Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rekol tab. 10mg 1х14
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мемантин
Страна производитель
Индия
Дозировка
10 мг
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rekol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) memantin gidroxloridi
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda memantin gidroxloridi - 5 mg yoki 10 mg;
yordamchi moddalar mannitol 25S, mannitol SD200, mikrokristall sellyuloza PH 102, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon K 30, magniy stearati, pushti Opadry 03F84827 va tozalangan suv.
Ta'rifi pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, har ikki tomoni tekis bo‘lgan oval tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Psixoanaleptiklar. Dementsiyani davolash uchun boshqa preparatlar. Memantin.
ATX kodi N06DX01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Glutamat yordamida, ayniqsa NMDA retseptorlari bilan neyrouzatishda buzilishlarning tasdiqlanishi soni ko‘paymoqda, bu simptomlarning kuchayishiga ham, neyrodegenerativ dementsiya rivojlanishiga olib keladi.
Memantin – bu NMDA-retseptorlarining potentsial-bog‘liq, o‘rtacha affinlikdagi raqobatsiz antagonisti. U glutamat miqdorining neyron disfunktsiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan patologik oshishini bloklaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Memantinning mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni, qon plazmasida cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishishi vaqti (tmax) – 3 soatdan 8 soatgachani tashkil etadi. Ovqatlanishni preparat so‘rilishiga ta'siri belgilari yo‘q.
Taqsimlanishi
Sutkada 20 mg li dozasi qon plazmasida sezilarli individual o‘zgarishlar bilan memantinning 70 dan 150 ng/ml gacha (0,5-1 mkmol) chegarasida barqaror kontsentratsiyasini keltirib chiqaradi. 5 dan 30 mg gacha sutkalik dozalari qo‘llanilganida serebrospinal suyuqlikda va qon zardobida preparat miqdorining nisbati 0,52 ga teng. Taqsimlanish hajmi taxminan 10 l/kg ni tashkil etadi. Memantinning taxminan 45% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi.
Biotransformatsiyasi
Odam organizmida memantinning taxminan 80% dastlabki modda ko‘rinishida aylanadi, 4- va 6-gidroksimemantinga izomer bo‘lgan aralashma N-3,5 dimetil-gludantan va 1-nitrozo-3,5 dimetiladamantan asosiy metabolit bo‘lib hisoblanadi. Ushbu metabolitlarning hech biri NMDA-antagonistik faollikni namoyon qilmaydi. P450 sitoxromini in vitro sharoitda metabolizmda ishtiroki aniqlanmagan.
Peroral qabul qilingan 14C-memantinni tadqiq etish davomida dozaning o‘rtacha 84% 20 sutka davomida chiqarilgan, bunda uning 99% dan ortig‘i buyraklar orqali chiqarilgan.
Chiqarilishi
Memantin yarim chiqarilishining yakuniy davri 60 soatdan 100 soatgacha bo‘lgan monoeksponentsial bog‘liqlikning egri chizig‘i bo‘yicha chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan ko‘ngillilarda umumiy klirens (Cltot) 170 ml/min/1,73m2 ga teng, umumiy buyrak klirensining bir qismi esa kanalchalar sekretsiya bilan erishiladi.
Memantin farmakokinetikasining buyrak bosqichi esa shuningdek ehtimol transport oqsillaridan kelib chiquvchi kanalchalar reabsorbtsiyani ham o‘z ichiga oladi. Memantinning buyrak orqali chiqarilishi tezligi siydikning ishqoriy reaktsiyasi sharoitlarida 7-9 marta pasayishi mumkin. Siydikni ishqorlanishi ovqatlanishni keskin o‘zgarishi natijasida, masalan, go‘shtli ovqatlarga boy ratsiondan vegetariancha ratsionga o‘tilganida yoki antatsid me'da vositalari jadal qo‘llanilishi oqibatida yuz berishi mumkin.
Proportsionallik
Ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotlar 10-40 mg dozalar diapazonida farmakokinetikaning proportsional tabiatini namoyon qilgan.
Farmakodinamik/farmakokinetik bog‘liqligi
Memantinning sutkada 20 mg li dozasida serebrospinal suyuqlikdagi miqdori darajasi memantinning ki (tormozlanish konstantasi) ko‘rsatkichiga mos keladi, bu odam bosh miyasining frontal po‘stlog‘i sohasida 0,5 mkmol ni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Katta yoshdagi patsiyentlarda o‘rtacha va og‘ir darajadagi Altsgeymer kasalligida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Davolashni faqat vasiy mavjud bo‘lishi sharti bilan boshlanadi, vasiy patsiyent tomonidan preparat qabul qilinishini nazorat qiladi.
Tashhis amaldagi tavsiyalarga ko‘ra aniqlanadi. Memantinni o‘zlashtiraolish va dozalarini muntazam ravishda, eng yaxshisi davolash boshlanishidan 3 oy davomida baholash lozim. Keyinchalik memantinning klinik samarasini va patsiyent tomonidan uni o‘zlashtiraolinishini amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq muntazam ravishda baholash lozim. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni davolash samarasi ijobiy, memantinni patsiyent tomonidan o‘zlashtiraolinishi esa yaxshi bo‘lib qolishigacha davom ettirish mumkin. Agar terapevtik samarasi belgilari yo‘qolsa yoki patsiyent tomonidan davolashni o‘zlashtiraolinishi yomonlashsa, memantin bilan davolashni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim.
Kattalar
Dozani tanlash
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza bir kunda 5 mg ni tashkil etadi, mazkur dozani davolashning dastlabki 4 haftasi davomida quyidagi sxema bo‘yicha tavsiya etiladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga erishgan holda asta-sekin oshirib boriladi
1-hafta (1–7-kun) 5 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak;
2-hafta (8–14-kun) 10 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak;
3-hafta (15–21-kun) 15 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak;
3-hafta (22–28-kun) 20 mg dan 7 kun davomida qabul qilish kerak.
Maksimal sutkalik doza 20 mg ni tashkil etadi.
Tavsiya etiladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza bir kunda 20 mg ni tashkil etadi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Klinik tadqiqotlar natijalariga asosan 65 yoshdan katta bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan doza yuqorida ko‘rsatilganidek sutkada 20 mg ni tashkil etadi.
Buyrak funktsiyasini pasayishi
Buyrak funktsiyasini yengil darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 50–80 ml) bo‘lgan patsiyentlar uchun preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Buyrak funktsiyasini o‘rtacha darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30–49 ml) bo‘lgan patsiyentlar uchun sutkalik dozani 10 mg gacha pasaytirish lozim. Agar davolashning eng kamida 7 kuni davomida preparat yaxshi o‘zlashtiraolinsa, dozani standart sxema bo‘yicha sutkada 20 mg gacha oshirish mumkin. Buyrak funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 5–29 ml) bo‘lgan patsiyentlar uchun dozani sutkada 10 mg gacha pasaytirish lozim.
Jigar funktsiyasini pasayishi
Jigar funktsiyasini yengil yoki o‘rtacha darajada buzilishi (Chayld-Pyu A, B) bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish talab qilinmaydi. Jigar funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda memantinni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Rekol preparatini jigar funktsiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar
Ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llash usuli
Rekol tabletkalarini har kuni bir vaqtda sutkada 1 marta ichga qabul qilish zarur. Tabletkalarni ovqatlanish bilan birga yoki unga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Jadvalda keltirilgan quyidagi noxush reaktsiyalar Rekol preparatining klinik tadqiqotlari davomida va ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi davrda kuzatilgan.
Nojo‘ya samaralar a'zolar tizimi bo‘yicha quyidagi sxema bo‘yicha tasniflanadi juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1,000 dan < 1/100gacha), kam hollarda (1/10,000 dan < 1/1,000 gacha), juda kam hollarda (<1/10,000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmagan).
Har bir guruh doirasida tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya ta'sirlar ularning og‘irligi darajasi kamayib borishi tartibida taqdim etilgan.
AЪZOLAR TIZIMI SINFITEZ-TEZLIGINOJO‘Ya REAKTSIYaSI
Infektsion va parazitar kasalliklarTez-tez emasZamburug‘li infektsiyalar
Immun tizimi tomonidanTez-tezPreparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik
Ruhiyat tomonidanTez-tezUyquchanlik
Tez-tez emasOngni chalkashishi
Tez-tez emasGallyutsinatsiyalar1
Noma'lumRuhiy reaktsiyalar2
Nerv tizimi tomonidanTez-tezBosh aylanishi
Tez-tezMuvozanatning buzilishi
Tez-tez emasQadam tashlashning buzilishi
Juda kam holardaTirishishlar
Yurak tomonidanTez-tez emasYurak yetishmovchiligi
Qon tomirlar tomonidanTez-tezArterial bosimni oshishi
Tez-tez emasVenoz tromboz/tromboemboliya
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidanTez-tezHansirash
Me'da-ichak yo‘llari tomonidanTez-tezQabziyat
Tez-tezQusish
Noma'lumPankreatit2
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidanTez-tezJigar sinamalarining ko‘rsatkichlarini oshishi
Noma'lumGepatit
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlarTez-tezBosh og‘rig‘i
Tez-tez emasToliqish
1 Gallyutsinatsiyalar asosan og‘ir bosqichdagi Altsgeymer kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan.
2 Ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi qo‘llash tajribasi davrida olingan alohida xabarlar.
Altsgeymer kasalligi depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikri, o‘z joniga qasd qilishlar bilan bog‘liq. Memantinning ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanilishi davrida bunday noxush reaktsiyalar yuzaga kelishi haqida xabar berilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol moddasiga yoki har qanday yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Memantinning farmakologik samaralarini va ta'sir mexanizmini inobatga olgan holda quyidagi o‘zaro ta'sirlar bo‘lishi mumkin
• Ta'sir mexanizmi memantin kabi NMDA-antagonistlar bir vaqtda qo‘llanilganida L-dopa, dopaminergik agonistlar va antixolinergik vositalar samaralarining kuchayishi mumkinligini nazarda tutadi. Barbituratlar va neyroleptik vositalar samaralari pasayishi mumkin. Memantin va spazmolitik vositalarni, dantrolen yoki baklofenni bir vaqtda buyurilishi ularning samaralarini modifikatsiya qilishi, dozalarga tuzatish kiritish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
• Farmakotoksik psixoz xavfi tufayli, memantinni amantadin bilan bir vaqtda qo‘llanilishidan saqlanish lozim. Ko‘rsatilgan komponentlar NMDA-retseptorlari antagonistlari guruhiga mansub. Bu ketamin va dekstrometorfanga ham taalluqlidir. Memantin va fenitoin birgalikda qo‘llanilganida kutilishi mumkin bo‘lgan xavf hollari haqida e'lon qilingan ma'lumotlar mavjud.
• Amantadin kabi buyraklarning aynan shu transport tizimidan foydalanadigan simetidin, ranitidin, prokainamid, xinidin, xinin va nikotin bilan bir vaqtda qabul qilinganida plazmadagi miqdor darajalari oshishining potentsial xavfini keltirib chiqargan holda memantin bilan ham o‘zaro ta'sirlashishi mumkin.
• Memantinni gidroxlortiazid yoki gidroxlorotiazid saqlaydigan majmuaviy har qanday preparat bilan birgalikda buyurilganida qon zardobida gidroxlorotiazid miqdori darajasi pasayishi mumkin.
• Postmarketing qo‘llash davrida varfarinni qabul qiluvchi patsiyentlarda memantin qo‘llanilganida xalqaro normallashtirilgan nisbatning (XNN) oshishiga doir ayrim hollar qayd etilgan. Garchi sabab bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qiluvchi patsiyentlarda protrombin vaqti yoki XNN yuzasidan sinchkov monitoringni olib borish zarur.
Bir martalik dozalarni farmakokinetik tadqiqotlari davomida sog‘lom ko‘ngillilar orasida memantinni gliburid/metformin yoki donepezil bilan o‘zaro ta'sirlashishida sezilarli samaralar aniqlanmagan.
O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarida memantinni yosh sog‘lom ko‘ngillilarda galantamin farmakokinetikasiga ta'siri ham aniqlanmagan.
Memantin in vitro sharoitda CYP 1A2, 2A6, 2C9, 2D6, 2E1, 3A, flavin saqlovchi monooksigenaza, epoksidgidrolaza yoki sulfationning ingibitori bo‘lib hisoblanmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni tutqanoq bilan kasallangan bemorlarga, anamnezda tirishish epizodlari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek tutqanoq rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Amantadin, ketamin yoki dekstrometorfan kabi N-metil-D-aspartat (NMDA)-antagonistlarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. Ushbu birikmalar memantin ta'sir qiladigan aynan o‘sha retseptorlar tizimiga ta'sir qiladi, shuning uchun nojo‘ya reaktsiyalar (asosan MNT tomonidan) tez-tez yuzaga kelishi va yanada yaqqol ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Siydik pH darajasi oshishini chaqiruvchi ayrim omillar patsiyentni sinchkov kuzatish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘rsatilgan omillar ovqatlanish tartibida keskin o‘zgarishlarni, masalan go‘shtli taomlarga boy ratsionni vegeterian taomlarga almashtirishni yoki antatsid me'da vositalarini jadal qo‘llanilishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tubulyar buyrak atsidozi yoki Proteus bacteria keltirib chiqaradigan siydik yo‘llarining og‘ir infektsiyalari oqibatida siydik rN darajasi oshishi mumkin.
Klinik tadqiqotlarining ko‘pchiligida yaqin orada miokard infarktini o‘tkazgan patsiyentlar va dekompensatsiyalangan turg‘un yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifiga ko‘ra III–IV darajada) bo‘lgan patsiyentlar, shuningdek arterial bosimi nazorat qilinmaydigan darajada yuqori bo‘lgan patsiyentlar ishtirokchilar safidan chiqarilgan. Buning oqibatida cheklangan tegishli ma'lumotlar mavjud, bunday kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ustidan esa sinchkov kuzatuv zarur.
Yordamchi moddalar preparat sorbit saqlaydi, shu sababli kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarga uni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik davri
Memantinni homiladorlikning kechishiga ta'siri haqidagi ma'lumotlar yo‘q yoki cheklangan miqdorda mavjud. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar odamlardagiga nisbatan bir xil yoki bir muncha yuqori kontsentratsiyalar ta'sirida ona qornida o‘sishning sekinlashishi mumkinligini ko‘rsatadi. Odam uchun potentsial xavf noma'lum. Memantinni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, aniq va yaqqol zaruratdan kelib chiqadigan hollar bundan mustasno.
Laktatsiya davri
Memantinni ko‘krak suti bilan ajralishi noma'lum, biroq substantsiyaning lipofilligini inobatga olgan holda buning ehtimoli bor. Memantinni qo‘llayotgan ayollar emizishdan saqlanishlari kerak.
Fertillik
Memantinni erkaklar yoki ayollarda reproduktiv faoliyatga salbiy ta'siri aniqlanmagan.
Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
O‘rtachadan to og‘ir shakllarigacha bo‘lgan Altsgeymer kasalligi odatda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari Rekol avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga sezilarli bo‘lmagan yoki o‘rtacha ta'sir ko‘rsatadi, shu sababli ambulatoriya sharoitidagi patsiyentlarni alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurati to‘g‘risida ogohlantirish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha cheklangan ma'lumotlar mavjud bo‘lib, ular klinik tadqiqotlar davomida va memantinni ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanilishi tajribasida olingan.
Simptomlari
Nisbatan yuqori dozalarda (3 kun davomida sutkada 200 mg va 105 mg) qo‘llanilganida toliqish, xolsizlik va/yoki diareya qayd etilgan yoki simptomlar mavjud bo‘lmagan. 140 mg dan kam dozada qabul qilinganida yoki noma'lum doza qabul qilingan taqdirda, patsiyentlarda MNT tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar (ongni chalkashishi, gipersonmiya, uyquchanlik, vertigo, qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, gallyutsinatsiyalar, qadam tashlashning buzilishi) va/yoki ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qusish, diareya kuzatilgan.
Dozani oshirib yuborilishining eng og‘ir holatida patsiyent memantinni 2000 mg dozada ichga qabul qilganidan keyin tirik qolgan, unda 10 kun davomida koma, so‘ngra diplopiya va ajitatsiya) kuzatilgan. Patsiyent simptomatik davolash va plazmafarezni olgan. Patsiyent keyingi asoratlarsiz sog‘aygan.
Dozani oshirib yuborilishining boshqa og‘ir holatida patsiyent memantinni 400 mg dozada ichga qabul qilganidan keyin tirik qolgan va sog‘aygan. Patsiyentda MNT tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar (bezovtalik, psixoz, ko‘rish bilan bog‘liq gallyutsinatsiyalar, tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasayishi, uyquchanlik, stupor va hushdan ketish) kuzatilgan.
Davolash
Dozani oshirib yuborilganida simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Intoksikatsiyada yoki dozani oshirib yuborilganida maxsus antidot yo‘q. Moddani me'dadan chiqarilishiga qaratilgan standart davolash tadbirlarini, masalan, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (potentsial ichak-jigar retsirkulyatsiyasini oldini olish), siydikda kislotali reaktsiyani hosil qilishni o‘tkazish zarur, jadallashtirilgan diurez o‘tkazilishi mumkin.
MNT ni o‘ta rag‘batlantirish belgilari va simptomlarida simptomatik davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish lozim.
Chiqarilish shakli
14 tabletkadan blisterda; 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoitlari
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoya qilingan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan) India.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha etirozlar (takliflar) qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
XK MChJ “BARAKA DORI FARM”
100015, Toshkent sh., Mirobod tumani, Afrosiyob kuch., 4-B,
tel. + (99871) 252-50-45, + (99871) 252-36-36
sot. +99893 388 87 82
info@kusumhealthcare-pv.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.