Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Distreptaza suppozitoriylar № 6
Nomi | Narx | |||||
Дистрептаза супп рект № 6 (08723##2 132) |
UZS 205 100
UZS 207 200
-1%
Экономия UZS 2 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
стрептокиназы в количестве 15000 МЕ, стрептодорназы — 1250 МЕ
Страна производитель
Польша
Дозировка
15000 МЕ/1250 МЕ
Производитель
Biomed-Lublin
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
DISTREPTAZA®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) streptokinaza, streptodornaza
Dori shakli
suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 13500 XB-16500 XB streptokinaza, 1250 XB -2000 XB streptodornaza;
yordamchi moddalar suyuq parafin va neytral yog‘
Ta'rifi konus yoki “torpeda” shaklli, uchi o‘tkir; yuzasi bir xil, dog‘larsiz, g‘adir-budirsiz, havoli pufakchalarsiz, yoriqlarsiz va mexanik shikastlarsiz,sarg‘ish oq rangli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
ferment preparati (majmuaviy).
ATX kodi V06AA55
Farmakologik xususiyatlari
Preparat ikkita faol substantsiya saqlaydi streptokinaza va streptodornaza. Streptokinaza odam qonidagi plazminogen proenzimining aktivatori hisoblanadi va streptokinaza ta'siri ostida plazminga aylanadi, u quyilib qolgan odam qonini eritish xususiyatiga ega.
Streptodornaza enzim hisoblanadi, u tirik hujayralarga va ularning fiziologik funktsiyasiga ta'sir ko‘rsatmay, o‘lik hujayralarni yoki yiring nukleoproteinlarining yopishqoq massasini eritish xususiyatiga ega.
Preparat dori vositalarining yallig‘lanish o‘chog‘iga kirishini yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
-bachadon bo‘ynining surunkali yallig‘lanishi;
-kichik chanoq a'zolarining operatsiyadan keyingi infiltrativ shikastlanishlari;
-bachadon shilliq qavatini yallig‘lanishi;
-o‘tkir va surunkali kechuvchi gemorroy;
-keng yallig‘lanish infiltrati bo‘lgan to‘g‘ri ichak oldi abstsesslari va oqmalari;
-yiringli kaudal kistalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash usuli
Suppozitoriyni blister uyasidan olingandan keyin to‘g‘ri ichakka chuqur kiritish kerak.
Dozalash
Dozalash yallig‘lanish jarayonini jadallik turi va darajasiga bog‘liq.
Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llanadi.
Kattalarda kasallikning og‘ir kechishida
1 suppozitoriydan kuniga 3 marta birinchi 3 kun davomida, so‘ngra
1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra
1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 3 kun davomida.
Kattalarda kasallik og‘irligining yengil va o‘rtacha darajasida
1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra
1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 4 kun davomida, yoki
1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 2 kun davomida.
Davolash kursida o‘rtacha 8-18 suppozitoriy ishlatiladi.
Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 7-10 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim hollarda allergik reaktsiyalar, tana haroratini oshishi, shuningdek qon ketishiga moyillik kuzatilishi mumkin.
Har qanday notipik reaktsiyalarni paydo bo‘lish holatlarida albatta preparatni qo‘llashni davom ettirish xaqida shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparat yangi jarohatga yoki chokka tegmasligi kerak, chunki bu choklarni bo‘shashishiga va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki mahalliy qon ketishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Yallig‘lanish o‘chog‘iga antibiotiklarni yoki ximioterapevtik preparatlarni o‘tishini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas. Preparat yangi jarohat yoki choklarga tegishi kerak emas, chunki bu choklarning bo‘shashishi va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin.
DISTREPTAZA® preparati bilan davolash vaqtida oldindan shifokor bilan maslahatlashmasdan hech qanday dori vositalarini qo‘llamang.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari noma'lum.
Chiqarilish shakli
6 rektal suppozitoriylar blisterda, 1 blisterdan karton qutida.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
2°S - 8°S haroratda (sovutgichda) saqlansin. Muzlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«BIOMED-LYUBLIN» Vitvurnya Surovits i Sh’epyonek Spulka Aktsiyna
Universitetskaya ko‘ch. 10, 20-029 Lyublin, Polsha.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Uzbekiston, 100041, Toshkent sh., M.Ulugbek tumani, Navnixol ko‘ch., 86
Tel. +99871 230 91 93
email intopharm@zoho.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.