Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enterosgel pasta 225gr
Nomi | Narx | |||||
Энтеросгель паста 225гр (2660623##2 240) |
UZS 216 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Энтеросгель паста 225гр (2660623##2 253) |
UZS 216 000
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Полиметилсилоксана полигидрат
Страна производитель
Россия
Дозировка
225г
Производитель
ООО «ТНК СИЛМА». Российская Федерация
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Паста для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
. Enterosgel® Ta'sir etuvchi modda (XPN) polimetilsiloksan poligidrati.
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun pasta.
Tarkibi
100 g preparat quyidagilarni saqlaydi faol modda polimetilsiloksan poligidrati 70 g; yordamchi modda tozalangan suv 30 g. Ta'rifi oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, hidsiz bir xil pastasimon massa.
Farmakoterapevtik guruhi
zaxarlanish va intoksikatsiyada qo‘llanadigan vosita (enterosorbent vosita). ATX kodi A07V.
Farmakologik xususiyatlari
. Enterosgel® tabiatli kremniy organik matritsasini g‘ovaksimon gidrofob strukturasiga (molekulyar gubka) ega bo‘lib, faqat o‘rta molekulyar toksik (70 m.m. dan 1000 m.m. gacha bo‘lgan) metabolitlarga nisbatan sorbtsion ta'siri bilan xarakterlanadi. Enterosgel® yaqqol sorbtsion va detoksikatsion xususiyatlarga ega. Me'da-ichak yo‘llarining bo‘shlig‘ida preparat turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalar va bakterial toksinlar, ovqat allergenlari, dori preparatlari va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, alkogolni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi. Preparat shuningdek organizmning modda almashinuvining ayrim mahsulotlarini, shu jumladan ortiqcha bilirubin, mochevina, xolesterin va lipid kamplekslarini, shuningdek endogen toksikoz rivojlanishiga ma'sul bo‘lgan metabolitlarni ham sorbtsiya qiladi. Enterosgel® vitaminlar va mikroelementlarni so‘rilishini kamaytirmaydi, buzilgan ichak mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi va uning harakat faoliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda detoksikatsion vosita sifatida - kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir va surunkali intoksikatsiyalar; - kuchli ta'sir qiluvchi va zaharli moddalar, shu jumladan dori preparatlari va alkogol, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqalar bilan o‘tkir zaharlanish; - har qanday genezli o‘tkir ichak infektsiyalarini (toksikoinfektsiyalar, salmonellez, dizenteriya, kelib chiqishi noinfektsion bo‘lgan diareya sindromi, disbakterioz va boshqalarni) kompleks davolash tarkibida; - yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklarni kompleks davolash tarkibida; - ovqat va dori allergiyasi; - giperbilirubinemiya (virusli gepatit) va giperazotemiya (surunkali buyrak yetishmovchiligi); - zararli ishlab chiqarish sharoitida (politrop ta'sirli kimyoviy agentlar, ksenobiotiklar, inkorporlangan radionuklidlar, qo‘rg‘oshin, simob, margumish birikmalari, neft mahsulotlari, organik erituvchilar, azot, karbonoksidlari, ftoridlar, og‘ir metall tuzlari bilan kasbiy zaharlanish) ishchilarni surunkali zaharlanishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Enterosgel® pastasi ichga, ovqatdan yoki boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin suv bilan qabul qilinadi. Kattalar uchun dozalar – 1 osh qoshiqdan (15 g) sutkada 3 marta (45 g) buyuriladi. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 choy qoshiqdan (5 g) sutkada 3 marta (15 g), 5 yoshdan 14 yoshgacha esa bir desert qoshiqdan (10 g) sutkada 3 marta (30 g) buyuriladi. Surunkali intoksikatsiyalarni oldini olish uchun – sutkada 30 g yoki 15 g dan 2 qabulda har oyda 7-10 kun davomida buyuriladi. Og‘ir intoksikatsiyalarda birinchi 3 sutka davomida preparatning dozasini ikki marta oshirish mumkin. O‘tkir zaharlanishlarda davolash davomiyligi – 3-5 sutka, surunkali zaharlanish va allergik holatlarda esa – 2-3 haftani tashkil etadi. Takroriy kurs shifokor tavsiyasiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta'sir
lari Ko‘ngil aynishi, qabziyat bo‘lishi mumkin. Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligida preparatdan jirkanish hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
. Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslik, ichak atoniyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Enterosgel® boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning so‘rilishi kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa dori vositalari bilan vaqt bo‘yicha alohida qabul qilish qoidalariga rioya qilinganida – boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin, kompleks davolashda ishlatilishi mumkin. Shifokor tavsiyachiga ko‘ra qo‘llash kerak. Homiladorlik va laktatsiya. Homiladorlik va laktatsiyada Enterosgel® pastasini qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun pasta 225 g dan majmuaviy materiallardan bo‘lgan tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
4°S dan past bo‘lmagan va 30°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. O‘ram ochilganidan keyin preparatni qurib qolishidan himoya qilish kerak. Muzlashdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«TNK SILMA» MChJ 399851, Rossiya, Lipetsk vil., Dankov sh., L. Tolstogo ko‘ch., 32/2 uy. Tel./faks (495) 223-91-00, www.enterosgel.ru, e-mail contact@enterosgel.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.