Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Radiks ЧНПП
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma
Glyukoza infuziya uchun eritma 200 ml Radiks haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Glyukoza
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dekstroza
Dori shakli
infuziya uchun eritma
Tarkibi
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda glyukoza – 50 g yoki 100 g;
yordamchi moddalar natriy xloridi - 0,26 g, xlorid kislotasi 0,1 mol/l -rN 3,0-4,1 gacha, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
parenteral ozuqa uchun vosita
ATX kodi V05SX01
Farmakologik xususiyatlari
Regidratatsiya va dezintoksikatsiya uchun vosita. Preparatni 5% li eritmasi to‘qimalar uchun izotonikdir, u organizm tomonidan yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini yaxshi to‘ldiradi. Bundan tashqari, u yengil o‘zlashtiriladigan ozuqa moddalarining qimmatbaho manbaidir. Uning metabolizm natijasida organizmning xayot faoliyati uchun kerak bo‘lgan ahamiyatli miqdordagi energiya ajralib chiqadi. Preparatning 10% li eritmalari to‘qimalar uchun gipertonikdir. Vena ichiga yuborilganida qonning osmotik bosimi oshadi, to‘qimalardan suyuqlik oqishi va modda almashinuvi kuchayadi, yurak mushagining faoliyati kuchayadi, qon tomirlar kengayadi, diurez oshadi.
Qo‘llanilishi
5% li eritma organizmdagi uglevodlar yetishmovchiligini to‘ldirish, qayt qilish, ich ketishi oqibatidagi, operatsiyadan keyingi davrdagi degidratatsiyani korrektsiya qilish. Dezintoksikatsion va infuzion terapiya. Kollaps, shok (turli qon o‘rnini bosuvchi va shokka qarshi suyuqliklarning komponenti sifatida). Vena ichiga yuborish uchun dori vositalarini eritmalarini tayyorlash uchun ham ishlatiladi.
10% li eritmasi-gipoglikemiya, infektsion kasalliklar, jigar kasalliklari (gepatit, jigar distrofiyasi va atrofiyasi), yurak faoliyatini dekompensatsiyasi, o‘pka shishi, toksikoinfektsiyalar, turli intoksikatsiyalar (narkotiklar, sinil kislotasi va uning tuzlari, uglerod oksidi, anilin, margimush vodorodi, fosgen va boshqa moddalar bilan zaxarlanish), gemmoragik diatezlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni 5% li eritmasi vena ichiga, tomchilab sutkada 300-1500 ml dan, maksimal 150 tomchi/minut tezlik bilan yuboriladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza 2000 ml. Klizmalarda tomchilab sutkada 300-500 ml dan 1000-2000 ml gacha buyuriladi.
Preparatni 10% li eritmasi vena ichiga oqim bilan (sekin!) har yuborishda 20-40-50 ml dan yuboriladi. Zarur bo‘lganida vena ichiga tomchilab, sutkada 250-300 ml gacha yuboriladi.
No'jo‘ya ta'sirlari
Ion muvozanatini buzilishi, giperglikemiya, isitma, gipervolemiya, o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi. Yubrish joyida infektsiya rivojlanishi, tromboflebit bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperglikemiya, qandli diabet, o‘ta yuqori sezuvchanlik, giperlaktatsidemiya, gipergidratatsiya, operatsiyadan keyingi glyukozani chiqarilishini buzilishi, bosh miya, o‘pka shishi, o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi, giperosmolyar komada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kislotali muxitda beqarorlashuvchi preparatlar uchun preparat erituvchi sifatida qo‘llanmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan majmuada qo‘llanganda, mutanosiblikni vizual nazorat qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Osmolyarligini oshirish uchun preparat natriy xloridini izotonik eritmasi bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Preparat to‘liq va tez o‘zlashtirilishi uchun teri ostiga 4-5 TB insulin yuborilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Giperglikemiya va gipergidratatsiya rivojlanishi mumkin. Bunda patsiyentlarda teri va shilliq qavatlarni qurishi kuzatiladi, ko‘z soqqasining tarangligini pasayishi, atseton hidisiz tez-tez yuzaki nafas olishi, taxikardiya, aritmiya, hushni yo‘qotish mumkin, tana haroratini oshishi kuzatilishi mumkin. Dozaning oshirib yuborilishi hollarida simptomatik davolash buyuriladi va oddiy insulin preparatlari 0,1 TB/kg dozada mushak ichiga yoki vena ichiga yuboriladi.
Chiqarilish shakli
5% va 10% infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml, 500 ml va 1000 ml dan flakonlarda (butilkalarda) tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
Tel (+99871) 273-92-31, faks (+99871) 273-80-58
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"RADIKS" MChJ, Toshkent sh. Lutfiy ko‘ch., 50.
Tel. (+99871) 273-43-98, faks (+99871) 273-80-58.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.