Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Relif rektal supp. №12
Relif rektal supp. №12
Nomi | Narx | |||||
Релиф супп, рект №12 (23I16##2 065) |
UZS 75 100
Stokda yetarli (7)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Релиф супп, рект №12 (23I16##2 070) |
UZS 75 100
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фенилэфрин
Страна производитель
Италия
Производитель
Bayer Consumer Care AG, Швейцария произведено: Istituto De Angeli S.r.l.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
Xalqaro patentlanmagan nomi
. Yo‘q.
Savdo nomi. Relif.
Dori shakli
. Rektal suppozitoriylar.
Ta'rifi. Oq rangdan och-sariq rangligacha bo‘lgan torpedasimon shaklli tiniq bo‘lmagan suppozitoriylar.
Tarkibi
. Ta'sir etuvchi modda (1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi) fenilefrin gidroxloridi 5 mg.
Yordamchi moddalar kakao moyi, makkajo‘xori kraxmali, metilparagidroksibenzoat (E218), propilparagidroksibenvzoa(E216).
Farmakoterapevtikguruhi
Sirtga qo‘llash uchun gemorroyni va anal yoriqlarini davolash uchun boshqa vositalar. ATX kodi SOZAX.
Farmakologik xususiyatlari
Fenilefrin gidroxloridi al'fa-adrenomimetikhisoblanadi, qon tomirlarni mahalliy toraytiruvchi hususiyatiga ega, bu ekssudatsiyani kamayishiga, anorektal sohada to‘qimalar shishishi va qichishishini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
Gemorroy, anal yoriqlarni kompleks davolashda simptomatik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat gigiyenik muolajalar o‘tkazilganidan so‘ng qo‘llanadi.
Bir suppozitoriydan kuniga 4 martagacha (ertalab, kechasiga va ichakni har bo‘shnaganidan so‘ng) to‘g‘ri ichakka kiritiladi.
Davolash kursining davomiyligi kasallikning o‘ziga xosligini, dori vositasining o‘zlashtirilishi va erishilgan samarani hisobga olgan holda shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyidagi nojo‘ya reaktsiyalari bo‘lishi mumkin
Yurak-qon tomirlar tizimi tomonidan refraktor bradikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni oshishi.
Immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan boshqa
simpatomimetik vositalarga kesishgan reaktsiya tipidagi allergik reaktsiyalar, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, kontaktli dermatit ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, asabiylik, bosh og‘rig‘i, tremor, uyquchanlik, xavotirlik xissi, quyilib kelishlar xissi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kontaktli dermatit, giperemiya, teri toshmasi, qichishish, shish, og‘riq, achishish.
Nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, dori vositasini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og‘ir arterial gipertenziya, yurak ritmini taxisistolik buzilishi, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi, og‘ir buyrak va "yoki jigar yetishmovchiligi, tireotoksikoz, o‘tkir pankreatit, trombozmboliya (shu jumladan ilgari o‘tkazilgan), granulotsitopeniya, MAO ingibitorlari bilan davolash bekor qilingandan keyin monoaminoksidazalar (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda va 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalardan sezilarli darajada oshirib yuborilgan hollarda giperkoagulyatsiyagamoyillik kuzatilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilganda quyidagi buzilishlar rivojlanishi mumkin arterial gipertenziya, yurak sohasida va og‘riq diskamfort, yurak urishi, nafas olishni buzilishi, o‘pkada kardiogen bo‘lmagan shish, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, uykuni buzilishi, xavotirlik, ta'sirchanlik, gallyutsinatsiyali psixozlar, umumiy xolsizlik, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, oliguriya, siyishni buzilishi, yuzni qizarib ketishi. ko‘l-oyoqlarda sovuq qotish xissi, paresteziya, giperglikemiya, gipokalemiya, hayot uchun zarur
bo‘lgan a'zolarga qon quyilishlarni pasayishi, u ta'minlanishini yomonlashishiga olib kelishi mumkin,
buyraklarii qon bilan metabolik atsidoz, umumiy
periferik qarshilikni oshishi natijasida yurakni zo‘rqishi. Davolash simptomatik.
Ehtiyotkorlik choralari
Arterial gipertenziyasi, yurak-qon tomirlar kasalligi, qalqonsimon bez kasalligi, yopiq burchakli glaukoma, qandli diabet, jigar kasalligi, me'da osti bezi, siyishni buzilishi (masalan, prostata bezini giperplaziyasi) dori vositasini faqat shifokor maslahatidan so‘ng qo‘llash mumkin, davolash vaqtida shifokor kuzatuvi ostida bo‘lish zarur. Preparatni buyurishdan oldin anamnezida allergiya borligini aniqlash, shu jumladan boshqa vositalarga simpatomimetik allergik reaktsiyalar borligini aniqlash tavsiya etiladi.
Shikastlanish xolatlari yoki himoya plastik qobig‘i yo‘qligida suppozitoriylarni qo‘llash mumkin emas.
Orqa chiqarish yo‘lidan ko‘p miqdorda qonli ajralmalar kelganida yoki preparatni qo‘llaganda terapevtik samara bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish zarur. Metilparagidroksibenzoati va propilparagidroksibenzoatini saqlanishi tufayli, allergik reaktsiyani, shu jumladan sekin avj oluvchi turdagi reaktsiyalarni paydo bo‘lishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Preparatni qon-tomirlarni toraytiruvchi vositalar (oxirgilarni yuborish yo‘lidan qatiy nazar) bilan, shuningdek antigipertenziv dori vositalari (V-adrenoblokatorlar) qo‘llash tavsiya etilmaydi. Atropin sul'fat fenilefrin tomonidan chaqirilgan
refraktor bradikardiyani bloklaydi va fenilefringa bo‘lgan vazopressor reaktsiyani oshiradi. Fenilefrinni V-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda arterial
gipertenziyani va yurak blokadasi rivojlanishi extimoli bilan yaqqol bradikardiyaga olib kelishi mumkin.
Relif ni yurak o‘tkazuvchanligiga ta'sir etuvchi preparatlarni (yurak glikozidlari, antiaritmik vositalar), qalqonsimon bezi gormonlari bilan birga qo‘llanilganda extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Kaliyni chiqarilishini chaqiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda (masalan furosemid tipidagi diuretiklar bilan), gipokalemiyani oshirishi mumkin va fenilefringa o‘xshash vazopressor preparatlarga nisbatan sezuvchanligini kamaytiradi.
Fenilefrinni va boshqa simpatomimetik vositalar bilan bir vaktda qo‘llanilganda markaziy nerv tizimini qo‘shimcha rag‘batlantirishga olib kelishi mumkin, bu qo‘zg‘aluvchanlik, ta'sirchanlik, uyqusizlik, tirishish xurujlari rivojlanishi bilan kuzatiladi.
Relif dori vositasini bir vaqtda yoki 14 kun davomida MAO ingibitorlari bilan davolashni to‘xtatilgandan keyin qo‘llash mumkin emas.
Bolalarda qo‘llanishi
Dori vositasini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlarini rivojlanishi tufayli extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Saqlash sharoiti
25 "S.dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Uramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
O‘rami. 6 sushpozitoriydan 2 strip tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Berish tartibi. Retseptsiz.
Buyurtmachilshlab chiqaruvchi firmaning nomi, manzili Bayer Kons'yumer Ker AG,
Peter MerianShtrasse 84, 4052 Bazel', Shveytsariya. Istituto de Angeli S.r.l.,
50066 Reggello (Florentsiya), Lok. Prulli 1037s, Italiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
KSINOMEDI. O‘zbekiston Respublikasi, 100017, Toshkent sh., S-5, kottedj 155, Tel. 199871 244-96-00; faks 499871 244-95-47. E-mail info(sinomed.uz)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.