Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Afil 20 mg tab. №4
Nomi | Narx | |||||
Афил 20мг таб. №4 (VBFA02AD##2 271) |
UZS 53 900
Stokda yetarli (24)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Афил 20мг таб. №4 (VBFA02AD##2 274) |
UZS 53 900
Stokda yetarli (11)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тадалафил
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
20 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Afil
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tadalafil
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda tadalafil 2,5 mg, 5 mg, 10 mg yoki 20 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, laktopress, quyi almashilgan gidroksipropiltsellyuloza, gidroksipropiltsellyuloza EF, natriy kroskarmelloza, natriy lauril sulfati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati;
qobiq Opadry OY-S 32924 (gipromelloza, titan dioksidi, gidroksipropiltsellyuloza, polisorbat, sariq xinolin, sorbin kislotasi, vanilin, propilenglikol).
Ta'rifi oval (tuxumsimon) shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomonida dozasiga bog‘liq ravishda raqamlari va boshqa tomonida «AFIL» gravirovkasi bo‘lgan, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita.
ATX kodi G04BE08
Farmokologik xususiyatlari
Tadalafil siklik guanozin monofosfati (tsGMF) ning 5 turidagi spetsifik fosfodiesterazaning samarali (FDE5), qaytuvchan selektiv ingibitori hisoblanadi. Jinsiy qo‘zg‘alish mahalliy azot oksidini ajralib chiqishini chaqirganda, tadalafil tomonidanFDE5 ni ingibitsiya qilishi jinsiy olatdagi kavernoz tanasida sGMF darajasi oshishiga olib keladi. Buning natijasida, arteriyalarning silliq mushaklari bo‘shashishi va jinsiy olatning to‘qimalariga qonni oqib kelishi kuzatiladi, va bu erektsiyani chaqiradi. Jinsiy rag‘batlantirish bo‘lmaganida Tadalafil samarali ta'sir ko‘rsatmaydi.
Tadalafil FDE5 ning selektiv ingibitori hisoblanadi. FDE5 g‘ovak tananing silliq mushaklarida, ichki a'zolarning qon tomirlaridagi silliq mushaklarda, skelet mushaklarda, trombotsitlarda, buyraklarda, o‘pkada va miyachada aniqlangan ferment hisoblanadi. Tadalafilni FDE5 ga ta'siri boshqa fosfodiesterazlarga nisbatan faolroq hisoblanadi. Tadalafilning FDE5 ga nisbatan faolligi, yurak, bosh miya, qon tomirlar, jigar va boshqa a'zolarda joylashganFDE1, FDE2 va FDE4 larga nisbatan10 000 marta yuqori hisoblanadi. Tadalafil FDE5 ni, yurak va qon tomirlarda aniqlanadigan FDE3 fermentga nisbatan 10 000 marta faolroq susaytiradi. FDE5 ning FDE3 ga nisbatan bu kabi selektivligi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki, FDE3 yurak mushagining qisqarishida ishtirok etuvchi ferment hisoblanadi. Bundan tashqari, tadalafil FDE5 ga nisbatan faolligi, ko‘zning to‘r pardasida aniqlanadigan va fotoo‘tqazuvichishi uchun mas'ul bo‘lgan FDE6 ga qaraganda 700 marta yuqoriroq. Shuningdek, tadalafil FDE5 ga nisbatan ta'siri, uning FDE7 – FDE10 ga bo‘lgan ta'siridan 10 000 marta kuchliroq.
Tadalafil erektsiyani yaxshilaydi va jinsiy aloqani samarali o‘tish ehtimolini yaxshilaydi. Preparat 36 soat davomida ta'sir ko‘rsatdi. Preparatning samarasi jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lganida preparat qabul qilinganidan keyin 16 minutdan keyin namoyon bo‘ladi.
Tadalafil sog‘lom odamlarda sistolik va diastolik bosimni yotgan holatda (AB o‘rtacha maksimalpasayishi muvofiq ravishda 1,6/0,8 mm sim.ust.ni tashkil qiladi)va turgan holatda (AB o‘rtacha maksimalpasayishi muvofiq ravishda 0,2/4,6 mm sim.ust.ni tashkil qiladi) platseboga nisbatan ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi. Tadalafil yurak qisqarishlari sonini ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi.
Tadalafil rang ajratish (zangori/yashil) qobiliyatini chiqarmaydi, bu uni FDE6 nisbatan yaqinligini pastligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, tadalafilni ko‘rish o‘tkirligi,elektroretinogramma, ko‘z ichki bosimi va qorachiqni o‘lchamiga ta'siri kuzatilmaydi.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, sutkasiga 10 mg (N=204) yoki 20 mg (N=217) dozada tadalafilni olti oy davomida har kuni qabul qilinganda odamlar spermaning hajmiga, spermodozoidlar soniga, harakatchanligiga va morofologiyasiga klinik ahamiyatli ta'siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, tadalafil testosteron, LG va FSG larning zardobdagi darajasiga ta'sir ko‘rsatmagan.
Tadalafil 5 mg.
FDE5 ni ingibitsiya qilinishining g‘ovak tanalarda sGMF kontsentratsiyasiga samarasi, shuningdek prostata bezi, qovuqning silliq mushaklarida ham kuzatilib, ularning qon bilan ta'minlanishini oshishiga olib keladi. Qon tomir kengayishi natijasida olingan samara qon perfuziyasini oshiradi, u navbatida, prostata bezining xafvsizgiperplaziyasi simptomlarini kamaytiradigan mexanizmi sifatida ishlatishi mumkin. Bu qon tomir samaralari qovuqning afferent innervatsiyasi nerv faolligini ingibitsiya qilish va prostata bezining va qovuqning silliq mushaklarini bo‘shashtirish orqali to‘ldirilishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Tadalafil ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi. Plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyaga (Smax) ichga qabul qilinganidan o‘rtacha 2 soatdan keyin erishiladi.
Tadalafil so‘rilish tezligi va darajasi ovqatlanishga bog‘liq emas, shuning uchun preparatni ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Qabul qilish vaqti (ertalab yoki kechqurun) so‘rilish tezligi va darajasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Sog‘lom odamlarda tadalafilning farmakokinetikasi vaqt va dozaga nisbatan proportsionaldir chiziqlidir. 2,5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i (AUC) ostidagi maydoni dozaga nisbatan proportsional ravishda ortib boradi. Plazmadagi barqaror kontsentratsiyalarga preparat sutkada bir marta qabul qilinganida 5 kun davomida erishiladi.
Erektil funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda tadalafilning farmakokinetikasi erektil funktsiyasi buzilmagan shaxslar farmakokinetikasi bilan bir xil bo‘ladi.
Taqsimlanishning o‘rtacha hajmi 63 l ni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich tadalafil organizm to‘qimalarida taqsimlanishidan dalolat beradi. Terapevtik kontsentratsiyalarda tadalafilni 94% plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi buyrak funktsiyasi buzilganida o‘zgarmaydi.
Sog‘lom odamlar spermasining tarkibida yuborilgan dozaning 0,0005% kamroq aniqlanadi.
Tadalafil asosan sitoxrom R450 (CYP)3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Asosiy qonda aylanuvchi metaboliti – metilkatexolglyukuronid hisoblanadi. Ushbu metabolit FDE5 ga nisbatan faolligi tadalafilga qaraganda 13 000 marta past. Demak, ushbu metabolit kuzatilayotgan kontsentratsiyalarda uchun klinik ahamiyatli hisoblanmaydi.
Sog‘lom shaxslarda tadalafilning o‘rtacha klirensi soatiga 2,5 l ni, o‘rtacha yarim chiqarilish davri esa 17,5 soatni tashkil qiladi. Tadalafil organizmdan asosan nofaol metabolitlar ko‘rinishida, asosan axlat bilan (dozaning taxminan 61%) va kamroq darajada siydik bilan (dozaning taxminan 36%) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Barcha dozalar uchun erektil disfunktsiyada (erektsiyaning buzilishlari, impotentsiya) qo‘llanadi.
5 mg li doza uchun prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG, prostata bezi adenomasi) simptomlarini davolash, shuningdek PBXG va erektil disfunktsiyaning birgalikda aniqlangan hollarda qo‘llanadi.
40 mg doza uchun (20 mg li 2 ta tabletka) erkak va ayollarda o‘pka arteriyasini giperteniziyasini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat tabletka ko‘rinishida ichga qabul qilinadi.
O‘rta yoshdagi erkaklarda qo‘llanishi
Davolash boshida tavsiya qilingan doza 10 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik, patsiyentning reaktsiyasiga qarab 20 mg yoki 5 mg li dozaga o‘tkaziladi. Taxmin qilinayotgan jinsiy faollikdan oldin, ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmaganda qabul qilinadi. Preparatning ta'siri tabletka qabul qilinganidan 16 minutdan keyin boshlanadi.
Patsiyentlar preparat qabul qilinganda optimal javob vaqtini belgilashlari uchun, preparat qabul qilinganidan keyin 36 soat ichida jinsiy aloqaga kirishishlari mumkin.
Qabul qilishning tavsiya etilgan maksimal tez-tezligi sutkasiga bir martani tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi erkaklarda qo‘llanishi
Keksa yoshdagi patsiyentlarga dozaning maxsus tanlanishi talab qilinmaydi.
Buyrak va jigar funktsisini buzilishi bo‘lgan erkaklarda qo‘llanishi
Buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 l) va jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lganpatsiyentlar uchun dozaning maxsus tanlanishi talab etilmaydi.
Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi yoki prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi va erektil disfunktsiya bilan birga bo‘lganda davolash uchun tavsiya qilingan doza – kuniga 5 mg dan 4 haftadan 26 haftagacha buyuriladi. Prostata bezi adenomasini xavfsiz giperplaziyasi 5 mg li finasterid va 5 mg li tadalafil bilan birga davolash 26 haftagacha davomida tavsiya etiladi.
O‘pka gipertenziyasini davolash uchun tavsiya etilgan doza 40 mg (2 ta tabletka) ni tashkil qiladi. Bir kunli dozani ikkigabo‘lib qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bosh og‘rig‘i va dispepsiya eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta'sirlar hisoblanadi. Tadalafil dozasi oshirib yuborilishi nojo‘ya ta'sirlar ko‘payishiga olib keladi. Tadalafil qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan noxush hodisalar odatda yaqqolligi bo‘yicha ahamiyatsiz yoki o‘rtacha darajada, tranzitor bo‘lib, preparatni qo‘llashni davom ettirilganda kamayib boradi.
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar quyida keltirilgan rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha aniqlangan juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum – mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra tez-tezligini aniqlash imkoniyati yo‘q.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi; kam hollarda - Kvinke shishi.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez - bosh og‘rig‘i; tez-tez emas - bosh aylanishi; kam hollarda – insult (shu jumladan gemorragik insult), hushdan ketish, tranzitor ishemik xurujlar, migren, tirishishlar, vaqtinchalik amneziya.
Ko‘rish a'zolari tomonidan tez-tez emas - ko‘rish noaniqligi, ko‘zlardagi og‘riqni his qilish; kam hollarda - ko‘rish maydonining buzilishi, qovoqlarning shishi, kon'yuktiva giperemiyasi, ko‘rish nervining oldi noartritik ishemik nevropatiyasi, ko‘z pardasi qon tomirlari okklyuziyasi.
Eshitish a'zolari va muvozanat tomonidan tez-tez emas - quloqlarni shang‘illashi; kam hollarda - eshitishni to‘satdan yuqolishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez – yuzning qizarishi; tez-tez emas - taxikardiya, arterial gipertenziya, gipotoniya; kam hollarda - miokard infarkti, nostabil stenokardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan tez-tez - burunni bitishi;tez-tez emas – hansirash, burundanqon ketishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez -dispepsiya; tez-tez emas – qorinda og‘riq, qusish, ko‘ngil aynishi, gastroezofageal reflyuks.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez emas - toshma; kam hollarda – eshakemi, Stivenson-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, gipergidroz (ko‘p terlash).
Tayanch-harakat tizimi tomonidan tez-tez -belda og‘riq, mialgiya, qo‘l-oyoqda og‘riq.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘lllari tomonidan tez-tez emas – gematuriya.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan tez-tez emas - uzoq muddatli erektsiya; kam hollarda – priapizm, jinsiy olatga qon quyilishi, gematospermiya.
Umumiy buzilishlar tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq, periferik shishlar, charchoqlik; kam hollarda – yuz shishi, to‘satdan koronar o‘lim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- tadalafil yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday moddaga yuqori sezuvchanlik;
- har qanday organik nitratlar saqlovchi preparatlarni qabul qilish;
- 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda qo‘llash;
- klinik sinovlarda qatnashmagan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar guruhi, shu sababli tadalafil bunday bemorlarga buyurilmaydi;
- so‘nggi 90 kun davomida miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlar;
- nostabilstenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtida paydo bo‘ladigan stenokardiya;
- so‘nggi 6 oy davomida Nyu-York Kardiologiya assotsiatsiyasi tasnifiga muvofiq “2-sinfga” mansub yoki og‘irroq yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar;
- nazorat qilinmaydigan aritmiya, gipotenziya (<90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya bo‘lgan patsiyentlar;
- so‘nggi 6 oy davomida insult bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lumki, tadalafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi. Bu holat nitratlar va tadalafilning azot oksidi va sGMF ning metabolizmga additiv ta'siri natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun preparatni nitratlar qo‘llash fonida ishlatish mumkin emas.
Metabolizmi sitoxrom R450 izofermenti ishtirokida bo‘ladigan dori vositalar klirensiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsatmaydi. Tadqiqotlar Tadalafil CYP3A4, CYP1A2, CYP2D6, CYP2E1 va CYP2C9 izofermentlarini ingibitsiya va induktsiya qilmasligini tasdiqlaydi.
Tadalafil S-varfarin yoki R-varfarin farmakokinetikasiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsatmaydi. Tadalafil varfarinning protrombin vaqtiga nisbatan ta'sir qilmaydi.
Tadalafil atsetilsalitsil kislotasining ta'siri sababli yuzaga kelgan qon ketish davomiyligini uzaytirmaydi.
Tadalafilning asosiy antigipertenziv dori vositalarning, shu jumladan kaltsiy kanallarining blokatorlari (amplodipin), angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitori (enalapril), beta-adrenergik retseptorlarning blokatorlari (metoprolol), alfa-blokatorlar, tiazid diuretiklari (bendoflyuazid) va monoterapiya yoki majmuadalarda past dozalarda qo‘llanilgan angiotenzin II retseptorlari blokatorlari bilan o‘zaro ta'siri klinik ahamiyatga ega emas. Tadalafilni antigipertenziv preparatlar bilan yoki ularsiz qabul qilgan patsiyentlarda nojo‘ya ta'sirlar orasidagi farqlar kuzatilmagan.
Tadalafilni bir marta qabul qilinganda qondagi alkogol kontsentratsiyasiga, alkogolning kognitiv funktsiyasiga va arterial bosimga ta'siri kuzatilmagan. Bundan tashqari, alkogol bilan birga qabul qilingan tadalafilning kontsentratsiyasi 3 soatdan keyin o‘zgarishi kuzatilmagan.
Tadalafil asosan CYP3A4 fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP3A4 selektiv ingibitori ketokonazol AUC ni 107% ga oshiradi, rifampitsin esa 88% ga oshiradi.
O‘ziga xos o‘zaro ta'sirlar o‘rganilmagan bo‘lsa ham, ritonavir va sakvinavir kabi proteaz ingibitorlar, shuningdek eritromitsin va itrakonazol kabi CYP3A4 ingibitorlari tadalafil faolligini oshiradi deb taxmin qilish mumkin.
Antatsid (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) va tadalafil bir vaqtda qabul qilinganda AUC o‘zgarmagan holda tadalafinning so‘rilish tezligi kamayadi.
5-alfa-reduktaza (ARI) ingibitorlari. PBXG simptomlarini bartaraf qilish uchun 5 mg finasterid bilan 5 mg tadalafil qo‘llanganda 5 mg finasteridni solishtirish bo‘yicha o‘tkazilgan klinik sinovlarda noma'lum platsebo plyus har qanday yangi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan. Shunday bo‘lsada, tadalafilni 5-alfa-reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
CYP1A2 substratlar (masalan, p. teofillin). Tadalafil teofillinni farmakokinetikasi yoki farmakodinamikasiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsatmaydi.
10 mg tadalafilning klinik farmakologik tadqiqotlarida teofillin bilan birga yuborilganda hech qanday o‘zaro farmakokinetik ta'sir kuzatilmagan. Bu yerda yagona farmakodinamik samarani qayd etish mumkin – bu yurak qisqarishlari tez-tezligini biroz oshishi (minutiga 3,5 marta qisqarish). Bu samara ahamiyatsiz bo‘lsa ham, ushbu tadqiqotda klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan, bu dori vositalar majmuada qo‘llanganda e'tiborga olish kerak.
Etinilestradiol va terbutalin. Tadalafil qo‘llanganda etinilestradiolning peroral biokiraolishligi oshishi mumkin. Terbutalinni peroral tarzda qabul qilishda ham ushbu samara kuzatilishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi. Tadalafil atsetilsalitsil kislotasi chaqirgan qon ketishining davomiyligiga ta'sir qilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jinsiy faollik yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga potentsial xavfli hisoblanadi. Shuning uchun, jinsiy faollik tavsiya etilmagan bunday kasalliklari bo‘lgan erektil disfunktsiyasini davolashni, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan o‘tkazish mumkin emas.
Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda jinsiy faollikda asoratlarni potentsial xavfni hisobga olish kerak
- so‘nggi 90 kun davomidagi miokard infarkti;
- nostabil stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtidagi stenokardiya;
- so‘nggi olti oyda rivojlangan NYHA bo‘yicha 2-sinfi va undan yuqoriroq sinfi bo‘lgan yurak yetishmovchiligi;
- yurak ritmini nazorat qilib bo‘lmaydigan buzilishlar, gipotoniya (AB <90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya;
- so‘nggi olti oy ichida o‘tkazilgan insult.
Priapizmga (masalan, o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘p miqdordagi miyeloma yoki leykemiyada) moyilligi yoki jinsiy olatning anatomik deformatsiyalari (masalan, qiyshaygan, kavernoz fibrioz yoki Peyroni kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Tadalafil qo‘llanganda priapizm bo‘lgan to‘g‘risida xabar berilmagan.
Tadalafilni erektil disfunktsiyani davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Erektil disfunktsiyani tashxisini aniqlash uchun, medikamentoz davolashni boshlashdan oldin, potentsial birlamchi sabablarni aniqlash kerak.
4 soat va undan ko‘proq vaqt davom etgan erektsiya darhol tibbiy yordamga murojaat qilish lozimligi patsiyentlarga tushuntirilishi lozim. Priapizmning kechiktirib davolash jinsiy olatning to‘qimalari shikastlanishiga olib keladi, natijasida, potentsiya uzoq vaqtgacha tiklanmay qolishi mumkin.
O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 31-50 ml) bo‘lgan patsiyentlarda tadalafil bilan davolash fonida yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 51-80 ml) yoki sog‘lom shaxslar bilan solishtirilganda bel sohasidagi og‘riq kabi nojo‘ya ko‘rinishlar ko‘proq kuzatiladi. Og‘ir darajadagi buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml) bo‘lgan bemorlarda tadalafil o‘rganilmagan. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Aholining maxsus guruhlari uchun qo‘shimcha ma'lumotlar
Tadalafil pediatriyada qo‘llash tavsiya etilmaydi. 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun tadalafilning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar aniqlanmagan.
Homiladorlik va emizish davri
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatish xavfi aniqlanmadi, homilador ayollarda tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Homilador ayollarda tadalafil qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar cheklangan.
Homiladorlik, embrional/fetal rivojlanish, tug‘ruq yoki tug‘ruqdan keyin davridahomilani rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita salbiy ta'siri aniqlanmagan.
Emizish davrida ayollarga tadalafilni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Tadalafil ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri - maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.
Tadalafil 5 mg – prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan patsiyentlar davolashdan oldin prostata bezi rakini inkor qilish uchun tekshiruv o‘tkazilishi zarur.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari sog‘lom odamlarga bir marta 500 mg gacha va erektil disfunktsiya bo‘lgan patsiyentlarga ko‘p marta sutkada 100 mg buyurilganda, noxush samaralar pastroq dozalar qo‘llanganda kabi ko‘rinishga ega.
Davolash gemodializ tadalafilni chiqarilishiga deyarli yordam bermaydi.
Chiqarilish shakli
«Afil 2,5» qobiq bilan qoplangan 2,5 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8.
«Afil 5» qobiq bilan qoplangan 5 mg tabletkalar, №14, №28.
«Afil 10» qobiq bilan qoplangan 10 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8.
«Afil 20» qobiq bilan qoplangan 20 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK MChJ
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.