Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Уксусная кислота, натрия хлорид, хлористый калий
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
200 мл
Производитель
Radiks ЧНПП
Chiqarillish shakli
Раствор для инфузий
Atsesol Infuziya uchun eritma. 200 ml Radiks haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Atsesol
Ta'sir etuvchi moddalari (XPN) Natriy atsetati, natriy xloridi va kaliy xloridi.
Dori shakli
Infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar Natriy atsetati – 2 g, natriy xloridi - 5 g, kaliy xloridi - 1 g.
Yordamchi modda in'ektsiya uchun suv 1 l gacha
Ta'rifi Rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Tuzli eritma.
ATX kodi V05VV
Farmakologik xususiyatlari
Gemodinamik va dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi. Gipovolemiyani, qonning quyuqlashishini va metabolik atsidozni kamaytiradi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi, diurezni ko‘paytiradi. Suv-elektrolit muvozanatini tiklanishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Turli kasalliklarda (o‘tkir dizenteriya, El-Tor (Inaba) vabosi, ovqat toksikoinfektsiyalari va b.) paydo bo‘ladigan organizmning degidratatsiyasi va intoksikatsiyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritma 38-400S gacha isitiladi. Eritmali idish shtativga osiladi, uchlikdan qalpoqcha olib tashlanadi va bir martalik sistema ignasi kiritiladi. Preparat vena ichiga yuboriladi (oqim bilan yoki tomchilab). Kasallikning og‘ir shakllarida (gipovolemik infektsion-toksik shok, adekvat bo‘lmagan kapillyar perfuziya, dekompensatsiyalangan metabolik atsidoz, anuriya) 1-2 soat davomida bemorning tana vazniga 7-10% miqdorda, yuborish oqim bilan boshlanadi, so‘ngra minutiga 40-120 tomchi tezlikda 24-48 soat davomida tomchilab yuborishga o‘tiladi.
Kasallikning yengilroq shakllarida (organizmning intoksikatsiyasi va suvsizlanishi, metabolik atsidoz, oliguriya) preparatni tomchilab yuborish bilan cheklanish mumkin.
Eritma suyuqlik hajmini tiklanishi uchun yetarli miqdorda yuboriladi. Preparatni qo‘llash gematokrit va qondagi elektrolitlar kontsentratsiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning muvozanati har 6 soatda aniqlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin, bunday hollarda elektrolit muvozanatining meyorlashuviga qadar, preparat Disol eritmasi bilan almashtiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperkaliyemiya, alkaloz, surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipergidratatsiya holati, o‘pkalar, miya shishining xavfi, preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Mahsus ko‘rsatmalar
Buyrakning ajratib chiqarish faoliyati buzilgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash gematokrit va eliktrolitlarni nazorati ostida o‘tkaziladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 200, 250, 400 va 500 ml dan shisha butilkalarda yoki polipropilen flakonlarda.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IIChK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.