Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Натрия хлорид
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Radiks ЧНПП
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Natriy xlorid "Izotonik" infuziya uchun eritma 0,9% 500ml Radiks haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Natriy xlorid
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) natriy xlorid
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
100 ml eritmada quyidagilar saqlanadi
faol modda natriy xlorid – 0,9 g;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv – 100 ml gacha.
Ta'rifi tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tuzli eritmalar.
ATX kodi B05CB01
Farmakologik xususiyatlari
Izotonik eritma. Degidratatsiya holatida organizmda suyuqlik tanqisligini to‘ldiradi. Natriy va xlor ionlari qon plazmasi va hujayradan tashqari suyuqlikning muvofiq osmotik bosimini me'yorda tutib turuvchi hujayradan tashqari suyuqlikning asosiy noorganik tarkibiy qismi hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Natriy xloridni odatda venaga yoki teri ostiga yuboriladi. Preparat tomirlarda kisqa vaqt ushlanib turadi va juda tez interstitsial sektorga va hujayra ichiga kiradi. 1 soatdan keyinoq tomir ichida faqat dozaning yarmi atrofidagisi qoladi. Diurezni oshirib, tez buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Turli genezli degidratatsiya. Operatsiya vaqtida va undan keyin qon plazmasi hajmini tutib turish, jaroxatlarni, ko‘zlarni, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini yuvish, hamda turli prepartlar uchun erituvchi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni oldindan 38°C isitilib vena ichiga (ko‘pincha tomchilab, minutiga 40-120 tomchi tezligida), teri ostiga va xo‘qnalarda klinik ko‘rsatmalarga qarab sutkasida 3 litrgacha yuboriladi. Preparatni qo‘llashni gematokrit va qondagi elektrolitlarning kontsentratsiyasining nazorati ostida o‘tkaziladi. Kiritilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning balansi har 6 soatda aniqlanadi. Jarohatlarni, ko‘zlarni, burun bo‘shlig‘ining shilliq qavatini yuvishda preparatni bevosita yuvilayotgan yuzaga quyiladi yoki preparat bilan ho‘llangan steril salfetkalar ishlatiladi
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me'da spazmlari, chanqoqlik, ko‘z yoshinioqishi,terlash, isitma, taxikardiya, arterial gipertoniya. Buyraklar faoliyatni buzilishi, shishlar, hansirash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik, bo‘shashish, mushaklarnitortilishi va gipertonus. Eritmani katta miqdorlarda yuborish xloridli atsidozga, gipergidratatsiyaga va organizmdan kaliyning chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy qo‘llanilganidahozirgi vaqtgacha hech qanday nojo‘ya ta'sirlari aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Gipernatriyemiya, gipergidratatsiya holati, o‘pkalarni, miyani shishi havfi, kortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolash.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kortikosterodlarni katta dozalarda qabul qilayotgan bemorlarga preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi. Dori vositalari bilan aralashtirilganida vizual mutanosiblikni nazorat qilish zarur, chunki terapevtik nomutanosiblik bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyraklarning chiqarish faoliyati buzilgan, gipokaliyemiya holatidagi bemorlarda preparatning katta hajmlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Uzoq muddat qo‘llanganida sutkalik diurez va plazmadagi elektrolitlarning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun 0,9% izotonik eritma 100 ml, 200ml, 250 ml dan shisha butilkalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” XIIChK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.