Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Флуоцинолона ацетонид
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
0,025%
Производитель
Нижфарм
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Sinaflan maz 0.25% 15g (tuba) Nijfarm haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinaflan
Xalqaro patentlanmagan nomi
Fluotsinolon atsetonidi.
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda fluotsinolon atsetonidi (sinaflan) – 0,25 mg,
yordamchi moddalar propilenglikol – 49,75 mg, serezin – 50,00 mg, lanolin – 50,00 mg, vazelin – 1,0 g gacha.
Ta'rifi
Och-sariqdan to sariq rangligacha bo‘lgan surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid
ATX kodi D07AC04.
Farmakologik ta'siri
Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta'sirlarga ega. Terining yallig‘lanishli ko‘rinishlarini kamaytiradi va reaktsiyalarini yo‘qotadi.
Farmakokinetika
Teri yuzasidan so‘rilganidan keyin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, asosan jigarda nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ekzema, atopik dermatit, oddiy surunkali temiratki (cheklangan neyrodermit), toksidermiya, oddiy allergik dermatit, seboreyali dermatit, terini qichishishi, eshakemi, qichima, bichilish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, psoriaz (ekssudativ shakli); qizil yassi temiratki, diskoid qizil yugurik, panjalar disgidrozi, tashqi otit, 1 darajali kuyishlar, hashoratlarni chaqishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; terining bakterial, virusli, zamburug‘li kasalliklari - piodermiya, suvchechak, gerpes, aktinomikoz, blastomikoz, sporotrixoz; sifilisning teri ko‘rinishlari, teri tuberkulyozi, plyonka toshmasi, pushti xusnbuzar, katta psoriatik toshmalar (blyashkalar), anogenital qichima; venalarning varikoz kengayishi bilan bog‘liq bo‘lgan boldirning trofik yaralari, me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, applikatsiyalar sohasidagi jarohatlar; teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma; homiladorlik va emizish davri, bolalar (2 yoshgacha).
Jinsiy yetilish davridagi qiz bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Antiseptik suyuqlik bilan xo‘llangan tampon bilan oldindan artilgan teriga preparatni katta bo‘lmagan miqdori kuniga 2-4 marta qo‘yiladi va biroz ishqalanadi. Zarurati bo‘lganida okklyuzion bog‘lov qo‘yish mumkin, u shikastlangan yuzada 3-4 kungacha qoldiriladi. Bog‘lov ostida sutkada 2 g dan ortiq qo‘llashga ruxsat berilmaydi. Davolashning davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq va odatda 5-10 kunni tashkil qiladi, kasallik uzoq muddat kechganida 25 kungacha.
Surtmani dermatozlarni quruq shakllarida ishlatgan afzalroq.
Nojo‘ya ta'siri
Terining ikkilamchi infektsion shikastlanishlari va unda atrofik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin (achishish, teri qichimasi, terining quruqligi, steroid xusnbuzar, follikulit). Uzoq muddat qo‘llanganida – gipertrixoz, alopetsiya, ayniqsa ayollarda, ikkilamchi immuntanqisligi (surunkali infektsion kasalliklarni zo‘rayishi, infektsion jarayonni yoyilishi, opportunistik infektsiyalarning rivojlanishi); terining atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangioektaziyalar, purpura, pigmentatsiyaning buzilishi. Terining katta yuzalariga qo‘yilganida, tizimli ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin (gastrit, me'daning “steroid” yarasi, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, Itsenko-Kushing sindromi, “steroid” qandli diabet, reparativ jarayonlarning sekinlashishi).
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari surtma qo‘yilgan joyda qichishish, achishish, giperglikemiya, glyukozuriya, Itsenko-Kushing sindromi.
Davolash preparatni asta-sekin bekor qilish fonida simptomatik davolash.
Boshqa dori preparatari bilan o‘zaro ta'siri
Mikroblarga qarshi vositalar bilan to‘g‘ri keladi. Gipotenziv, diuretik, antiaritmik dori vositalari, kaliy preparatlarining faolligini pasaytiradi. Siydik haydovchi preparatlar (kaliy tejovchilaridan tashqari) gipokaliyemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat terining katta bo‘lmagan sohalarida qisqa kurslar bilan qo‘llanadi. Preparatni yuzga qo‘yish mumkin emas. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Bolalarda buyurishni muddati 5 kundan oshmasligi kerak. Davolanish vaqtida erkin kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Oddiy yoki pushti xusnbuzari bo‘lgan bemorlarda davolanish fonida kasallikni zo‘rayishi mumkin.
Mahalliy infektsion asoratlarni oldini olish uchun mikroblarga qarshi vositalar bilan birga buyurish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 0,025% surtma. 10 g yoki 15 g dan alyuminiy yoki laminat polietilen tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NIJFARM» OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.,
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.