtilgan hollarda, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlardan foydalanilganda tizimli nojo‘ya ta'sirlar yuz berishi mumkin («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Tizimli ta'sirga ega bo‘lgan glyukokortikoidlar buyurilganda ro‘yxatga olingan barcha noxush hodisalar, jumladan gipotalamo-gipofiz tizimi faoliyatini pasayishi kuchli ta'sir qiluvchi glyukokortikoidlarni ayniqsa go‘daklar va bolalarda buyurilganda rivojlanishi mumkin («Pediatriyada qo‘llanilishi» bo‘limiga qarang).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Elokom preparatining qandaydir bir komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Boshqa glyukokortikoidlar kabi, Elokom vulgar husnbuzarlar, rozatsea, perioral dermatit, perianal va genital qichishish, terining bakterial virusli (gerpes, suvchechagi, o‘rab oluvchi temiratki) yoki zamburug‘li etiologiyali infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda, tuberkulez, sifilis, postvaktsina reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Elokom faqat dermatologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan va oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Agar dori vositasi qo‘llanganida ta'sirlanish yoki yuqori sezuvchanlik aniqlansa, davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish kerak.
Infektsiya rivojlanganida muvofiq zamburug‘larga qarshi yoki mikroblarga qarshi vositani qo‘llash kerak. Agar qisqa vaqt davomida ijobiy samaraga erishishning iloji bo‘lmasa, infektsiya belgilari bartaraf qilinguncha preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Glyukokortikosteroidlarning biron-bir nojo‘ya samaralari, shu jumladan buyrak usti bezi faoliyatini susayishi, glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida, ayniqsa kichik yoshli bolalarda aniqlanishi mumkin.
Preparatni tananing katta yuzalarida yoki yuqori dozalarda qo‘llanganda buyrak usti bezi faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazoratini o‘tkazib turish tavsiya qilinadi. Psoriaz bilan og‘rigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki psoriazda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanilishi tolerantlik rivojlanishi, pustulezli psoriazni yoyilish xavfi va terining to‘siq faoliyatini buzilishi oqibatida mahalliy yoki tizimli zaharliligini rivojlanishi natijasidagi qaytalanishi tufayli kasallik xavfli bo‘lishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlarni tizimli so‘rilishi, ular mahalliy qo‘llanganida, agar davolash tananing katta yuzalarida o‘tkazilsa yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek dori vositasi uzoq muddat qo‘llanganda, ayniqsa bolalarda ehtiyotkorlik choralarni ko‘rilishi lozim.
Glyukokortikoidlar asosidagi barcha kuchli ta'sir etuvchi dori vositalari bilan bo‘lgani kabi, Elokom preparatini uzoq vaqt davomida, terining katta sohalariga hamda yuzga (ko‘pi bilan 5 kun) va teri burmalariga (teri osti va chov sohasiga) okklyuzion bog‘lovalar ostida qo‘llamaslik lozim .
Preparatni ko‘zga (jumladan qovoq sohasiga), yaralarga va shilliq pardasiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Glyukokortikoidlar ayrim teri kasalliklarini tashqi ko‘rinishni o‘zgartirishi mumkin, bu esa tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi.
Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarda mahalliy glyukokortikosteroidlarning ta'siri ostida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimining faoliyatini susayish belgilari va Kushing sindromi kattalarga qaraganda ko‘proq namoyon bo‘ladi, bu teri yuzasining maydonini tana vazniga nisbati kattaroqligi tufayli, dori vositasini ko‘proq so‘rilishi bilan bog‘liq. Shu boisdan mahalliy glyukokortikosteroidlarni bolalarda qo‘llash preparatning minimal samarali miqdori bilan cheklangan bo‘lishi lozim. Kortikosteroidlar bilan surunkali davolash bolalarni o‘sishi va rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Elokomni tagliklar yoki xo‘llanmaydigan trusiklar ostidagi teri sohalariga surtish mumkin emas, chunki bunday holda dori vositasi okklyuzion bog‘lov ostiga tushadi.
Preparatni 2 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma'lumotlar mavjud.
Elokomni 2 yoshdan katta bolalarda qo‘llash 5 kundan oshmasligi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun bu guruh preparatlar homiladorlik davrida buyurish, faqat ayol uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina ma'qul hisoblanadi. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarini katta dozalarda yoki uzoq muddat qo‘llash mumkin emas. Homiladorlarga Elokom buyurilganda glyukokortikoidlarni yo‘ldosh orqali o‘tishi va homilaga ta'sir qilishi mumkin.
Kortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida tizimli so‘rilishi oqibatida ularni ona sutida paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni to‘xtatish yoki preparatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni dori vositasini onada qo‘llash zaruratini hisobga olgan holda qabul qilish kerak.
Transport vositasi va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Elokom avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari mahalliy glyukokortikosteroidlarni haddan ziyod va uzoq vaqt qo‘llash gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyatini susayishini chaqirishi mumkin, bu ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Davolash. Muvofiq simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchan bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda elektrolit disbalansini to‘g‘rilash kerak. Uzoq vaqt qo‘llangan hollarda kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
Tubalar 15 g dan, № 1 karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Shering-Plau Labo N.V., Industriyepark 30, Xeyst-op-den-Berg, 2220, Belgiya.
Schering-Plough Labo N.V., Industriepark 30, Heist-op-den-Berg, 2220, Belgium.
Qayd etish guvohnomasining egasi
Shering-Plau Sentral Ist AG, Veyshtrasse 20 SN-6000 Lyutsern 6, Shveytsariya.
Schering-Plough Central East AG, Weystrasse 20 CH-6000, Lucerne 6, Switzerland.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
O‘zbekiston, Toshkent, 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes-markazi).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.