Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Натрия хлорид DF р-р д/инф. 0,9% 500мл (1690524##2 288) |
UZS 11 800
UZS 12 300
-4%
Экономия UZS 500
Stokda yetarli (36)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Натрия хлорид DF р-р д/инф. 0,9% 500мл (1690524##2 305) |
UZS 11 800
UZS 12 300
-4%
Экономия UZS 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Натрия хлорид DF р-р д/инф. 0,9% 500мл (1690524##2 326) |
UZS 11 800
UZS 12 300
-4%
Экономия UZS 500
Stokda yetarli (19)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Натрия хлорид
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Dentafill PlyusЧП
Natriy xlorid 0.9% infuziya uchun eritma 500ml DF haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Natriy xlorid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) natriy xloridi
Dori shakli
infuziya uchun eritma
Tarkibi
1 l eritma quydagilarni saqlaydi
faol modda natriy xloridi - 9,0 g;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv 1 l gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz sho‘rroq mazali suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
tuzli eritma.
ATX kodi V05SV01
Farmakologik xususiyatlari
Izotonik eritma. Degidratatsiya holatida organizmda suyuqlik yetishmovchiligini to‘ldiradi. Natriy va xlor ionlari hujayradan tashqari suyuqlikning asosiy noorganik komponetlari bo‘lib, qon plazmasi va hujayradan tashqari muvofiq suyuqlikning osmatik bosimini tutib turadi.
Natriy xloridi organizmga ovqat bilan kiradi. Odatda odam sutkada 10 g ga yaqin (170 mmol) natriy xloridini iste'mol qiladi va uning bu miqdori organizmning elektrolit muvozanatini ta'minlaydi. Natriy xloridining 0,9% li eritmasi qon plazmasiga nisbatan izotonik bo‘lib, tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanadi. Natriy xloridining izotonik eritmasi qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatmasligi tufayli, parenteral yuborilishi ham, yara, shilliq pardalarni yuvish uchun ham qo‘llanishi mumkin. Natriy xloridining izotonik eritmasi qon plazmasiga nisbatan izotonik bo‘lganligi tufayli, qon tomirlardan tez chiqib ketadi va qon tomirlardagi suyuqlik hajmini faqat vaqtinchalik oshiradi, shuning uchun ko‘p qon yo‘qotishlarda va shokda preparatning samarasi yuqori emas.
Farmakokinetikasi
Bo‘yrak orqali o‘zgarishsiz tez chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Natriy xloridining 0,9% li izotonik eritmasi plazmani o‘rnini bosuvchi suyuqlik sifatida endogen va ekzogen zaharlanishlarda, suvsizlanishni tiklash uchun, diareyada, toksik dispepsiyada, ichak tutilishida, gipoxloremik alkolozda, dori vositalarini eritish va suyultirish uchun qo‘llanadi.
Natriy xloridining izotonik eritmasi shuningdek jarohatlarni, ko‘zning kon'yunktivasini, qorin va plevra bo‘shliqlarini, qinni, qovuqni yuvish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yuborishdan oldin flakonni vizual nazoratdan o‘tkazish lozim. Eritma tiniq bo‘lishi, zarrachalar va cho‘kma saqlamasligi kerak. Butunligi va o‘ramning germetikligi saqlangan holda, preparat qo‘llash uchun yaroqli deb hisoblanadi. Odatda natriy xloridining izotonik eritmasi vena ichiga tomchilab yuboriladi. Preparatni yuborishdan oldin flakondagi eritma 35-370S gacha isitiladi. Yuboriladigan eritmaning hajmi bemorning ahvoli, yo‘qotilgan suyuqlikning, natriy va xlor ionlarining qon plazmasidagi miqdoriga bog‘liq. Infuziya tezligi shaxsiy ravishda tanlanadi. Vena ichiga natriy xloridining 0,9% li izotonik eritmasi nisbatan ko‘p bo‘lmagan hajmda yuborilsa, uni oqim bilan yuborish mumkin.
Katta hajmdagi eritmani yuborish kerak bo‘lsa, tana vazni 70 kg bo‘lgan bemorga preparat tomchilab, soatiga 500-600 tomchi tezlikda yuboriladi. Ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilganida, zaharlanishlarda sutkada 3000 ml gacha natriy xloridining izotonik eritmasi yuborilishi mumkin. Natriy xloridining 0,9% li izotonik eritmasini teri ostiga, bo‘shliqlarga, to‘g‘ri ichakka yuborish mumkin. Natriy xloridining 0,9% li izotonik eritmasi shuningdek jarohatlar va shilliq qavatlarni yuvish uchun ham qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me'da spazmlari, chanqoqlik, ko‘z yosh oqishi, terlash, isitma, taxikardiya, arterial gipertenziya. Buyrak faoliyatini buzilishi, shishlar, hansirash, bosh og‘riq, bosh aylanishi, bezovtalik, xolsizlik, mushaklarni tortishi va gipertonusi.
Natriy xloridining izotonik eritmasi katta hajmlarda yuborilganida gipergidratatsiya, xloridliatsidoz, gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• gipernatriyemiya;
• atsidoz;
• giperxloremiya,
• gipokaliyemiya;
• gipergidratatsiya;
• bosh miya va o‘pkashishixavfi bilan sirkulyator buzilishlari;
• bosh miya shishi, o‘pka shishi;
• yuqori dozada glyukokortikosteroidlar yondosh qo‘llash;
• yurak chap qorinchasi o‘tkir yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; surunkali buyrak yetishmovchiligi (oligo-, anuriya); buyrak faoliyatini buzilishi (izotonik eritmani katta hajmlarda yuborilganida); arterial gipertenziya; periferik shishlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Natriy xloridining izotonik eritmasini boshqa gidrofil dori vositalari bilan aralashtirish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Natriy xloridining izotonik eritmasi katta hajmlarda yuborilganida qon plazmasida elektrolitlarning miqdorini nazorat qilish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Natriy xloridining izotonik eritmasini homiladorlik va emizikli ayollarga qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat kam zaharli. Dozani oshirib yuborish hollari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
100 ml, 250 ml va 500 ml dan infuziya uchun eritma plastik flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Dentafill Plyus» XK,
O‘zbekistan Respublikasi, 100209 Toshkent, Sirg‘ali tumani, Chortoq-Mag‘rib ko‘ch., uy.№1.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.