Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Рингер р-р д/инф. 200мл Radiks (2291024##2 391) |
UZS 5 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Рингер р-р д/инф. 200мл Radiks (2331124##2 403) |
UZS 5 300
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Radiks ЧНПП
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma
Ringer infuziya uchun eritma 200ml Radiks haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rastvor Ringera
Ta'sir etuvchi moddalari (XPN) Natriy xloridi, kaliy xloridi, kaltsiy xloridi geksagidrati yoki kaltsiy xloridi digidrati.
Dori shakli
Infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 l eritma saqlaydi
faol moddalar natriy xloridi 8,6 g, kaltsiy xloridi geksagidrati 0,49 g yoki kaltsiy xloridi digidrati – 0,33 g, kaliy xloridi 0,3 g .
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Tuzli eritmalar.
Farmakologik xususiyatlari
Ringer eritmasi yo‘qotilgan ekstratsellyular suyuqlikning va asosiy elektrolitlar (natriy, kaliy, kaltsiy) va xloridlarning o‘rnini to‘ldiradi.
Regidratatsiyalovchi va dezintoksikatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Aylanayotgan qon hajmini to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llanganida, qon tomir xavzasidan tashqaridagi bo‘shliqqa tez chiqishi sababli, samarasi faqat 30-40 minut davomida saqlanadi (shuning uchun eritma aylanayotgan qon hajmini faqat qisqa muddatli to‘ldirish uchun yaroqlidir).
Qo‘llanilishi
Eritrotsitlar o‘rnini to‘ldirishning zarurati bo‘lmagan hollarda plazma o‘rnini bosuvchi vosita sifatida shok, kollaps, kuyish, davomli qayt qilish va diareyada qo‘llanadi. Preparat turli genezli degidratatsiyada, giponatriyemiyada, gipovolemik shokda (yordamchi davolash sifatida), suyuqlikni yo‘qotilishi bilan bog‘lik bo‘lgan metabolik atsidozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritma faqat vena ichiga (v/i) yuborish uchun mo‘ljallangan.
Doza patsiyentning yoshiga, tana vazniga, klinik holatiga va laborator ko‘rsatkichlariga qarab, shifokor tomonidan buyuriladi. V/i tomchilab sutkada 500 ml dan 1000 ml gacha yuboriladi, yuborishning o‘rtacha tezligi tana vazniga – 3,0 ml/kg yoki minutiga 70 tomchini yoki soatiga 250 ml ni tashkil qiladi.
Eritmani buyurish, har bir patsiyent uchun suyuqlikni tutib turuvchi yoki ehtiyojini o‘rnini bosuvchi hajmini nazarda tutilgani hisobiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Umumiy sutkalik doza tana vaznining 2-6% ni tashkil qiladi.
Parenteral preparatlarni ishlatishdan avval zarrachalar borligini tekshirish va rangini o‘zgarishishini vizual tekshirish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Suyuqlikning katta hajmi yuborilganda atsidoz rivojlanishi mumkin.
Noadekvat yuqori dozada suv-elektrolit balansi buzilishi, shu jumladan gipovolemiya, gipernatriyemiya, giperkaliyemiya, giperkaltsiyemiya, giperxloremiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;
-giperkaliyemiya;
-oliguriya va anuriya;
-o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
-o‘pka shishi;
-miya shishi;
-giperkoagulyatsiya;
-gipergidratatsiya;
-tromboflebit;
-metabolik alkaloz;
-giperkaltsiyemiya
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida organizmda natriyni tutilishi oshishi mumkin nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar.
Kaliyni tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaliy preparatlari bilan qabul qilinganida giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi kuchayadi.
Yurak glikozidlari bilan majmuada qo‘llanganda, ularning zaharli samaralarining ehtimoli oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Katta hajmda tez yuborilgan hollarda kislota-ishqor muvozanatini va elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak. Qon rN ning o‘zgarishi kislotali bo‘lishi K+ ionlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi (rN ni pasayishi zardobda K+ ionlarining miqdorini oshishiga olib keladi).
Uzoq muddat qo‘llanganida plazmadagi elektrolitlarning kontsentratsiyasini va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak.
Xlor ionlarining darajasini yuqoriligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza sezilarli oshirib yuborilganida, alkaloz va gipergidratatsiya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma, 200 ml, 400 ml, 500 ml, 1000 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Transportirovka vaqtida muzlatishga ruxsat beriladi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
IIChK “RADIKS”,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.