Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Производитель
A&D Electronies Shenzhen
A&D UA-888 adapteri bilan arterial bosimni o'lchash uchun avtomatik tonometr haqida va yo'riqnoma
HURMATLI XARIDOR!
Yaponiyaning A&D Company, Limited (Ey end Di Kompani, Limited) kompaniyasi Sizga arterial bosimni va tomir urishi chastotasini raqamli o‘lchagichni xarid qilganligingiz uchun minnatdorlik bildiradi. Ishonchimiz komilki, ushbu uskunaning sifati, ishonchliligi va afzalliklarini baholab, Siz mahsulotimizning doimiy foydalanuvchisiga aylanasiz.
• Uskunani xarid qilishda kafolat kartasi to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiring, unda mahsulot sotilgan sana va savdo tashkilotining muhri aniq qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
• Uskunadan foydalanishni boshlashdan oldin mazkur qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va uni kelgusida foydalanish uchun saqlab qo‘ying
• Uskunadan foydalanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
• Agar displeyda uskuna ko‘rsatkichlari qayd etilgan himoya plyonkasi yelimlangan bo‘lsa, uni olib tashlang.
Mazkur qo‘llanma arterial bosimni va tomir urishi chastotasini o‘lchash uchun raqamli uskunaning quyidagi modellariga joriy qilinadi UA-888, tarmoq adapterli UA-888, saqlash uchun g‘ilofli UA-888, tarmoq adapterli va saqlash uchun g‘ilofli UA-888.
USKUNA TA'RIFI VA ISHLASHI
USKUNANING BELGILANGAN VAZIFASI
UA-888, tarmoq adapterli UA-888, saqlash uchun g‘ilofli UA-888, tarmoq adapterli va saqlash uchun g‘ilofli UA-888 – sistolik (yuqori), diastolik (quyi) bosimni va yurak qisqarishlarining takrorlanish tezligini (tomir urishi chastotasini) o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Uskuna ostsillometrik o‘lchov usuliga asoslangan hamda arterial bosimni va tomir urishi chastotasini yakka tartibda nazorat qilish vositasi sifatida qo‘llanilish, shuningdek tibbiy muassasalarda ushbu parametrlarni dinamik kuzatishlar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur uskuna katta yoshdagi shaxslar tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki kichik yoshdagi bolalar bosimini o‘lchash uchun qo‘llanilishi mumkin emas.
Uskunadan xonada foydalanish tavsiya etiladi.
Uskunadan foydalanishdan oldin, shu jumladan ehtimoliy qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar masalalari bo‘yicha diplomli tibbiy mutaxassis (masalan, shifokor kardiolog) bilan maslahatlashish, so‘ngra esa foydalanishga doir qo‘llanma bilan diqqat-e'tibor ila tanishib chiqish kerak.
KO‘RSATMALAR
Arterial bosimni va tomir urishi chastotasini o‘lchash uchun uskuna yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tashxislash, profilaktika va nazorat qilishda qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR TO‘G‘RISIDA AXBOROT
Yelka sohasida teri qoplamalarining bitmagan yaralari mavjud holatda uskunadan foydalanish mumkin emas.
NOJO‘YA TA'SIRLAR
Uskuna uning qo‘llanilishi bilan bog‘liq ma'lum nojo‘ya ta'sirlarga ega emas.
USKUNANING QO‘LLANILISH XAVFLARI TO‘G‘RISIDA AXBOROT
• Uskunadan foydalanishni boshlashdan oldin foydalanishga doir qo‘llanmani diqqat-e'tibor bilan o‘qib chiqing.
• Biriktiruvchi naycha bilan tasodifiy bo‘g‘ilib qolishdan saqlanish maqsadida uskunani bolalar oldida qarovsiz qoldirib ketmang.
• Uskuna to‘plamida kichik yoshdagi bolalar yutib yuborgan holatda bo‘g‘ilib qolishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mayda detallar mavjud.
• Bosimni o‘lchash vaqtida biriktiruvchi naychani buramang, bu manjetadan havo bosimini yomonlashtirishi tufayli jarohatlarga olib kelishi mumkin.
• Uskuna suvga chidamli hisoblanmaydi. Uskuna korpusiga suv tushishiga yo‘l qo‘ymang.
• Uskunadan takroriy foydalanishda uning tozaligiga ishonch hosil qiling.
• Tarmoq adapteridan foydalanishda uni elektr tarmog‘idan oson uzib qo‘yish mumkinligiga ishonch hosil qiling.
• Xilpillovchi aritmiya bo‘lgan ayrim shaxslarda mazkur uskuna bilan o‘lchash imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Mutaxassis bilan maslahatlashing.
USKUNANING FUNKTSIONAL XUSUSIYATLARI
• Xotira 30 ta o‘lchovga mo‘ljallangan, o‘rtacha bosimning avtomatik hisob-kitobi.
• Aritmiya indikatori.
• Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) shkalasi bo‘yicha bosimni tashxislash.
• Foydalanishni soddalashtirish uchun uskuna va manjetadagi matnlar rus tilida yozilgan.
• Uch satrli displey.
• Foydalanuvchining qo‘l aylanasiga qarab, boshqa o‘lchamli manjetalarni ulash imkoniyati. Boshqa mos manjetalar masalasi bo‘yicha maslahat olish uchun “EY end DI RUS” MChJ Servis markaziga murojaat qiling.
• AA (LR6) 4 ta yangi ta'minot qismidan 700 tagacha o‘lchovlar.
• Ushbu model “EKONOM” to‘plamida taqdim qilinishi mumkin.
XAVFSIZLIK CHORALARI
• Hech qanday o‘zgartirishlar va modernizatsiyaga yo‘l qo‘ymang. Bu uskunaning me'yoriy ishlashini buzishi mumkin.
• Uskunaning tushib ketishiga yoki qattiq zarbalarga yo‘l qo‘ymang. Bu uskunaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Uskunadan televizor, mikroto‘lqinli pech, uyali telefon, rentgen nur tarqatgich va boshqa kuchli elektromagnit maydonli uskunalar yaqinida foydalanmang.
• Uskunadan yuqori harorat manbalari yaqinida foydalanmang. Uskunani uzoq vaqt bevosita quyosh nuri ostida qoldirmang, chunki bu korpus shaklini o‘zgartirishi mumkin.
• Agar uskunadan uzoq vaqt foydalanilmasa, elektrolit oqish ehtimolini bartaraf qilish uchun ta'minot qismlarini olib tashlang.
• Uskunaning shikastlanish xavfini kamaytirish uchun uni namlik ta'siridan saqlang.
TEXNIK TAVSIFLAR
O‘lchov usuliOstsillometrik
O‘lchov chegaralari20–280 mm simob ustuni (bosim) 40–200 urish/daqiqa (tomir urish chastotasi)
O‘lchov xatolari
bosim
tomir urishi
± 3 mm simob ustuni
± 5 %
Manjetaga dam berish usuli Avtomatik
Manjetadan havo chiqarish usuli Avtomatik
Tovushli signal balandligi,dB, eng ko‘pi bilan 40
Ta'minot manbai AA, 6V, turidagi ta'minotning 4 ta qismi, tarmoq adapteri (to‘plamga kiritilishi mumkin)
Tarmoq adapteri Kirish kuchlanishi 100–240 V, 50–60 Gts, iste'mol quvvati 8-14 VA
Chiqish kuchlanishi stabilizirator
6 V, 500 mA.
Tarmoq adapteri tavsiflariga barcha qayd etilmagan ko‘rsatkichlar uchun joiz ko‘rsatkich ±10% ni tashkil etadi
Adapter o‘lchami, mm, ±10% 54 x 20,5 x 65
Adapter og‘irligi, g, ±10% 44
Adapter shnurining uzunligi, mm,
±10% 1480
Uskuna o‘lchami, mm, ±10% 130 x 96 x 68
Elektr ta'minotsiz og‘irligi, g, ±10%245
Standartmanjeta o‘lchamlari (22-32 sm), sm, ±10% 13,8x50,8
Standartmanjeta og‘irligi (22-32 sm), g, ±10% 115
Qo‘l aylanasi, sm 22–32
Standartmanjeta o‘lchamlari, (23–37sm), sm, ±10% 15,1x54,5
Standartmanjeta og‘irligi (23-37 sm), g, ±10% 145
Qo‘l aylanasi, sm 23–37
Biriktiruvchi naycha uzunligi, mm, eng ko‘pi bilan 500
Konnektor o‘lchamlari, mm, ±10% 34x24x10
Saqlash uchun g‘ilof o‘lchamlari (to‘plamga kiritilishi mumkin), mm,
±10%
200 x 300
Saqlash uchun g‘ilof og‘irligi, g, ±10% 14
Sharoit foydalanish saqlash
+10°C dan
+40°C gacha –20°C dan
+60°C gacha
Namlik Eng ko‘pi bilan 85% Eng ko‘pi bilan 95%
Bosim 70 kPa dan
106 kPa gacha 70 kPa dan
106 kPa gacha
Tasniflanishi Elektr xavfsizlik sinfi GOST R MEK 60601-1-2010 standartiga muvofiq
Ichki ta'minot manbali tibbiy buyum o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ta'minlanishda II darajali tibbiy buyumlar talablariga javob beradi.
Yuqori kislorod tarkibli muhitda foydalanish uchun yaroqliligi qo‘llanilmaydi, mazkur uskuna yuqori kislorod tarkibli muhitda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.
Ish rejimi uzoq muddatli ish rejimi.
Ishchi qismi turi GOST R MEK 60601-1-2010 BF turi standartiga muvofiq.
Qobiq bilan ta'minlanadigan himoya darajasi GOST 14254-2015 IP20 standartiga muvofiq.
Dasturiy ta'minot to‘g‘risida axborot
Xavfsizlik sinfi – B
Modeli Dasturiy ta'minotning to‘liq nomi Yangilanish versiyasi Yangilanish sanasi Uskuna ekranida dasturiy ta'minot kodi
UA-888 DA11240207006 006 Noyab. 2018 207 06
TRANSPORTIROVKA QILISH
Uskunani transportirovka qilishda atrof-muhit sharoitlari
–20°C dan +60°C gacha.
Namlik 10% dan 95% gacha.
Havo bosimi 70 dan 106 kPa gacha
ISHLAB CHIQARUVCHI
A&D Company, Ltd, 3-23-14, Higashi-Ikebukuro, Toshima-ku, Tokyo, 170-0013, Japan/ Ey end Di Kompani, Limited, Yaponiya, 3-23-14, Xigashi-Ikebukuro, Toshima-ku, Tokio, 170-0013 Yaponiya

Harorat