Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Диоксометилтетрагидропиримидин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
500 мг
Производитель
Нижфарм
Chiqarillish shakli
Rektal shamchalar
Metiluratsil rek. supp. 500mg №10 (Nijfarm) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- O‘rami
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- ATX kodi
Preparatning savdo nomi
Metiluratsil
Xalqaro patentlanmagan nomi
Dioksometiltetragidropirimidin
Dori shakli
rektal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
ta'sir etuvchi modda
dioksometiltetragidropirimidin (metiluratsil) - 500 mg;
suppozitoriylar uchun asos qattiq yog‘ (Vitepsol, N 15, W 35 markali, NA 15, NAS 50 markali)) supposir – 2,3 g vaznli suppozitoriy olguncha.
Ta'rifi
Oq yoki sarg‘ish yoki och-sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Suppozitoriy yuzasida oq karash paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar reparatsiyasining stimulyatori
ATX kodi
L03AX
Farmakologik xususiyatlari
Anabolik faollikka ega. Gemopoetik, leykopoetik, immunostimullovchi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Nuklein almashinuvini normallashtirib, to‘qimani o‘sishi va granulyatsion yetilishini va epitelizatsiyani (shu jumladan me'da ichak yo‘li shilliq qavatlarining tez proliferatsiyalovchi xujayralarida) tezlashtirib, jarohatlarda xujayra regeneratsiyasi jarayonlarini tezlashtiradi, eritro- va leykopoez, immunitetning xujayra va gumoral omillarini rag‘batlantiradi.
Qo‘llanilishi
Eroziv-yarali kolitlar, proktosigmoiditlar, orqa yo‘lining yoriqlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 8 yoshgacha bo‘lganbolalar.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi
Metiluratsil rektal suppozitoriylar preparati homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanganida xavfsizligiga oid mahsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat homiladorlarda va emizish davrida faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal 0,5-1 g sutkada 3-4 marta; 8-15 yoshli bolalarga – sutkada 500 mg. Davolash kursi kasallikning xarakteriga qarab 7 kundan 4 oygacha.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborish holatlari haqida xabar qilinmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta'siri yoki nomutanosibligi holatlari bayon etilmagan.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 500 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur uyali o‘ram preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
Bolalar olaolmaydigan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Yuridik shaxsning nomi va manzili va guvohnoma qayd qilingan shaxsning ismi/
Ishlab chiqaruvchi
/Iste'molchilarning e'tirozlari quyidagi manzilga jo‘natilsin
«NIJFARM» OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
tel. (831) 278-80-88
faks (831) 430-72-28
Internet http// www.nizhpharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.