Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Производитель
A&D Company Japan
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Tonometr
Arterial bosimni o'lchash uchun mexanik tonometr A&D UA-200 haqida va yo'riqnoma
- Ishlab chiqaruvchi
- Manjetada havo bosimi ko‘rsatkichlari diapazoni
- Manjetada havo bosimini o‘lchash diapazoni
- Manjetaning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
- Manjetaning og‘irligi, (±10%)
- Standart manjeta (22-32 sm) UA-200 (biriktiruvchi naychalar bilan)
- Katta manjeta (32-45 sm) (biriktiruvchi naychalar bilan)
- Biriktiruvchi naychalar uzunligi, (±10%)
- Qo‘l aylanasi doirasi
- Bosim haydagichning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
- Bosim haydagichning og‘irligi, (±10%)
- Chiqarish klapanining gabarit o‘lchamlari, (±10%)
- Chiqarish klapanining og‘irligi, (±10%)
- Saqlash uchun g‘ilofning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
- Saqlash uchun g‘ilofning og‘irligi, (±10%)
HURMATLI XARIDOR!
Yaponiya A&D Company, Limited (Ey end Di Kompani, Limited) kompaniyasi Sizga arterial bosim o‘lchagichni xarid qilganingiz uchun minnatdorlik bildiradi. Mazkur uskunaning sifatini, ishonchliligini va afzalliklarini baholab, Siz mahsulotimizning doimiy foydalanuvchisi bo‘lib qolishingizga ishonchimiz komil.
• Uskunani xarid qilishda kafolat kartasi to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiring, unda sotilgan sana va savdo tashkilotining muhri aniq qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
• Uskunani ishlatishdan oldin ushbu foydalanishga doir qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va uni kelgusida foydalanish uchun saqlab qo‘ying.
Mazkur qo‘llanma quyidagi arterial bosimni o‘lchash uskunalari modellariga joriy qilinadi UA-100, UA-200.
TIBBIY USKUNANING NOMI
«Arterial bosimni o‘lchash uskunasi, modellari UA-100, UA-200».
A&D Company, Limited («Ey end Di Kompani Limi-ted»), Yaponiya.
USKUNANING BELGILANGAN VAZIFASI
UA-100, UA-200 – sistolik (yuqori) va diastolik (quyi) bosim miqdorlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan uskuna. Ushbu uskuna auskulьtativ o‘lchov usuliga asoslangan hamda arterial bosimni yakka tartibda nazorat qilish vositasi sifatida qo‘llanish, shuningdek tibbiy tashkilotlarda ushbu parametrlarni dinamik kuzatishlar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu uskuna katta yoshdagi shaxslar tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki kichik yoshdagi bolalar bosimini o‘lchash uchun qo‘llanilishi mumkin emas. Uskunadan xonada foydalanish tavsiya etiladi.
Uskunadan foydalanish oldidan, shu jumladan, qo‘llanish mumkin bo‘lmagan holatlar masalalari bo‘yicha diplomli tibbiy mutaxassis (masalan, shifokor-kardiolog) bilan maslahatlashish, so‘ngra esa foydalanishga doir qo‘llanma bilan diqqat bilan tanishib chiqish kerak.
UMUMIY KO‘RSATMALAR, QO‘LLANISH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR VA NOJO‘YA TA'SIRLARI
Qo‘llanishi
Yurak-qon tomir va nevrologik kasalliklarda qo‘llaniladi.
Qo‘llanish mumkin bo‘lmagan holatlar
Yelka sohasida teri qoplamalarining bitmagan yaralari mavjud bo‘lgan holatda foydalanish mumkin emas.
NOJO‘YA TA'SIRLARI
Uskunadan to‘g‘ri foydalanilgan holatda nojo‘ya ta'sirlar aniqlanmagan.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
• Uskunani ishlatishdan oldin ushbu foydalanishga doir qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing.
• Biriktiruvchi naychalar bilan tasodifiy bo‘g‘ilib qolishdan saqlanish uchun uskunani bolalar oldida qarovsiz qoldirib ketmang.
• Uskuna to‘plamida bolalar yutib yuborgan holatda bo‘g‘ilib qolishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mayda detallar bor.
• Bosimni o‘lchash vaqtida biriktiruvchi naychalarni buramang, bu manjetadan havo chiqishi yomonlashishi tufayli jarohatlarga olib kelishi mumkin.
• Uskuna suvga chidamli hisoblanmaydi. Uskuna korpusiga suv tushishiga yo‘l qo‘ymang.
• Uskunadan takroriy foydalanishda uning tozaligiga ishonch hosil qiling.
• Uskunaning hech qanday o‘zgarishi yoki modernizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymang. Bu uskunaning me'yoriy ishlashi buzilishiga olib kelishi mumkin.
• Uskunaning tushib ketishiga yoki kuchli zarbalarga yo‘l qo‘ymang. Bu uskunaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Yuqori harorat manbalari oldida uskunadan foydalanmang va uni joylashtirmang.
• Uskunaning shikastlanish xavfini kamaytirish uchun uni namlik ta'sirida qoldirmang.
UA-100 USKUNASINING FUNKTSIONAL XUSUSIYATLARI
• Metall manometr.
• Manjeta ichiga o‘rnatiladigan stetoskop.
• Standart manjeta.
• Havo chiqishini bir tekisda rostlash.
• Bosim haydagichda changga qarshi to‘rcha.
• Saqlash uchun g‘ilof.
UA-200 USKUNASINING FUNKTSIONAL XUSUSIYATLARI
• Metall manometr.
• Rappaport stetoskop.

TEXNIK TAVSIFLARI
O‘lchash usuliAuskultativ (Korotkov usuli)
0 dan 300 mm simob ustunigacha
20 dan 280 mm simob ustunigacha
Manjetada havo bosimini o‘lchashda joiz mutlaq xatolik doiralari ±3 mm simob ustuni
Manjetaga dam berish usuli Qo‘lda
Manjetadan havo chiqarish usuli Qo‘lda
Uskuna manometri shkalasini bo‘lish bahosi, mm simob ustuni
2
Manometrning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
Manometrning diametri, (±10%)
Manometrning og‘irligi, (±10%)
88 x 33,5 mm 51 mm
105 g
Standart manjeta (22-32 sm) 520x140 mm
Katta manjeta (32-45 sm) 620x175 mm
Kichik manjeta (18-22 sm) 350x110 mm
Standart manjeta (22-32 sm) UA-100 (biriktiruvchi naychalar va membrana bilan) 146 g
126 g
164 g Kichik manjeta (18-22 sm) (biriktiruvchi naychalar bilan) 100 g
490 mm
Standart manjeta (22-32 sm) 22-32 sm
Katta manjeta (32-45 sm) 32-45 sm
Kichik manjeta (18-22 sm)
18-22 sm
80x45x45 mm
28 g
31x24x12 mm
18 g
200x105x65 mm
54 g
Sharoitlarfoydalanish saqlash
Harorat +10°C dan +40°C gacha
-20°C dan
+60°C gacha
Namlik Eng ko‘pi bilan 85% Eng ko‘pi bilan 95%
O‘RAB JOYLASHTIRISH
Manjeta, bosim haydagich, chiqarish klapani, kafolat kartasi va foydalanishga doir qo‘llanmadan tashqari, uskunaning asosiy bloki (manometri) va barcha butlovchi qismlari saqlash uchun g‘ilof ichida polietilen paketlarga joylashtirilgan. G‘ilof polietilen paketga o‘ralgan va kartondan tayyorlangan alohida o‘ram idish (kartonli o‘rab joylashtirish qutichasi) ichiga joylashtirilgan.
USKUNANING TA'RIFI VA TARKIBIY QISMLARI ISHLASHI
BUTLOVChI QISMLAR
ISHLASH TA'RIFI
Asosiy blok (manometr) Uskuna bosimni o‘lchash va ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Biriktiruvchi naychalar bilan standart manjeta (22-32 sm) Arterial bosimni o‘lchashda kompression bosim yaratish va uni arteriya proyektsiyasi sohasiga uzatish uchun mo‘ljallangan. Biriktiruvchi naychalar asosiy blok (manometr) va bosim haydagichni biriktirish uchun mo‘ljallangan.
Biriktiruvchi naychalar bilan katta manjeta (32-45 sm) Arterial bosimni o‘lchashda kompression bosim yaratish va uni arteriya proyektsiyasi sohasiga uzatish uchun mo‘ljallangan. Biriktiruvchi naychalar asosiy blok (manometr) va bosim haydagichni biriktirish uchun mo‘ljallangan.
Biriktiruvchi naychalar bilan kichik manjeta (18-22 sm) Arterial bosimni o‘lchashda kompression bosim yaratish va uni arteriya proyektsiyasi sohasiga uzatish uchun mo‘ljallangan. Biriktiruvchi naychalar asosiy blok (manometr) va bosim haydagichni biriktirish uchun mo‘ljallangan.
Manjeta ichiga o‘rnatiladigan stetoskop Arterial bosimni o‘lchashda Korotkov tovushlarini eshitish uchun mo‘ljallangan.
Rappaport stetoskop Arterial bosimni o‘lchashda Korotkov tovushlarini eshitish uchun mo‘ljallangan.
Bosim haydagich Manjetaga havoni damlash uchun mo‘ljallangan.
Chiqarish klapani Manjetadan havoni chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Stetoskop uchun qoplamalar to‘plami Rappaport stetoskopi uchun mo‘ljallangan
- almashtiriladigan katta voronka;
- almashtiriladigan kichik voronka;
- zaxira shaffof katta plastik membrana;
- zaxira shaffof kichik plastik membrana;
- qo‘ng‘iroq;
- quloq uchun qattiq olivlar;
- quloq uchun yarim qattiq olivlar.
Saqlash uchun g‘ilof Uskunani saqlash uchun mo‘ljallangan.
Kafolat kartasiFoydalanuvchini uskunaga kafolat shartlari to‘g‘risida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan.
Foydalanishga doir qo‘llanmaFoydalanuvchini uskunadan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, uning funktsional xususiyatlari, texnik tavsiflari, to‘plami, ishlab chiqaruvchi manzillari, ishlab chiqaruvchilar zavodlari va import qiluvchi haqida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan.
Kartonli o‘rab joylashtirish qutichasi Uskuna va tarkibiy qismlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
FOYDALANISHGA TAYYORLASH
• Manjetani yelkaga tirsak bukiladigan joyidan yuqori 2–3 sm masofada qo‘ying.
• Kiyim yengini burab shimarmang (bu qon tomirlarida qon oqimiga xalaqit qilishi mumkin) va zich gazlamadan tikilgan kiyim ustidan o‘lchovni amalga oshirmang.
• Manjetani zich mahkamlang.
• Noto‘g‘ri mahkamlangan manjeta bilan o‘lchash noto‘g‘ri natija berishi mumkin.
• Stetoskop olivlarini quloqqa, stetoskop kallagini esa manjeta ostidagi arteriyaga joylashtiring.
Tavsiyalar
Arterial bosimni kuniga ikki marta – ertalab va kechki payt o‘lchash kerak. Arterial bosim darajasini baholash uchun har bir qo‘lda eng kamida 1 daqiqa interval bilan eng kamida 3 ta o‘lchov amalga oshiriladi.
So‘ngra arterial bosim yuqoriroq arterial bosimli bitta qo‘lda o‘lchanadi.
O‘LCHASHNI AMALGA OSHIRISH
Diqqat!
Yanada aniq natijalar olish uchun
• Qahva, choy ichilganidan, chekishdan, ko‘z tomizg‘ilari qo‘llanilganidan so‘ng 30 daqiqadan keyin o‘lchashni amalga oshiring.
• O‘lchashdan oldin 5-10 daqiqa davomida dam oling.
• Qulay o‘tirib oling va qo‘lingizni stol ustiga kaftingiz yuqori holatda qo‘ying.
• Qo‘lingizni manjeta yurak darajasida bo‘ladigan tarzda qo‘ying.
• O‘lchash vaqtida oyoqlaringizni chalishtirib o‘tirmang.
• O‘lchash vaqtida harakatlanmang va gaplashmang.
1. Bosim haydagich yordamida 20 mm simob ustuni darajasigacha manjetaga havoni damlang, undan yuqori holatda bilak arteriyasida tomir urishi yo‘qoladi.
2. Chiqish klapanining bekituvchi vintini manjetadan havo chiqish tezligi taxminan bir soniyada 2 mm ni tashkil etadigan sharoitda oching.
3. Siz, eng kamida, ikkita ketma-ket qisqarishlar tovushini (birinchi Korotkov tovushlarini) eshitgan darajasini qayd eting. Ushbu miqdor sistolik arterial bosimga muvofiqdir.
4. Tovush pasayib, yo‘qolgungacha manjetada bosim pasaytirilishini davom ettiring. Tovushlar haqiqatan ham yo‘qolganiga ishonch hosil qilish uchun bosim yana 15–20 mm simob ustuniga pasaygungacha eshitishni davom ettiring. Agar tovushlar juda kuchsiz bo‘lsa, qo‘lni ko‘tarish va panjalar bilan bir necha qisish harakatlarini bajarish, so‘ngra o‘lchashni takrorlash kerak. Arteriyani stetoskop membranasi bilan bosish kerak emas.
5. Manjetada bosim nolgacha tushishi uchun chiqish klapanining bekituvchi vintini to‘liq ochib, manjetadan qoldiq havoni chiqarib yuboring.
6. Tovush pasayishi boshlangan nuqtadan bor-yo‘g‘i bir necha millimetr simob ustuniga pastroq bo‘lgan tovushlarning yo‘qolish nuqtasi katta yoshdagi odamlar diastolik arterial bosimining eng aniq raqamini ko‘rsatadi.
Ayrim odamlarda tovushlarning pasayish nuqtasi va yo‘qolish nuqtasi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Agar farq 10 mm simob ustunidan ko‘proq bo‘lsa, har ikki miqdorni yozib qo‘ying (masalan, 150/80/68 mm simob ustuni). Sistolik va diastolik bosim miqdorlarini 2 mm simob ustuni doirasida yaxlitlang. 1 daqiqa kutib turing, so‘ngra takrorlang. O‘rtacha ko‘rsatkichni hisoblab chiqing.
TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
Texnik xizmat ko‘rsatish tarkibi va davriyligi
• Uskunadan foydalanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan holatda, ularni bartaraf etish bo‘yicha yo‘riqnomadan foydalaning.
• Agar yuqorida qayd etilgan harakatlar muammoni bartaraf qilmasa, «EY end DI RUS» MChJ Servis markaziga murojaat qiling. Uskunani mustaqil ravishda ochishga yoki ta'mirlashga urinmang. Bu kafolat yo‘qotilishiga olib keladi.
• Uskuna uzoq xizmat muddati uchun ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan. Biroq, uskunaning tegishlicha ishlashini va o‘lchovlar aniqligini ta'minlash uchun uni har ikki yilda tekshirish tavsiya etiladi. «EY end DI RUS» MChJ Servis markaziga murojaat qiling.
MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH
Muammo
Ehtimoliy sababi
Tavsiya etiladigan harakatlar
Bosim pasaygan
Manjeta zich mahkamlanmagan
Manjetani to‘g‘ri taqing va o‘lchashni takrorlang
Bosim yuqorilashgan

O‘lchash vaqtida harakatlanish
O‘lchashni takrorlang. O‘lchash vaqtida harakatlanmang va gaplashmang
O‘lchashgacha eng kamida 30 daqiqa oldin qahva, choy ichilishi, chekish, ko‘z tomizg‘ilari qo‘llanilishi 30 daqiqa kutib turing va o‘lchashni takrorlang
Kuchsiz tovushlar
Tovushlarning quyi intensivligi
Qo‘lni ko‘taring, panjalar bilan bir necha qisish harakatlarini bajaring va o‘lchashni takrorlang
O‘lchash vaqtida qo‘lda og‘riq paydo bo‘lishi
Manjeta noto‘g‘ri mahkamlangan

USKUNANI SAQLASH VA UNGA QARASH
Uskunani kirlanishlar, haroratning keskin o‘zgarishlari, yuqori namlik, bevosita quyosh nuri tushishi, zarbalar, tebranishlar va changlardan ehtiyot qiling.
Manjetaning qattiq o‘ralishidan va biriktiruvchi naychalarning buralib qolishidan saqlaning.
Uskunani bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
USKUNANI STERILLASH, TOZALASH VA DEZINFEKTSIYALASH TO‘G‘RISIDA MA'LUMOTLAR
Uskunaning asosiy bloki (manometri), manjetalari, biriktiruvchi naychalar, shuningdek bosim haydagich tozalanishini yumshoq paxtali tampon (yoki yumshoq latta) yordamida kuchsiz sovunli eritmadan foydalanib amalga oshirish kerak.
Uskuna yoki manjetani tozalash uchun spirt, benzin, eritgich yoki boshqa agressiv ximikatlardan hech qachon foydalanmang.
Manjeta dezinfektsiyasini 3% vodorod peroksidi eritmasidan yoki 0,5% neytral yuvish vositasi eritmasi qo‘shilgan holda, 3% vodorod peroksidi eritmasidan foydalanib, yumshoq paxtali tampon (yoki yumshoq latta) yordamida amalga oshirish kerak.
Uskunani va uning tarkibiy qismlarini (shu jumladan manjetani) sterillash nazarda tutilmagan.
TRANSPORTIROVKA QILISH
Uskunani transportirovka qilishda atrof-muhit sharoitlari
Harorat -20°C dan +60°C gacha;
Namlik 10% dan 95% gacha;
Atmosfera bosimi 70 dan 106 kPa gacha.
UTILIZATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA MA'LUMOTLAR
Uskuna va uning tarkibiy qismlari xizmat muddati tugaganidan so‘ng utilizatsiya qilinadi.
Uskunani saralanmagan maishiy chiqindilar bilan birga yo‘q qilmang.
Uskunalar tibbiy uskunalarni utilizatsiya qilish bo‘yicha mahalliy qonun hujjatlari talablariga muvofiq maxsus topshirish punktlarida alohida utilizatsiya qilinishi kerak.
ISHLAB CHIQARUVCHI
A&D Company Limited, 3-23-14, Higashi-Ikebukuro, Toshima-ku, Tokyo, 170-0013, Japan/EY end DI Kompani Limited, 3-23-14, Xigashi-Ikebukuro, Toshima-ku, Tokio, 170-0013, Yaponiya.

Ishlab chiqaruvchi

Manjetada havo bosimi ko‘rsatkichlari diapazoni
0 dan 300 mm simob ustunigacha
Manjetada havo bosimini o‘lchash diapazoni
20 dan 280 mm simob ustunigacha
Manjetada havo bosimini o‘lchashda joiz mutlaq xatolik doiralari ±3 mm simob ustuni
Manjetaga dam berish usuli Qo‘lda
Manjetadan havo chiqarish usuli Qo‘lda
Uskuna manometri shkalasini bo‘lish bahosi, mm simob ustuni
2
Manometrning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
Manometrning diametri, (±10%)
Manometrning og‘irligi, (±10%)
88 x 33,5 mm 51 mm
105 g
Manjetaning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
Standart manjeta (22-32 sm) 520x140 mm
Katta manjeta (32-45 sm) 620x175 mm
Kichik manjeta (18-22 sm) 350x110 mm
Manjetaning og‘irligi, (±10%)
Standart manjeta (22-32 sm) UA-100 (biriktiruvchi naychalar va membrana bilan) 146 g
Standart manjeta (22-32 sm) UA-200 (biriktiruvchi naychalar bilan)
126 g
Katta manjeta (32-45 sm) (biriktiruvchi naychalar bilan)
164 g Kichik manjeta (18-22 sm) (biriktiruvchi naychalar bilan) 100 g
Biriktiruvchi naychalar uzunligi, (±10%)
490 mm
Qo‘l aylanasi doirasi
Standart manjeta (22-32 sm) 22-32 sm
Katta manjeta (32-45 sm) 32-45 sm
Kichik manjeta (18-22 sm)
18-22 sm
Bosim haydagichning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
80x45x45 mm
Bosim haydagichning og‘irligi, (±10%)
28 g
Chiqarish klapanining gabarit o‘lchamlari, (±10%)
31x24x12 mm
Chiqarish klapanining og‘irligi, (±10%)
18 g
Saqlash uchun g‘ilofning gabarit o‘lchamlari, (±10%)
200x105x65 mm
Saqlash uchun g‘ilofning og‘irligi, (±10%)