Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ksilat infuziya uchun eritma 200 ml Yuriya farm
Ksilat infuziya uchun eritma 200 ml Yuriya farm
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилит, ацетат натрия, натрия хлорид, хлорид кальция, хлорид калия, магния хлорид
Страна производитель
Украина
Дозировка
200 мл
Производитель
Юрия Фарм, ООО, Украина произведено: Shenyang Sunshine Pharmaceutical Co. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
Tarkibi
Faol moddalar 1 ml eritma 50 mg ksilitol, 2,6 mg natriy atsetati trigidrati (natriy atsetatga qayta hisoblaganda), 6 mg natriy xloridi, 1,0 mg kaltsiy xloriddigidrati (Kaltsiy xloridga qayta hisoblaganda), 3,0 mg kaliy xloridi, 1,0 mg magniy xlorid geksagidrati (magniy xloridga qayta hisoblaganda);
Yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv.
Dori shakli
. Infuziya uchun eritma
Asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari tiniq rangsiz suyuqlik. Preparatning ion tarkibi Na+ - 134,4 mmol/l, K+ - 4mmol/l, Sa++ - 0,9 mmol/l, Mg++ -1,1 mmol/l, Cl- - 110,6 mmol/l, CH3COO- - 31,7 mmol/l saqlaydi.Energetik qiymati – 200 kkal/l; Nazariy osmolyarligi - 610 mOsmol/l, rN – 6,0-7,6.
Farmakoterapevtik guruhi
Qon o‘rnini bosuvchi va perfuzion eritmalar. Elektrolitlar eritmalari. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX Kodi ATX V05X A31.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparatning asosiy ta'sir qiluvchi moddalari ksilitol va natriy atsetatidir. Ksilitol besh atomli spirt bo‘lib, vena ichiga yuborilganda umumiy metabolizmga tez kirishadi, 80% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi.
Yaqqol antiketogen ta'sir ko‘rsatadi, metabolizmi bo‘yicha insulinga qaram bo‘lmagan energiya manbaidir.
Ksilitol – bu odamda karbonsuvlar almashinuvining tabiiy oraliq mahsulotidir, shuning uchun kam toksiklikka ega va yaxshi o‘zlashtiriladi. Fruktozaga nisbatan jigarda nukleotidlarni (ATF, ADF, AMF) pasayishini chaqirmaydi, shuningdek fruktozani o‘zlashtira olmaydigan yoki fruktoza-1,6-difosfat fermentining tanqisligi bo‘lgan bemorlarga yuborish uchun xavfsizdir.
Natriy atsetati sekin ta'sir qiluvchi ishqorlashtiruvchi vositalarga kiradi. U preparatning metabolizmi hisobiga asoslarning to‘planishini chaqiradi va N+ ortiqcha to‘planishi sekin kuzatiladigan metabolik atsidozning ko‘rinishlarida ko‘rsatilgan (masalan, buyrak va nafassiz atsidoz tanqisligida). Natriy gidrokarbonati eritmasidan farqli ravishda natriy atsetati qo‘llanganida, metabolik atsidozni to‘g‘rilash sekinroq yuz beradi, shuning uchun rN ning keskin tebranishlarini chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
Natriy atsetati 1,5-2 soat davomida natriy gidrokarbonatining ekvivalent miqdoriga to‘liq metabollanadi, bosh miyaning xujayrali interstitsial shish ko‘rinishlarini va trombotsitlar va eritrotsitlarning agregatsiyasini oshishini chaqirmaydi.Atsetatning metabolizmida kislorodga bo‘lgan talab, laktatning metabolizmiga nisbatan ahamiyati kam bo‘lib, bu turli kelib chiqishga ega bo‘lgan og‘ir shokni davolash uchun muhim ahamiyatga ega.
Ksilat® tarkibi bo‘yicha ko‘p komponentli, polifunktsional, giperosmolyar eritmalar guruhiga mansub bo‘lib, antiketogen, gemodinamik, dezintoksikatsion,reologik,energetik, ishqoriylashtiruvchi, osmodiuretik ta'sirlarga ega.
Klinikxususiyatlari.
Qo‘llanilishi
Intoksikatsiyani kamaytirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash uchun, qandli diabet va boshqa glyukozani yo‘qotilishining buzilishlarida karbonsuvlarga bo‘lgan talabni qisman qoplash uchun, travmatik, operatsion, gemolitik va kuyish shoklarida (qon va siydikning osmolyarligini hisobga olib), operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi davrda, o‘tkir qon yo‘qotilishida, shuningdek kuyish kasalligida, cho‘zilgan yiringli jarayonlarda, turli infektsion kasalliklar va surunkali toksik gepatitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperosmolyar koma, anuriya. Suyuqlikni quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (shishlar, miyaga qon quyilish, tromboemboliya, yurak-tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya) Ksilat® ni yuborish mumkin emas. Preparatni umumiy suvsizlanishlarda va suv-tuz almashinuvi buzilgan hollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Ksilat® boshqa preparatlar uchun erituvchi-tashuvchi bo‘lmasligi kerak.Preparatlarni qo‘shish fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gemodinamik samaraga erishish uchun Ksilat® kattalarga minutiga 40-60 tomchi tezlikda vena ichiga tomchilab yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparat daqiqasiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin, oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. Oldin 15 tomchi yuboriladi, 3 daqiqadan keyin reaktsiyalar kuzatilmasa,preparatni oqim bilan yuboriladi.
Preparatning antiketogen xususiyatlari yuborish tezligi ksilitolni yo‘qotilish tezligiga teng bo‘lganida namoyon bo‘ladi.
Jigar kasalliklarida preparat jigar faoliyatining ko‘rsatkichlari nazorati ostida qo‘llanadi.Surunkali buyrak yetishmovchiligi bor bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur; preparatni yuborganda buyraklar faoliyatini tekshirib turish zarur. Garchi Ksilat® o‘t haydovchi samaraga ega bo‘lsa ham, uni o‘t-tosh kasalligida yuborish shifokorning sinchkov nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga Ksilat® preparatini yuborish qondagi qandning miqdorini nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Organizmning umumiy suvsizlanishidava suv-tuz almashinuvi buzilganda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homilador va emizikli ayollarga Ksilat® ni qo‘llash mumkinligi haqida tekshiruvlar o‘tkazilmagan.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Preparat faqat shifoxona sharoitida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
.
Kattalarga vena ichiga tomchilab, minutiga 50-70 tomchidan, ya'ni 2,1-3,0 ml/kg/soat yoki 150-210 ml/soat tezlik bilan yuboriladi.
Maksimal doza kattalarga – sutkada 2100 ml yoki sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g ksilitol.
Infuziyaning maksimal tezligi – 210 ml/soat (minutiga 70 tomchi) = 1 soatda1 kg tana vazniga 0,15 g ksilitol;
- surunkali va toksik gepatitlarda – kattalarga 400 mg dan (5-6 ml/kg) tomchilab (jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak), sutka davomida bir marta yoki ikki marta yuboriladi (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);
- bemorlarni, shu jumladan qandli diabeti bo‘lganlarni parenteral ovqatlantirish uchun – kattalarga 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), sutka davomida bir martayoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);
- travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shokda – kattalarga – 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), sutka davomida bir marta yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);
Operatsiyadan oldingi davrda va turli jarrohlik muolajalardan keyin kattalarga 400-600 ml dozada (6-10 ml/kg), tomchilab, sutkasiga bir marta yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin), har kuni 3-5 kun davomida yuboriladi.
O‘tkir qon yo‘qotishlarda-kattalarga 1000-1400 ml (20 ml/kg) dan. Bunday holatda Ksilat® preparatining infuziyasini “Tez yordam” maxsus mashinasida, shifoxonagacha bosqichda o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Bolalar.
Bolalarda preparatni qo‘llash mumkinligi haqida tekshiruvlar o‘tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, ichakning dam bo‘lishi, ich ketishi, qorinda og‘riq, suv-elektrolit muvozanatning buzilishi kuzatilishi mumkin (gipertonik reaktsiya ko‘rinishida; bunday holda arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv vositalar yuboriladi).
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, qichishish, eshakemi ham, kam – taxikardiya, tana haroratini ko‘tarilishi, yuborilgan joyda periferik venalarning ta'sirlanishi. Gipertonik reaktsiya paydo bo‘lishi mumkin (bunday holda arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv vositalar yuboriladi); ko‘ngil aynishi, qaltirash.Elektrolitlar almashinuvining buzilishi, laktoatsidoz, gipergidratatsiya, shishlar, giperoksaluriya, giperurekemiya, jigar sinamalarining o‘zgarishi, atsidoz (jumladan sut kislotali atsidoz).
Saqlash muddati. 2 yil.
Saqlash sharoiti
. 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Nomutanosiblik
Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Preparatlarni qo‘shish fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Agarda qo‘shishning zarurati bo‘lsa, u holda sterillikka rioya qilish, sinchiklab aralashtirish va preparatlarning o‘zaro ta'sirini nazorat qilish kerak.
O‘rami.
Shisha butilkalarda 200 yoki 400 ml dan.
Dorixonalardan berish tartibi
. Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
/ariza beruvchi. «Yuriya-Farm» MChJ.
Ishlab chiqaruvchi
joylashgan joyi va faoliyatni amalga oshirish manzili/ arizachi joylashgan manzili yo/yoki ariza beruvchi vakilligi
Ukraina, 18030,Cherkassi sh., Verbovetskogo ko‘ch., 108. Tel./Faks (044) 281-01-01.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.