Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Flutsinar gel 15g
Nomi | Narx | |||||
Флуцинар гель 15г (404403##2 249) |
UZS 43 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуоцинолона ацетонид
Страна производитель
Россия
Дозировка
15 г
Производитель
Валеант,OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Гель
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Flutsinar
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fluotsinolon atsetonidi
Dori shakli
gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda fluotsinolon atsetonidi - 0,25 mg; s
yordamchi moddalar propilenglikol, etanol, limon kislotasi, dinatriy edetati, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoati, karbomer980 (yuqorimolekulyar karboksipolimetilen), trolamin, tozalangan suv 1,0 g gacha.
Ta'rifi rangsiz, tiniq, kuchsiz etil spirti hidiga ega va biroz tovlanuvchi gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Teri kasalliklarini mahalliy davolash uchun glyukokortikosteroidlar. Faol glyukokortikosteroidlar (III guruh). Fluotsinolon atsetonid.
ATX kodi D07AC04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Flutsinar geli - teriga sirtga qo‘llash uchun yuqori faol sintetik glyukokortikosteroid hisoblanadi. 0,025% ko‘rinishida qo‘llaniladigan gel kuchli yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Lipofil xususiyatlarga ega va organizmga teri orqali kiradi. 2 g gel qo‘llangandan keyin gipofiz – buyrak usti bezlari tizimini susaytirishi natijasida, gipofizni adrenokortikotrop (AKTG) gormoni ishlab chiqarilishini pasaytirishi mumkin. Fluotsinolon atsetonidni yallig‘lanishga qarshi ta'siri mexanizmi oxirigacha o‘rganilmagan va ushbu dori preparati fosfolipaza A2 faolligini susaytirishi va araxidon kislotasini hujayra qobig‘idagi fosfolipidlardan ajralib chiqishini kamayishi natijasida prostaglandinlar va leykotriyenlar ishlab chiqarilishini susaytirish yo‘li orqali yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi deb hisoblanadi. Shuningdek, preparat mahalliy allergik reaktsiyalar rivojlanishini susaytirishi yo‘li orqali allergiyaga qarshi ta'sir ham ko‘rsatadi. Mahalliyqon tomirlarni toraytiruvchi ta'siri natijasida ekssudativ reaktsiyalarni kamaytiradi. Oqsil sintezini, kollagen to‘planishini pasaytiradi. Terida oqsil parchalanishini tezlashtiradi va proliferativ jarayonlarni susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Fluotsinolon atsetonidi terini muguz qavatiga oson kiradi va u yerda to‘planadi; uni mavjudligini hatto mahalliy qo‘llanganidan 15 kundan keyin ham tasdiqlash mumkin. Terida biotransformatsiyaga uchramaydi. Organizmga so‘rilgandan keyin asosan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi va kam miqdorda safro bilan, asosan glyukuron kislotasi birikmasi ko‘rinishida va kam miqdorda o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Fluotsinolon atsetonidining teri orqali so‘rilishi burmalar sohasidagi nozik teriga, epidermis shikastlangan teriga yoki yallig‘lanish jarayoni bilan shikastlangan terida qo‘llanilganda oshadi. Terini harorati va namligini oshishini chaqiruvchi okklyuzion bog‘lovni qo‘llanishi ham fluotsinolon atsetonidni so‘rilishini oshiradi.Bundan tashqari, dori preparatini so‘rilishi tez-tez qo‘llanilganda yoki terining katta yuzasiga surtilganda oshadi, kattalarga nisbatan yoshroq shaxslarda teri orqali so‘rilishi yaqqolroq bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Flutsinar geli sirtga glyukokortikosteroidlar bilan davolashga javob beradigan doimiy qichishish yoki giperkeratoz bilan kechuvchi o‘tkir va og‘ir, infektsiyalangan, quruq dermatitlarni davolashni birinchi bosqichida (surtmadan oldin) quyidagilarda qo‘llanadi
- allergik kontakt dermatit
- atopik dermatit
- urtikar temiratki
- allergik kontakt ekzema
- ko‘p shaklli eritema
- qizil yugurik
- terini sochli qismi psoriazi, psoriazning o‘tkazib yuborilgan shakli
- qizil yassi temiratkida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni boshida gelkuniga 2-3 marta, keyinchalik esa o‘tkiryallig‘lanishi holati biroz yumshaganidan keyin kuniga 1-2 marta qo‘llanadi. Tanaffussiz davolash kursi 2 xaftadan oshmasligi kerak. Gelniterining shikastlangan yuzasiga yupqa qavat qilib qo‘yish lozim. Gelni okklyuzion bog‘lam (zichlashtiruvchi klenka bilan) ostida qo‘llash mumkin emas. Agar bog‘lov quyish zarur bo‘lsa, havo o‘tkazuvchi bog‘lovni ishlatish kerak. Yuz terisida 1 xaftadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Hafta davomida 1 tuba gelni qo‘llash mumkin.
2 yoshdan oshgan bolalarda gel ehtiyotkorlik bilan, faqat zarurati bo‘lsa, kuniga 1 marta terining katta bo‘lmagan qismida qo‘llanadi.Preparat yuz terisiga qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
- atrofik dermatit va striyalarni hosil bo‘lishi
- poststeroid purpura
- teri depigmentatsiyasi yoki pigmentatsiyasi
- teleangioektaziyalar
- perioral dermatit
- follikulit
- gipertrixoz yoki sochni to‘kilishi kuzatiladi.
Kam hollarda
-eshakemi yoki makulo-papulyoz toshma yoki mavjud o‘zgarishlarni kuchayishi yuz berishi mumkin.
Qovoqlarga mahalliy qo‘llanilganidaglaukoma yoki katarakta rivojlanishi mumkin.
Dori vositasi okklyuzion bog‘lam ostida teri orqali yuqori so‘rilishi tufayli shish, arterialgipertenziya, immunitetni pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda
-terining bakterial, virusli va zamburug‘li infektsiyalarida,
-suvchechakda,
-oddiy va pushti rang husnbuzarlar,
-perioral dermatitda,
-emlashdan keyingi holat
-xomiladorlikning birinchi uch oyligida
-2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashda dorilarning o‘zaro ta'siri hollari noma'lum.
Preparat bilan davolash vaqtida immunologik tanqislikni kelib chiqishi xavfi tufayli, suvchechakka qarshi emlash va immunizatsiyaning boshqa turlarini o‘tkazish mumkin emas.
Flutsinar geli immunosupressiv dori preparatlar ta'sirini kuchaytirishi, shuningdek immunostimulyatsiya qiluvchi vositalarni samarasini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt va terining katta yuzalarida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki nojo‘ya ta'sirlarni tez-tezligi oshadi.
Fluotsinolon atsetonidni maxalliy qullash ta'sirida gipofizar-adrenal tizimni susayishi natijasida, gipofizni adrenokortikotrop gormoni (AKTG) sekretsiyasi pasayishi mumkin, bu qonda kortizolni kontsentratsiyasini kamayishiga olib kelishi va davolashni to‘xtatgandan keyin jadalligi kamayadigan yatrogen giperadrenokortitsizm sindromini kelib chiqishiga olib keladi.
Yopiq burchakli yoki ochiq burchakli glaukomali shaxslarda, shuningdek kataraktali shaxslarda kasallik simptomlarini kuchayishini hisobga olib, qovoqlarga yoki qovoq sohasi terisiga qo‘llashdan saqlanish lozim.
Hatto qisqa muddatli qo‘llashdan keyin ham yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta'sirlarining (teleangiektaziyalar, dermatitis perioralis) xavfi yuqoriligini e'tiborga olib, yuz terisida, chov va qo‘ltiq ostida faqat juda zarur holatlarda qo‘llash kerak.
Teri osti to‘qimalarining mavjud bo‘lgan atrofiya holatida, ayniqsa keksa shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Gelni qo‘llash sohasida infektsiyani rivojlanishihollarda qo‘shimcha antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni o‘tkazish zarur. Agar infektsiyaning simptomlari saqlansa, infektsiyani davolash davrigacha gelni ishlatishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
Homiladorlikva laktatsiya davri
Flutsinar gelni ayollarda homiladorlikning II va III uch oyligida, faqat qisqa muddatga, terining katta bo‘lmagan yuzasiga, agar kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida qat'iyan qo‘llash mumkin emas.
Emizikli ayollarda Flutsinar gelini qo‘llashda maxsus ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli moslamalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Dori preparati psixomotor faollikni cheklamaydi va transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Terining katta yuzalarida uzoq vaqt qo‘llanilganida yuqori bosim, shishlar, giperglikemiya va immunodepressiv samara namoyon bo‘ladigan dozani oshirib yuborilishi simptomlari,og‘ir xolatlarda – Kushing sindromi rivojlanishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari preparatni bekor qilgandan so‘ng va glyukokortikoid kam saqlaydigan dori vosita tavsiya kilganda yo‘qoladi.
Chiqarilish shakli
15 g dan gel plastmassa buraladigan qopqoq bilan, ichki yuzasi laklangan alyumin tubalarga joylangan.
Xar bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Farmzavod Jelfa A.J.
ul. W.Pola 21, 58 - 500 Jelenia Góra, Polsha
Qayd etish guvohnomasining egasi
“VALEANT” MChJ, Rossiya
Mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiluvchi tashkilot manzili
“VALEANT” MChJ, Rossiya
115162, Moskva, Shabolovka ko‘ch, 31 uy, 5 ko‘ch.
Telefon/faks + 7 495 510 28 79
Elektron manzil Office.RU@valeant.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.