Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Neomarin in'ektsiya uchun eritma 1200 mg №1
Neomarin in'ektsiya uchun eritma 1200 mg №1
Nomi | Narx | |||||
Неомарин лиофилизир. пор. для приг. р-р д/ин. 1200мг №1 (23231250##2 055) |
UZS 86 500
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глутатион
Страна производитель
Китай
Дозировка
1200 мг
Производитель
Mu Lin Sen
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для внутривенного и внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ta'sir etuvchi modda (XPN)
Preparatning savdo nomi
Neomarin
Ta'sir etuvchi modda (XPN)
glutation
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiyalangan kukun.
Tarkibi
faol modda tiklangan glutationni natriyli tuzi – 600mg yoki 1200mg;
Ta'rifi oq rangli liofilizatsiyalangan steril kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
zaharlanish va intoksikatsiyalarda qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi V03AB32
Farmakologik hususiyatlari
Glutation – glyutamin kislotasi, sistein va glitsindan tarkib topgan fiziologik tripeptid bo‘lib, qator biologik jarayonlarda ishtirok etadi va detoksikatsiya jarayonida muhim rol tutib, hujayralarni ksenobiotiklar, erkin radikallar va nurlanishni zararli ta'siridan himoya qiladi. Klinikagacha bo‘lgan va klinik tadqiqotlar, hujayralarni patologik shikastlanishi keltirib chiqargan qator holatlarda (etil spirti, paratsetamol, salitsilatlar, fenobarbital, uch xalqali antidepresantlar, fosfororganik insektitsidlar va boshqalar kabi moddalar bilan zaharlanishda) glutation himoya qilishini ko‘rsatdi.
Shuningdek, glutation ko‘pchilik kimyoterapevtik preparatlarning faolligiga ta'sir qilishi aniqlangan, to‘qimalarda endogen glutationning miqdorini kamaytirib, natijada o‘smali jarayon chaqirgan oksidlanish stressi pasayadi.
Indutsiyalangan kimyoterapevtik preparatlarning neyrotoksikligini oldini olish uchun sisplatin va uning hosilalari kabi bunday preparatlarni qo‘llash, platina periferik nerv tizimida, ayniqsa orqa nerv ildizlarining gangliylarida to‘planishi tufayli amalga oshirilgan. Shuning uchun orqa nerv ildizlarining gangliylarida platinani birlamchi to‘planishini oldini olish maqsadida glutation kabi moddalar ishlatiladi.
Klinik tadqiqotlar, tuxumdonlar kartsinomasi, me'da kartsinomasi va kolorektal rak bo‘lgan bemorlarga o‘smalarga qarshi vositalarni yuborishdan oldin glutationni infuziya qilish, sisplatin va oksaliplatinni qo‘llash oqibatida rivojlangan buyrak yetishmovchiligi va neyrotoksiklikdan himoya qilishi tasdiqlangan, bu agar zarur bo‘lsa, o‘smalarga qarshi vositalarning yanada yuqori kumulyativ dozalarga erishish imkonini beradi.
Farmakokinetikasi
Glutation tana yuzasiga 2 g/m2 dozada vena ichiga infuziya qilinganidan so‘ng umumiy glutationning plazmadagi kontsentratsiyasi 17,5 ± 13,4 mmol/l dan 823 ± 326 mmol/l gacha oshgan. Ekzogen glutationni taqsimlanish hajmi 176 ± 107 ml/kg ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri 14,1 ± 9,2 minut. Qon plazmasidagi sisteinning kontsentratsiyasi infuziyadan so‘ng 8,9 ± 3,5 mmol/l dan 114 ± 45 mmol/l gacha oshgan. Sisteinnin oshishiga qaramasdan, qon plazmasida umumiy sistein, sistin va aralash disulfidlarning umumiy kontsentratsiyasi kamaygan, bu hujayra ichida sisteinning transport hususiyatlarini oshishidan dalolat beradi. Glutation va sisteinni siydik bilan chiqarilishi in'ektsiyadan so‘ng 90 minut davomida muvofiq 300% va 10% ga oshgan.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagi holatlarda qo‘shimcha davolash uchun mo‘ljallangan
• jigar kasalliklari, shu jumladan jigarni virusli kasalliklarida (gepatit A, gepatit V, gepatit S kabi kasalliklarda);
• jigarni alkogol chaqirgan shikastlanishlarida (toksik jigar, jigarni alkogolli fibrozi, jigarni alkogolli sirrozi, o‘tkir alkogolli gepatit kabi shikastlanishlarida) va jigarni boshqa kasalliklarida;
• kimyoterapiyada (jumladan, sisplatin, siklofosfamid, adriamitsin, rubidomitsin va bleomitsin preparatlari, ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganida) va nur bilan davolanishda;
• dori vositalarini qo‘llash oqibatidagi zaharlanishlarda (onkologiyada qo‘llanadigan kimyoterapevtik preparatlar, tuberkulyozga qarshi preparatlar, neyropsixotrop preparatlar, antidepressantlar, paratsetamol va boshqalar);
• gipoksemiyani chaqiradigan kasalliklarda (o‘tkir anemiya, kattalarda nafas yetishmovchiligi sindromi, septitsemiya va boshqalar);
• detoksikatsiyalarda, fosfororganik birikmalar, amino- va nitrobirikmalar bilan zaharlanishlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga yuborish 600 mg preparat 4 ml in'ektsiya uchun suvda yoki 1200mg preparat 7 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi, so‘ngra olingan eritma fiziologik eritma yoki 5% glyukoza eritmasining 100 ml, 250 ml yoki 500 ml hajmdagi infuzion eritmalariga qo‘shiladi.
Mushak ichiga yuborish 600 mg preparat 4 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi.
Dozasi
Neomarin quyidagi holatlarda qo‘shimcha davolash uchun mo‘ljallangan
Jigar kasalliklarida
Vena ichiga (sekin)
Sutkalik doza – 600 mg-2400mg; bir martalik dozasi – 600 mg-1200mg dan kuniga 1-2 marta yuboriladi.
Mushak ichiga
Sutkalik doza – 600 mg-1200mg; bir martalik doza 600 mg dan kuniga 1-2 marta yuboriladi.
Preparatning dozasi patsiyentning yoshi, vazni va klinik ko‘rsatmalarga bog‘liq.
Kimyoterapiya va nur terapiyasi
A. Kimyoterapiya
Vena ichiga birinchi kunda preparat tana yuzasiga 15 g/m2 hisobida 100 ml fiziologik eritmada eritilsin va kimyoterapiya preparatlarini qo‘llashdan 15 minut oldin yuborilsin. Keyingi 2-5 kun davomida 600 mg preparat vena ichiga yoki mushak ichiga har kuni yuborilsin.
Siklofosfamid qo‘llanganida siydik chiqarish tizimining holatini yomonlashishidan saqlanish maqsadida preparatni vena ichiga siklofosfamid yuborilgandan so‘ng 15 minut davomida yuborish tavsiya etiladi.
Sisplatin ishlatilganida preparat kimyoterapiyaning natijasiga ta'sir qilmasligi uchun sisplatinning tavsiya etilgan dozasi 35 mg dan oshmasligi kerak.
B. Nur terapiyasi
Neomarin tana yuzasiga 1,5 g/m2 dozada 100 ml fiziologik eritmada eritilsin va nur terapiyasidan so‘ng yuborilsin yoki shifokorning ko‘rsatmasiga rioya qilinsin.
Boshqa ko‘rsatmalarda
Gipoksemiya boshlang‘ich doza sifatida Neomarin tana yuzasiga 1,5 g/m2 hisobida 100 ml fiziologik eritmada eritilsin va vena ichiga yuborilsin. Patsiyentning klinik holati yaxshilanganidan so‘ng samarasini tutib turuvchi doza kuniga 600 mg dan mushak ichiga yuborilsin.
Davolash kursi jigar kasalliklarida 1 davolash kursi 30 kunni tashkil etadi; boshqa kasalliklarda davolash kursi patsiyentning holatiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish chastotasi – preparat hatto katta dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanganida ham juda pastdir. Kam hollarda patsiyentlarda paroksizmal toshmalar kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tiklangan glutationning natriyli tuziga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni V12 va K3 vitaminlari, kaltsiy pantotenati, menadion, orotat kislotasi, antigistaminlar, sulfanilamid preparatlar yoki tetratsiklin bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat kasalxonalarda shifokorning nazorati ostida qo‘llanilsin.
Yuborishdan oldin preparat butunlay eriganligiga va eritma rangsiz va tiniqligiga ishonch hosil qiling; tayyor bo‘lgan eritma xona xaroratida (25oS gacha) ko‘pi bilan 2 soat davomida va fiziologik eritmada eritilgan bo‘lsa, 0-5oS haroratda ko‘pi bilan 8 soat davomida saqlanishi mumkin.
Toshma, yuzni oqarishi, qon bosimini tushishi, yurak ritmini buzilishi va boshqalar kabi simptomlar rivojlanganida preparatni qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Preparatni boshqa yuborish usullari mumkin bo‘lmagan hollardagina mushak ichiga yuborish mumkin. Faqat bir joyga qayta yuborishdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Pediatriyada qo‘llanishi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chala tug‘ilgan chaqaloqlar, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, ayniqsa mushak ichiga yuborilganida preparatni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Geriatriyada qo‘llanishi
Keksa yoshdagi patsiyentlarga qo‘llanganida preparatning dozasini muvofiq ravishda pasaytirish va davolanish vaqtida qat'iy nazorat qilish talab etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida hech qanday noxush reaktsiyalar kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Tiklangan glutationning natriyli tuzini steril kukuni 600 mg yoki 1200mg dan xlorbutil rezini tiqini bilan berkitilgan borosilikat shisha flakonlarda. Bir flakondan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Kunming Jida Pharmaceutical Co. Ltd”, XXR, Yunnan provintsiyasi, Kunmin sh.,
Yuqori texnologik rivojlanish zonasi, Ke Sin ko‘ch., 389
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar ( takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin Sen” MChJ,
Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi, Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A uy, www.mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.