Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Сода-Буфер р-р 42мг/мл 200мл (BE104/1-1##2 362) |
UZS 46 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Производитель
ООО "Юрия Фарм", Украина
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma
Soda-Bufer eritma 42mg/ml 200ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Soda-Bufer
Ta'sir etuvchi modda (XPN) natriy karbonati/sodium vіcarbonate
Dori shakli
infuziya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 42 mg natriy gidrokarbonati;
yordamchi moddalar dinatriya edetat; uglerod dioksid, in'ektsiya uchun suv.
1 l preparatning ion tarkibi natriy-ion - 0,5 mol, gidrokarbonat-ion - 0,5 mol. Nazariy osmolyarligi- 1000 mOsm / l. rN 7,0-8,5.
Ta'rifi rangsiz tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Vena ichiga qo‘llash uchun eritmalar. Natriy bikarbonat. ATX kodi V05XA02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Qonning ishqoriy muhitini tiklash va metabolik atsidozni korrektsiya uchun vosita. Natriy gidrokarbonatning dissotsiatsiyasida bikarbonat anion ajraladi, u vodorod ionlarini bog‘lab, keyinchalik nafas bilan ajraluvchi suvga va uglerod gazigacha parchalanuvchi ko‘mir kislotasini hosil qiladi. rN 7,3-7,8 ko‘rsatkichgacha yetkazilgan eritma atsidoz holatini ravon korrektsiyasini ta'minlab va ishqoriylanishning to‘lqinsimon ko‘tarilishini oldini olib, qonning ishqoriy rezervini oshirib boradi.
Preaprat yana organizmdan natriy va xlor ionlarini chiqishini oshirib, osmotik diurezni kuchaytirib, siydikni ishqorlantiradi, siydik chiqarish yo‘llarida siydik kislotasining cho‘kishini oldini oladi. Bikarbonat anion hujayra ichiga singib kirmaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali intoksikatsiyalarda kompensirlanmagan metabolik atsidoz, operatsiyadan keyingi davrning og‘ir kechishi,tarqalgan va/yoki chuqur kuyishlar, shok, diabetik koma, davomiy ich ketishi, to‘xtovsiz qayt qilish, o‘tkir massiv qon ketishlar, jigar va buyrakning og‘ir shikastlanishlari, davomiy isitmali holatlar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar og‘ir gipoksiyasi. qon rN ining 7,2 dan pasayib ketishi absolyut ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va katta bolalarga vena ichiga tomchilab soatiga 1,5 mmol/kg tezlikda (soatiga 3 ml 4,2% Soda-bufer®/kg) tavsiya etiladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga vena ichiga bir martaga 1 kg tana vazniga 1-2 ml dozada qonning rN ni va kislota ishqor va suv-tuz almashuvini nazorati ostida yuboriladi.
Metabolik atsidozni korrektsiyalash zarur bo‘lganda, preparat kislota va asos balansining buzilish darajasini hisobga olgan holda dozalanadi. Doza qonning gaz ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi
0,5-molyar 1 ml da 4,2% buferlangan natriy gidrokarbonatining hajmi =
Asos defitsiti (-VE) x tana vazni kg x 0,3 x 2
(0,3 omil umumiy suyuqlikning hujayradan tashqari suyuqlik qismiga mos keladi).
Kattalar uchun preparatning maksimal dozasi sutkasiga – 300 ml (tana vazni yuqori bo‘lganda – 400 ml); bolalar uchun tana vaznidan qat'iy nazar, 100 ml dan 200 ml gacha.
Bolalar. bolalarga tug‘ilgandan qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, anoreksiya, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, bezovtalik.Arterial gipertenziya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Metabolik yoki respirator alkaloz, gipokaliyemiya, gipernatriyemiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Rezerpinning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin..
Nomutanosiblik
Soda-bufer eritmasida kislotali vositalarni eritish mumkin emas (askorbin, nikotin kislotasi va boshqa kislotalar), alkaloidlar (atropin, apomorfin, kofein, teobromin, papaverin va b.), yurak glikozidlari, kaltsiy, magniy, og‘ir metall tuzlari (temir, mis, rux), chunki bularni o‘zaro ta'siri natijasida cho‘kmaga tushish yoki organik moddalar gidrolizi yuzaga kelishi mumkin. Fosfat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirmang.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qonning rN muhiti va kislota-ishqor muvozanatini nazorat qilish zarur. Yurak va buyrak yo‘ldosh kasalliklari bor bemorlarda yurak yetishmovchiligi va shishlar rivojlanishi mumkin. Atsidozni juda tez muvozanatlashtirgan hollatlarda, jumladan, o‘pka ventilyatsiyasi buzilgan hollarda, SO2ni tez ajralishi serebral atsidozni kuchaytirishi mumkin. Soda-bufer®ni kam miqdorda boshqa kislotali rN muhitli eritmalar bilan qo‘llanilganda (turli kontsentratsiyadagi glyukoza eritmalari, Ringer eritmasi,natriy xlorid eritmasi, siprofloksatsin va ba'zi boshqa ftorxinolonlar), neytrallovchi omil bo‘lib xizmat qiladi va postinfuzion flebitlar rivojlanishini oldini oladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Natriy bikarbonatni homiladorlarga tavsiya etilganda, homilaga zararli ta'sir ko‘rsatadimi yo‘qmi, hamda preparat reproduktiv faoliyatga ta'siri o‘rganilmagan. Shuning uchun homilador ayollarga preparatni qo‘llashda ona uchun kutilgan foyda xomila uchun kutilgan xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin
Emizish davrida preparatni faqat hayotiy ko‘rsatmalarga asosan qo‘llash mumkin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Preparatni statsionar sharoitda qo‘llanilganligi sabablita'siri haqida bunday ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning bufer xususiyati tufayli, dozani oshirib yuborganda alkaloz rivojlanishining ehtimolligi juda kam. Dozani juda oshirib yuborganda alkaloz, gipernatriyemiya, giperosmiya va tetanik tirishishlar rivojlanishi mumkin. Alkalozning klinik belgilari yuzaga kelganda (tirishishlar, shu jumladan tetaniyaning yuzaga kelishi bilan, qo‘zg‘alishla, qonda kaliy va kaltsiy darajasining pasayishi va natriy darajasining oshishi, rN ko‘rsatkichining oshishi) preparat yuborish to‘xtatiladi; zarur bo‘lganda natriy xlorning izotonik eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi yuboriladi. Tetaniya rivojlanishi xavfi bo‘lganda kattalarga 1-3 g kaltsiy glyukonat vena ichiga yuboriladi.
Chiqarilish shakli
20 ml dan yoki 100 ml dan, yoki 200 ml dan shisha butilkalarda.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Yuriya-Farm” MChJ.
Manzili
Ukraina, 18030, Cherkassi sh., Kobzarskaya ko‘ch. 108.
Tel./faks (044) 281-01-01
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus kucha 71 uy
Tel. 7815071 00
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.