Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pikolaks 0,75% 15ml
Nomi | Narx | |||||
Пиколакс 0,75% 15мл (110823##2 249) |
UZS 30 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Пиколакс 0,75% 15мл (110823##2 254) |
UZS 30 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натрия пикосульфат
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,75% 15 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли оральные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pikolaks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Natriy pikosulfati
Dori shakli
Oral tomchilar.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% suvsiz moddaga qayta hisoblanganda natriy pikosulfati – 7,5 mg (20 tomchi);
yordamchi moddalar sorbit (E 420); natriy benzoati (E 211); limon kislotasi, monogidrat; natriy sitrati; in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz yoki sariq rangli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
surgi vosita.
ATX kodi A06AV08
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Pikolaks preparatining faol moddasi bo‘lgan natriy pikosulfati triarilmetan guruhining mahalliy surgi vositasi hisoblanadi. Yo‘g‘on ichakdagi bakterial parchalanishdan keyin natriy pikosulfati uning shilliq qavatini rag‘batlantiradi, peristaltikani tezlashtiradi, yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida suv va elektrolitlar to‘planishiga yordam beradi. Natijada defekatsiyani rag‘batlantirish, tranzit vaqtini qisqartirish va ahlatni yumshatishga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng, natriy pikosulfat yo‘g‘on ichakka sezilarli darajada so‘rilmasdan yetib boradi.
Bis-(p-gidroksifenil)-piridil-2-metanning faol metaboliti yo‘g‘on ichakda bakterial parchalanishdan keyin hosil bo‘ladi, Pikolaksning ta'sir qilish boshlanishi odatda faol metabolitning ajralib chiqishiga qarab preparatni qabul qilganidan keyin 6-12 soat o‘tgach sodir bo‘ladi. Peroral qabul qilingandan so‘ng, orgazimning a'zolari va tizimlarida preparatning faqat oz miqdorini aniqlash mumkin.
Preparatning surgi samarasi qon plazmasidagi faol metabolit darajasi bilan bog‘liq emas.
Qo‘llanilishi
Qabziyat yoki defekatsiyani bartaraf etishni talab qiladigan holatlar.
Boshqa surgi vositalari singari, Pikolaks ham ich qotishining sababini aniqlamasdan har kuni yoki uzoq vaqt davomida qo‘llanilmasligi kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ishlab chiqaruvchining dozatori tomonidan dozalanadi.
Kattalarga 13-27 tomchi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatga to‘g‘ri keladi);
4 yoshdan oshgan bolalarga (faqat shifokorning retsepti bo‘yicha) 7-13 tomchi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatga to‘g‘ri keladi).
Eng past dozadan boshlash tavsiya etiladi. Dozani muntazam ahlat uchun tavsiya etilgan maksimal dozaga moslashtirish mumkin. Maksimal sutkalik doza 27 tomchi (kattalar uchun) yoki 13 tomchi (4 yoshdan katta bolalar uchun) dan oshmasligi kerak.
Pikolaksni kechasi olish zarur. Preparatni qo‘llaganingizdan so‘ng, ichakni bo‘shatish 10-12 soat ichida sodir bo‘ladi. Preparat suyuqlik bilan yoki suyuqliksiz qo‘llanilishi mumkin.
Preparatni har kuni yoki uzoq vaqt davomida ich qotishining sababini aniqlamasdan qo‘llamaslik kerak.
Bolalar
Preparatni 4 yoshdan oshgan bolalar uchun qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari ko‘rsatilgan tomonidan uchrash tez-tezligini namoyonbo‘lishi juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100), kam xollarda (≥1/10000 - <1/1000), juda kam xollarda (<1/10 000), uchrash tez-tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra o‘rnatish mumkin emas).
Teri va teri osti yog‘ kletchatkalari tomonidan
Tez-tezligi noma'lum teri reaktsiyalari (angionevrotik shishi, medikamentoz toksikodermiya, toshma, qichishish).
Immunitet tizimi tomonidan
Tez-tezligi noma'lum allergik reaktsiyalari.
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tez emas bosh aylanishi;
Tez-tezligi noma'lum sinkope.
Bosh aylanishi va sinkope ehtimoli vazovagal reaktsiya bilan bog‘liq (masalan, qorin spazmlari yoki defekatsiya).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan
Juda tez-tez diareya;
Tez-tez qorinda diskomfort, qorinda og‘riq, qorinda spazmlar;
Tez-tez emas qusish, ko‘ngil aynishi.
Preparatni uzoq va ortiqcha iste'mol qilish suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, mushaklarning zaiflashishiga va yurak faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
i
Faol moddaga, boshqa triarilmetanamlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Ichakning dinamik yoki mexanik tutilishi.
Ko‘ngil aynishi va qusish bilan bog‘liq bo‘lgan qorin bo‘shlig‘ining og‘ir og‘riqli va/yoki isitmali kasalliklari (masalan, appenditsit).
O‘tkir yallig‘lanishli ichak kasalliklari.
Kuchli suvsizlanish.
Preparatning har qanday yordamchi moddalariga kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaslik, masalan, noma'lum fruktozani o‘zlashtiraolmaslik ehtimoli mavjud.
Pikolaks suv va elektrolitlar muvozanatini buzilishi bilan bog‘liq xolatlarida (masalan, og‘ir buyrak funktsiyasining buzilishidak) tibbiy nazorat ostiga olinishi kerak.
Pikolaksni 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pikolaks va diuretiklar yoki kortikosteroidlarning katta dozalarini bir vaqtda qo‘llash elektrolitlar muvozanati xavfini oshirishi mumkin, bu esa yurak glikozidlariga sezuvchanlikning oshishiga olib kelishi mumkin.
Antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash Pikolaks preparatining surgi ta'sirini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surunkali ich qotishi bo‘lgan patsiyentlarga to‘liq tashxis qo‘yish va ich qotishining sababini aniqlash kerak.
Preparatni uzoq vaqt va xaddan tashqari qo‘llash suyuqlik va elektrolitlar muvozanatining buzilishiga va gipokalemiyaga olib kelishi mumkin.
Pikolaksni qabul qilishni bekor qilish, simptomlarning tiklanishiga olib kelishi mumkin. Agar Pikolaksni uzoq vaqt davomida surunkali qabziyat uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, simptomlarning har qanday tiklanishi yanada yaqqolroq bo‘lishi mumkin.
Natriy pikosulfatni o‘z vaqtida qo‘llashga to‘g‘ri kelgan bosh aylanishi va/yoki sinkope holatlari qayd etilgan. Mavjud bo‘lgan ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu hodisalar defekatsiya vaqtida sinkopga mos keladi (Valsalva analiz olish bilan bog‘liq) yoki qorin og‘rig‘iga vazovagal javob bilan bog‘liq.
Kam uchraydigan irsiy fruktozani o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak, chunki uning tarkibida sorbitol mavjud.
Ushbu dori vositasi 1 mmol/dozadan kam natriyni o‘z ichiga oladi, ya'ni deyarli natriydan xoli.
Ushbu dori tarkibida 2 mg natriy benzoat 1 ml (30 ml shishada 15 ml natriy benzoat, 60 mg shishada 30 mg natriy benzoat) mavjud.
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Homilador ayollar ishtirokida tegishli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda sutkalik 10 mg/kg va undan yuqori dozalarda qo‘llanilganda preparatning reproduktiv toksikligini ko‘rsatdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, iloji bo‘lsa, Pikolaks homiladorlik vaqtida iloji bo‘lsa ishlatmaslik kerak.
Emizish davrida
Klinik ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, na faol metabolit bis-(p-gidroksifenil)-piridil-2-metan (BGPM) va uning glyukuronidlari ona sutiga kirmaydi. Shunday qilib, emizish vaxtida Pikolaksni emizish davrida qo‘llash mumkin.
Fertillik
Preparatni odamlarda fertillikka ta'sirini baholash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni fertilikka ta'sirini ko‘rsatmadi.
Avtotransport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Avtomobilni xaydash va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu bilan birga, patsiyentlarga vazovagal reaktsiya (xususan, qorin bo‘shlig‘i spazmi) natijasida bosh aylanishi va/yoki sinkope kabi nojo‘ya ta'sirlarni rivojlanish ehtimoli haqida ogohlantirish kerak. Qorin bo‘shlig‘i spazmida bemor avtotransport vositalarini xaydash yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash kabi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishi tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish ahlatning suyuq kelishiga (diareya), ichak spazmlariga va suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarning klinik jihatdan sezilarli darajada yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
O‘tkir dozani oshirib yuborishda Pikolaks preparatini, og‘iz orqali qabul qilinadigan tomchilarini qabul qilgandan keyin qisqa vaqt ichida majburiy qusish yoki me'dani yuvish orqali oqibatlarni kamaytirish yoki yo‘q qilish mumkin. Suyuqlikni o‘rnini to‘ldirish va elektrolitlar muvozanatini muvofiqlashtirish kerak bo‘lishi mumkin. Spazmga qarshi vositalarni qo‘llash mumkin.
Pikolaks preparatining katta dozalari bilan yo‘g‘on ichak shilliq qavatining ishemiyasi haqida xabar berilgan, bu odatda ich qotishi uchun tavsiya etilganlardan ancha yuqori.
Pikolaks, boshqa surgi vositalari singari, dozani oshirib yuborish surunkali diareya va qorin og‘rig‘iga, gipokalemiyaga, ikkilamchi giperaldosteronizmga va, ehtimol, buyrak toshlarining hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Surgi vositalarni uzoq muddat suiiste'mol qilish bilan buyrak naychalarini shikastlanishi, metabolik alkaloz, gipokalemiya ahlatda mushaklarning zaiflashishi haqida xabarlar berilgan.
Chiqarilish shakli
15 ml yoki 30 ml dan flakonlarda. 1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan joyda, original o‘ramida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.