Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lorinden A surtma 15g
Nomi | Narx | |||||
ЛОРИНДЕН А мазь 15г (401364##2 403) |
UZS 48 000
UZS 50 100
-4%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
ЛОРИНДЕН А мазь 15г (401364##2 404) |
UZS 48 000
UZS 50 100
-4%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Флуметазон, салициловая кислота
Kelib chiqqan mamlakat
Polsha
Дозировка
15 г
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Валеант
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalarda berish tartibi
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Lorinden A
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Flumetazona pivalat, Salitsil kislotasi
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
Flumetazona pivalat0,2 mg
Salitsil kislotasi30,0 mg
Yordamchi moddalar Propilenglikolь 50,0 mg, suvsiz lanolin 50,0 mg, oq vazelin 1,0 g gacha.
Ta'rifi och-sariq tusli oq rangli, yog‘li yumshoq massa.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptiklar bilan majmuadagi mahalliy qo‘llash uchun o‘rtacha faollikdagi kortikosteroidlar.
ATX kodi D07XB30
Farmakologik xususiyatlari
Loriden A surtmasining xususiyatlari uning tarkibiga kiiruvchi moddalar flumetazonapivalat va salitsil kislotasining majmuasi natijasi hisoblanadi.
Flumetazonapivalat – bu bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi o‘rtacha kuchli sintetik glyukokortikosteroid hisoblanadi. Surtma ko‘rinishida qo‘llanganda yallig‘lanishaga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Salitsil kislotasi bu kontsentratsiyada kuchsiz keratolitik ta'sir ko‘rsatadi. U glyukokortikosteroidni epidermisning muguz qavati orqali kirishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Lorinden A surtmasi terining quruq yallig‘lanish xolatlarini, eng avvalo ikkilamchi bakterial infektsiyalar ko‘rinishida asoratlarga ega bo‘lmagan kuchli qichishish yoki giperkeratoz simpmtomlari bilan kechuvchi kortiksteroidlarga javob beradigan allergik tabiatli yallig‘lanishlarni davolaganda sirtga qo‘llash uchun buyuriladi. Preparat quyidagilarda seboreyali dermatit, atopik dermatit, bolalar eshakemi, allergik kontakt dermatit, ko‘p shaklli eritema, yugurik, psoriaz va qizil yassi temiratkida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga (mahalliy) qo‘llanadi. Qo‘llash tez-tezligi va usulini shifokor buyurishi lozim.
Odatda surtma terining og‘riqli o‘zgargan sohalariga yupqa qavat qilib kuniga 1-2 marta surtiladi. Temiratki haddan tashqari o‘sgan yoki terining shikastlangan sohalari muguzlanishida surtmani okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash mumkin, uni har 24 soatda almashtirish lozim.
Preparatni 2 xaftadan oshirmaslik kerak. Yuz terisida preparatni 1 xaftadan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Bir xaftada surtmaning bir tubadan ko‘proq ishlatish mumkin emas.
Bolalarda qo‘llanishi
Ushbu preparatni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. 2 yoshdan oshgan bolalarga preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, faqat kuniga 1 marta va terining katta bo‘lmagan sohasida.
Bolalarning yuz terisiga qo‘llamang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyidagilar paydo bo‘lishi mumkin husnbuzar, poststeroid purpura, epidermis o‘sishini susayishi, teri osti kletchatkasi atrofiyasi, terini qurishi, soch o‘sishini kuchayishi yoki soch to‘kilishi, terini achishishi, qichishishi va ta'sirlanishi, teri depigmentatsiyasi yoki pigmentatsiyasi, teri atrofiyasi va cho‘zilishi, teleangioektaziya, perioral dermatit, furunkulyoz, ikkilamchi infektsiya. Ba'zida eshakemi yoki makulo-papulyoz toshma paydo bo‘lishi yoki mavjud buzilishlar zo‘rayishi mumkin.
Salitsil kislotasi mavjudligi tufayli surtmani uzoq vaqt qo‘llash oqibatida dermatit paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘z qovoqlari terisida qo‘llanilganidan keyin ba'zida glaukoma yoki katarakta aniqlanishi mumkin.
Flumetazonapivalat va salitsil kislotasi teri orqali so‘rilishi tufayli, tizimli noxush samaralar paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa uzoq muddat, terining katta sohalarida, okklyuzion bog‘lam ostida va bolalarda qo‘llanilganida.
Quyidagi tizimli noxush samaralar flumetazonapivalatga xos gipotalamus disfunktsiyasi, gipofiz, buyrak usti bezi, Itsenko-Kushing sindromi, bolalarda o‘sish va rivojlanishni sekinlashishi, shishlar, qon bosimni oshishi, giperkaliyemiya, glyukozuriya, immunitetni pasayishi. Biron-bir noxush ko‘rinishlar yoki xavotirli boshqa samaralar paydo bo‘lgan xollarda, darhol shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Lorinden A surtmasini qo‘yidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas
- kortikosteroidlar yoki surtma asosining ingrediyentlariga allergiyada;
- virusli va zamburug‘li kasalliklarda (masalan, suvchechak);
- teri teberkulyozi;
- teri o‘smalari va terining o‘sma oldi holatlari;
- venalarni varikoz kengayishi fonida boldirda yara paydo bo‘lishi;
- oddiy va pushti husnbuzar (rozatsea);
- og‘iz atrofi terisi dermatiti (perioral dermatit);
- chaqaloqlar dermatiti;
- vul'va sohasida qichishish;
- terining katta sohalarida, ayniqsa teri qoplamalarini shikastlanishi bilan, masalan, kuyishlarda;
- ikki yoshdan kichik bolalar;
- homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanilganida boshqa dori vositalari bilan ma'lum o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan. Lekin, patsiyentlarni davolash vaqtida, ayniqsa preparatni uzoq muddat tananing katta sohalariga qo‘llanilganida suvchechakka qarshi emlash va immunizatsiyaning boshqa turlarini o‘tkazish mumkin emasligini yodda tutish kerak, chunki tegishli antitelolarni proliferatsiyasi ko‘rinishida immun javobni susayishi xavfi mavjud.
Uzoq muddat terining katta sohalariga qo‘llanilganida salitsil kislotasini so‘rilishi oqibatida metotreksat, peroral antibiotiklar yoki sulьfonilmochevina hosilalarining ta'siri kuchayishi mumkin.
Lorinden A surtmasi immunosupressiv preparatlar ta'sirini kuchaytirishi, shuningdek immunostimulyatorlarning ta'sirini susaytirishi mumkin.
Maxsus korsatmalar
Preparat bilan davolashni 2 xaftadan ko‘proq tanaffussiz o‘tkazmang. Uzoq muddat terining katta sohalariga qo‘llanganida nojo‘ya samaralarning tez-tezligi oshadi. Flumetazonapivalatni sirtga qo‘llash gipofizar-adrenal tizimni susayishi, shuningdek qonda kortizol darajasini pasayishi va davolash to‘xtatilganidan keyin regressiyaga uchrovchi yatrogen Itsenko-Kushing sindromi mavjudligi oqibatida pituitar bez tomonidan adrenokortikotrop gormon (AKTG) ishlab chiqarilishi kamayishiga olib keladi. AKTG gormoni bilan buyrak usti bezlarini rag‘batlantirgandan keyin qonda va siydikda kortizol darajasini aniqlash bilan buyrak usti bezi po‘stloq faoliyatini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Ikkilamchi infektsiya paydo bo‘lgan xollarda tegishli antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni o‘tkazish lozim. Agar infektsiya simptomlari kamaymasa, infektsiya davolash davrida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Kasallikni kechishini og‘irlashish mumkinligi tufayli, tor yoki keng filьtratsiya burchakli glaukomasi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek kataraktasi bo‘lgan patsiyentlarda surtmani ko‘z qovoqlari yoki qovoqlar atrofidagi teriga qo‘llash mumkin emas.
Hatto qisqa muddatli qo‘llagandan keyin dori vositasini yuqori so‘riluvchanligi va noxush ko‘rinishlarning (teleangioektaziya, perioral dermatit) xavfi yuqoriligi tufayli, preparatni yuz terisi va chov sohasiga faqat zarur xolatlardagina qo‘llash mumkin.
Surtmani okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash faqat zarur xolatlarda o‘tkazilishi kerak, chunki bu epiteliy atrofiyasi, terini cho‘zilishi yoki superinfektsiyalarga olib kelishi mumkin.
Bu surtmani teri to‘qimalarini atrofiyasi bo‘lganida, ayniqsa keksa patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Psoriazi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki psoriazda glyukokortikosteroidlarni sirtga qo‘llash xavfli bo‘lishi va ko‘nikish rivojlanishi oqibatida,tarqalgan pustulyoz psoriaz va teri disfunktsiyasi chaqirgan tizimli toksiklik xavfi tufayli kasallikni qaytalanishini chaqirishi mumkin.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Tana yuzasining tana vazniga nisbati kattalarga nisbatan yuqori bo‘lgan bolalar uchun glyukokortikosteroidlarning noxyash tizimli ta'siri, shu jumladan, gipotalamus, gipofiz, buyrak usti bezlari disfunktsiyasi va Itsenko-Kushing sindromini paydog bo‘lishi xavfi yuqori. Kortikosteroidlar bilan davolash bolalarni o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Surtma mahalliy teri reaktsiyalari (masalan, kontakt dermatit) yoki ta'sirlanish chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikolь va lanolin saqlaydi.
Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikda flumetazon va salitsil kislotasini mahalliy qo‘llagandla teratogen ta'sirini o‘rganish bo‘yicha nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun preparatni faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Sirtga qo‘llanganda flumetazon va salitsil kislotasi qanday darajada ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma'lum. Preparatni laktatsiya (emizish) davrida buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Faqat juda zarur bo‘lgan hollarda, qisqa muddat va terining chegaralangan sohalariga (sut bezlari sohasiga surtish mumkin emas) qo‘llash mumkin.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Preparat psixomotor faollik, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni uzoq vaqt terining katta sohalriga qo‘llanilganidan keyin dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lishi mumkin, ular shish, arterial bosimni oshishi, giperglikemiya, immunitetni susayishi, juda og‘ir holatlarda esa – giperkortitsizm sindromi shaklida noxush ko‘rinishlarni kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bunday xollarda preparatni qabul qilishni asta-sekin to‘xtatish yoki kamroq faollikka ega kortikosteroidlarni ishlatish lozim.
Chiqarilish shakli
15 g surtma saqlovchi alyumin tuba. Tuba dori vositasini patsiyentlar uchun qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalarda berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Farmzavod Jelfa A.J.
58-500, Yelenya Gura, V Polya ko‘ch., 21, Polьsha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
“VALEANT” MChJ, Rossiya
Mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiluvchi tashkilot manzili
“VALEANT” MChJ, Rossiya
115162, Moskva, Shablovka ko‘ch, 31 uy, 5 qur.
Telefon/faks + 7 495 510 28 79.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.