Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
200 мл
Производитель
СП ООО REKA-MED FARM
Chiqarillish shakli
Раствор для инфузий
Suktsinasol infuziya uchun eritma 200ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Suktsinasol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Qahrabo kislotasi, natriy xloridi, kaliy xloridi, kaltsiy xloridi, magniy xloridi, natriy gidrokarbonati.
Dori shakli
Infuziya uchun eritma.
Tarkibi
Qahrabo kislotasi – 2,0 g, natriy xloridi – 6,2 g, kaliy xloridi – 0,3 g, kaltsiy xloridi – 0,082 g, magniy xloridi – 0,1 g, natriy gidrokarbonati – 3,0 g, in'ektsiya uchun suv 1 litrgacha.
Farmakoterapevtik guruhi
Tuzli eritmalar.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, uning ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu komponentlardan eng muhimi qahrabo kislotasidir.
Qahrabo kislotasi Krebs siklining yagona metaboliti bo‘lib, to‘qimalarda kislorodning partsial bosimi pasayganda, NAD – ga qaram substratlarning oksidlanishi to‘xtaganida ham oksidlanish hususiyatiga ega. Qahrabo kislotasining fosforlanishtezligiNAD – ga qaram substratlarga nisbatan axamiyatli darajada yuqori ekanligini e'tiborga olib, vaqt birligida qahrabo kislotasining hisobiga ATF ko‘proq sintezlanadi. Gipoksiyada mitoxondriyalarning nafas zanjirini birinchi sohasini blokadasi yuz beradi va faqat kahrabo kislotasigina bunday sharoitlarda mitoxondriyalarning nafas zanjirini va hujayralarning xayot faoliyatini tiklash qobiliyatiga ega. Natijada preparat gipoksiyada organizmning energetik potentsialini oshiradi.
Preparat shuningdeksuv – tuz almashinuviga boshqaruvchi ta'sir ko‘rsatadi kislota – ishqor holatini qonda to‘lik oksidlanmagan maxsulotlarni passiv neytrallanish, hujayralardagi metabolik jarayonlarni me'yorlashtirish hisobiga me'yorlashtiradi. Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Turli qon yo‘qotishlarda, shoklarda, jismoniy zo‘riqishlarda gemodinamik ko‘rsatkichlarni va yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi. Siydik haydovchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Shoshilinch holatlar qon ketishlari (operatsiya vaqtidagi gipotonik, operatsiyadan keyingi, me'da-ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarda (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, metabolik atsidozni korrektsiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shoshilinch holatlarda qon ketishlarda (operatsiya vaqtidagi gipotonik, me'da-ichak, operatsiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik) 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.
Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operatsiyalardan oldin va keyin 400 ml dan sutkada bir martda buyuriladi.
Operatsiyadan keyingi davrda atsidozni bartaraf qilish uchun200- 400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.
Temir tanqisligi anemiyasida asosiy davolar fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan-kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni alkalozda (ayniqsa dekompensatsiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatini dekompensatsiyasi, o‘pka shishida va shunga o‘xshashlarda) homiladorlik va laktatsiya davrida, 18 yoshgacha bo‘lganlarda (bu toifa patsiyentlarida qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli), patsiyentga boshqa ishqorlashtiruvchi va tuzli eritmalarni yuborish zarurati tug‘ilganda, shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan birga qo‘llash mumkin. Suktsinasolni boshqa ishqoriylashtiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qo‘llash taqiqlanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaktsiyani paydo bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim qilinmagan.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan shisha butilkalarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«REKA-MED FARM» QK MChJ,
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, S. Raximov nomli f/x, M. Zaxidov ko‘chasi №36
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.