Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Impaza tab. №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к эндотелиальной no- синтазе
Страна производитель
Россия
Производитель
Материа Медика Холдинг,НПФ,ООО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Impaza
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
( 1 tabletkaga)
faol moddalar affin tozalangan endotelial NO sintazaga antitelalar – 0,003 g*.
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
* ta'sir etuvchi moddaning faol shaklini 10-15 ng/g gacha mikdorda suv-spirtli aralashma ko‘rinishida laktoza monogidratiga qo‘shiladi.
Ta'rifi yassi silindrik shaklli, riskasi va faskasi bo‘lgan, oqdan deyarli oq rangacha tabletkalar. Riskasi bo‘lgan yassi tomonida MATERIA MEDICA yozuvi tushirilgan,boshqa yassi tomonida IMPAZA yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
erektil disfunktsiyani davolash uchun preparatlar
ATX kodi G04BE
Farmakologik xususiyatlari
Endotelial NO-sintaza faolligini oshiradi, seksual stimulyatsiyada azot oksidi (NO) ning endoteliyni ishlab chiqarilishini tiklaydi, silliq mushaklarda siklik guanozin-monofosfatining (tsGMF) miqdorini oshiradi va ularni bo‘shashiga yordam beradi, natijada bu g‘alvir tanalarni qonga to‘lishiga olib keladi va kuchi va davomiyligi bo‘yicha yetarli erektsiyani ta'minlaydi.
Preparat libidoni (jinsiy intilish) va qoniqarli jinsiy harakatni oshiradi. Preparatni muntazam qo‘llash zardobda testosteronning miqdorini oshishiga yordam beradi (dastlabki darajani o‘rtacha pasayishida).
Farmakokinetikasi
Tahlillarning zamonaviy fizik-kimyoviy usullarni sezuvchanligi (gaz-suyuqlik xromatografiya, yuqori samarali suyuq xromatografiya, xromato-mass-spektrometriya) preparatning spetsifik tarkibi tufayli (“
Tarkibi
” bo‘limiga qarang) biologik suyuqliklarda, a'zolarda va to‘qimalarda Impaza preparatning faol moddalar miqdorini baholash yo‘l qo‘ymaydi, bu farmokinetikasining o‘rganishini texnik jihatdan qilish mumkin bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi
Impaza kattalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kelib chiqishi turli bo‘lgan erektsiyani buzilishlari (erektil disfunktsiyasi) da qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Riska tabletkani qismlarga bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan.
Bitta qabul qilishga - 1 tabletka (tabletkani to‘liq eriguncha og‘izda ushlash lozim – ovqat qabul qilish vaqtida emas).
Erektsiyani yaxshilash uchun (jinsiy harakatga qobiliyati) davomiyligi 12 haftadan kam bo‘lmagan 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta davolash-profilaktik kurs tavsiya qilinadi.
Zarur bo‘lganida davolash kursini 3-6 oydan keyin takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar; laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtira olmasligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yurak ishemik ksalligi (I-II funktsional sinf zo‘riqish stenokardiyasi) bo‘lgan patsiyentlarda nitratlar qabul qilish fonida, va shuningdek beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar, angiotenzin-aylantiruvchi fermentlarning ingibitorlari, kaltsiy antagonistlari bilan birga Impaza qo‘llanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun tug‘ma galaktozemiyasi, glyukozaning yoki galaktozaning malabsorbtsiya sindromi, yoki tug‘ma laktoza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Impaza preparati ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Impaza preparatining transport vositalar va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir aniqlanmagan.
Dozaning oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi
da preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan dispepsik holatlar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomepatik tabletkalar. Polivinil plyonkadan va alyumin folgadan kontur uyali o‘ramda 20 tabletkadan.
1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillarida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Preparatni qo‘llash davrida ishlab chiqaruvchi nazarga olgan karton qutidagi kontur uyali o‘ramni saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ro‘yhatga olish guvohnomasi berilgan yuridik shahse
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473,Moskva sh., 3-y Samotechnыy tor ko‘ch., 9 uy.
Tel./faks +7 (495) 684-43-33.
Telefonы «Goryachey linii» +7 (495) 681-09-30, +7 (495) 681-93-00.
HYPERLINK "mailtohotline@materiamedica.ru" hotline@materiamedica.ru
Dori preparatni ishlab chiqarish manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., Buguruslanskaya ko‘ch., 54 uy.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani,
Tarobiy ko‘ch., 11 uy.
Tel. +998712544057.
HYPERLINK "mailtouz@dep.materiamedica.ru" uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.