Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Глутатион
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Italiya
Dozasi
600 мг
Производитель
Laboratorio Farmaceutico C.T. S.r.L., Италия произведено: Lisapharma S.p.a.
Chiqarilish shakli
Порошок лиофилизированный для приготовления раствора
Glution vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 600mg №10 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Glution
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tiklangan glutation
Dori shakli
vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
faol modda 600 mg tiklangan glutation;
yordamchi modda natriy gidroksidi;
erituvchi ampulalari 4 ml in'ektsiya uchun suyuqlik.
Ta'rifi ok rangli gigroskopik kukun.
Farmakoterapevtik guruxi antidot, antioksidant vosita.
ATX kodi V03AB32
Farmakologg‘ik hususiyatlari
Glution xujayralarda keng tarqalgan spetsifik funktsiyaga ega tripeptid xisoblanib, bir kator biologik jarayonlarda ishtirok etadi va detoksifikatsiyalashda muxim rol' uynaydi, xujayralarni ksenobiotiklar, erkin radikallar va nurlanishning zararli ta'siridan ximoya kiladi. Glutationning tarkibiga glitsin, sistein va glyutamin kislotasi kiradi.
Glutation – kuchli gepatoprotektor, antioksidant, immunomodulyator va detoksikantdir.
Glution immunitet va gemopoyetik tizimlarga foydali ta'sir kursatadi, organizmni toksinlardan tozalashga, shuningdek jigar xujayralarini salbiy omillar (toksinlar, spirtli ichimliklar, antibiotiklar) ta'siridan ximoya kiladi. Erkin radikallar va organizmni antioksidant sistemasi immun reaktsiyalarining barcha boskichlarida katnashadi va immun tizimi reaktsiyalarini, sharoitga karab cheklash yoki ragbatlantirishga ishtirok etadi.
Glutation in'ektsiyalari bir kator kasalliklarni kompleks davolashda va profilaktika maksadlarda kullaniladi.
Glutation katta miqdorda jigarda, eritrotsitlarda va buyrak usti bezlarida bo‘ladi.
Glutationning kimyoviy qaytarilgan shakli ayrim fermentlarni faollashtiradi.
Glutation oqsillarning sul'fgidril va disulvfid guruhlariga ta'sir qiluvchi og‘ir metallarning ionlari bilan bog‘lanib, ularni zararsizlantiradi.
Glutation moddalar almashinuvida vodorod tashuvchi sifatida ishtirok etadi.
Glutation inson organizmidagi eng kuchli biologik antioksidant xisoblanadi, ammo chala tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdori ancha kam buladi, va patologik jarayon rivojlanish davomida, glutatiton yetishmuvchiligi kuchayib boradi. Yangi tugilgan chakaloklarda faol glutation mikdorining yetishmasligi, upka xujayralarini oksidlovchi stressdan ximoyalovchi kompensatsion mexanizmdir.
Kam miqdorda kimyoviy qaytarilgan glutation saqlovchi eritrotsitlar nisbatan oson parchalanadi.
Glutation uglevodlar almashinuvi uchun zarur, lipid almashinuviga ta'sir ko‘rsatadi, aterosklerozni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, qarishni sekinlashtiradi. Qandli diabet bilan ogrigan bemorlarda glutation peroksid birikmalarini tiklanishida va erkin radikallarni zararsizlantirishga karatilgan maxsus reaktsyalarni amalga oshirishi aniklandi. Glutation tanqisligi nerv tizimida aks etib, fikrlash jarayonlarini, koordinatsiyani buzilishlariga olib keladi va tremorni paydo bo‘lishining sababchisi hisoblanadi.
Ta'kidlash kerakki, xomiladorlik paytidagi turli gestatsion asoratlar tufayli, platsentar glutation sistemalarida sezilarli uzgarishlar yuzaga keladi. Bu uz navbatida kompensator-adaptiv reaktsiyalar keltirib chikarib prezklamsiya va surunkali fetoplatsentar yetishmovchiligi kabi noxush xolatlar kelib chikishini oldini oladi.
Klinik tadkikodlarda ko‘rsatildiki, tuxumdon kartsinomasi, me'da kartsinomasi va kolorektal rakini davolash uchun utkaziladigan kimyoviy terapiyadan oldin yuboriladigan glutation infuziyasi, surunkali buyrak yetishmovchiligini kelib chikishini oldini oladi, sisplatin va oksilaplatin bilan davolash davomida nerv sistemasini zaxarlanishdan ximoya kilishi isbotlangan va bu zaruriyat tugilganda yukori kumulyativ dozalarga erishish imkonini beradi.
Qo‘llanilishi
Jigarni shikastlanishi toksik, shu jumladan alkogolli, virusli, dori vositalari (antibiotiklar, o‘smaga qarshi, tuberkulyozga qarshi, viruslarga qarshi preparatlar, antidepressantlar, peroral kontratseptivlar) ta'siri oqibatidagi.
Jigar sirrozi.
Sirroz oldi holatlari.
Jigar ichki xolestazi.
Operatsiyadan keyingi davr (narkozni qoldiq ko‘rinishlarini bartaraf qilish uchun).
Bosh myaning surunkali ishemik kasalligida. Entsefalopotiya, shu jumladan jigar yetishmovchiligi bilan assotsiatsiyalangan (alkogolli va boshqalar).
Depressiv va abstinent sindrom.
Parkinsonizm, Al'tsgeymer kasalligi, bosh miya jarohatlarini davolashda yoki turli neyroxirurgik amaliyotlarning zararli okibatlarini bartaraf etishda.
Sisplatin yoki uning analogi bilan kimyoterapevtik davolashda nevropatik profilaktika va ximioterapiyaning soglom xujayralarga zararli ta'sirini kamaytirish uchun.
Qandli diabet, diabetik neyropatiya, angiopatiya, entsefalopatiya, tireotoksikoz.
Yurakning ishemik kasalligi, ateroskleroz, artritlar.
Turli etiologiyali (alkogol', narkotiklar, og‘ir metallar va xokazolar bilan) zaharlanishlar.
Buyrak yetishmovchiligi, nefrit, nefropatiya.
Bepushtlik, oligospermiya, akinospermiya. Surunkali fetoplatsentar yotishmovchiligi.
Virusli va xujayra ichki qo‘zg‘atuvchilari chaqirgan kasalliklar.
Surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pka tuberkulyozida qo‘llaniladi.
Turli teri-tanosil kasalliklarida (psoriaz, vitiligo, atopik dermatit.) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Onkologiya Radio va radiatsion terapiya vaktida ionlashtiruvchi ta'sirlardan ximoya kilish uchun 50-200 ml natriy xlorid eritmasida 600-1200 mg yeritib, sekin astalik bilan vena ichiga nurli terapiya boshlashdan 15 minut oldin. Ximioterapiya (tsisplatin, oksalaplatin va bosh) davomida neyronlarni, yurak xujayralarini, nefronlarni ximoya kilish maksadida 1200 mg glutionni 50-200 ml fiziologik eritmaga eritgan holda asta sekinlik bilan 15 minut oldin kullanaladi.
Kasallikning yengil shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo‘li bilan sutkada 1 flakondandan (600 mg glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Og‘ir shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga, asta-sekin (2-3 minut) yoki 50-200 ml fiziologik eritmada eritib infuziya yo‘li bilan sutkada 2 flakondan (1200 mg glutation) 10-20 kun davomida yuboriladi. Preparatni qo‘llash bo‘yicha muvofiq tushuntirishlarni olish uchun patsiyentlarni shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilishi tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, shuningdek teri toshmasi aniqlangan, ular preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketadi. Ma'lumot varaqasida saqlanuvchi yo‘riqnomalarni o‘rganish nojo‘ya reaktsiyalar xavfini qisqartiradi. Shifokorga har qanday nojo‘ya rektsiyalar paydo bo‘lishi to‘g‘risida, xatto agar ular yo‘riqnomada ta'riflanmagan bo‘lsa ham, xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glutationning boshqa preparatlar bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mushak ichiga qo‘llanganida preparatni ampuladagi erituvchi bilan yaxshilab eritish kerak. Olingan eritma tiniq va rangsiz bo‘lishi kerak.
Vena ichiga qo‘llanganida preparatni berilgan erituvchida (in'ektsiya uchun suv) eritish va asta-sekin yuborish yoki kamida 20 ml infuziya uchun steril eritma qo‘shish va asta sekin tomchilab yuborish kerak.
Homiladorlik va emizish
Glutationni embriofetal rivojlanish uchun toksik emas, lekin homilador ayollarga preparatni faqat juda zarur hollarda va shifokorning bevosita kuzatuvi ostida qabul qilish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
10 flakondan 600 mg qaytarilgan glutationning liofilizatsiya qilingan kukuni, va 4 ml erituvchisi bo‘lgan 10 ampula kontur uyali o‘ramda, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
+25°C dan past haroratda saqlansin.
Suyultirilgandan keyin eritmani xona haroratida 2 soat yoki 0°-+5°C haroratda 8 soat saqlash mumkin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati
saqlash sharoitiga rioya qilinganda, shikastlanmagan o‘ramda bo‘lgan preparatlarga taalluqlidir.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd qilish guvohnomasining egasi Seriya chikaruvchi
LABORATORIO FARMACEUTICO S.T.
S.r.l. Strada Solaro, 75777 - SANREMO (IM) - Italy/Italiya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.