Tinchlantiruvchi vositalar: nima uchun kerak va qanday ta’sir qiladi?
Tinchlantiruvchi vositalar - tinchlantiruvchi ta’sirga olib keluvchi, jismoniy va emotsional zo‘riqishni kamaytiruvchi, uxlatuvchi ta’sirga ega bo‘lmagan sintetik yoki o‘simlik komponentlari asosidagi dori vositalari.
Yengil shakldagi emotsional buzilishlarda asab tizimi uchun tinchlantiruvchi tabletkalar yordam beradi. Ular tashqi omillarning organizmga ta’sirini va ruhiy toliqishni kamaytiradi, shuningdek, kunduzgi faollikni qisqartiradi va shu bilan markaziy asab tizimi faoliyatini tartibga soladi, qo‘zg‘atuvchilar jarayonlarini to‘xtatadi va tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Ular kattalar va bolalar uchun quyidagi kasalliklarda mo‘ljallangan:
-
nevrozlar va nevrasteniya;
-
psixoemotsional buzilishlar;
-
yuqori darajadagi xavotir;
-
uyqusizlik;
-
o‘ta ta’sirchanlik;
-
yurak-qon tomir tizimi va oshqozon-ichak trakti buzilishlari;
-
vahima xurujlari
Jiddiyroq asab buzilishlarida kuchli tinchlantiruvchi dorilar yoki trankvilizatorlar qo‘llaniladi. Ular kelib chiqishi sintetik bo‘lgan psixotrop moddalardir. Ushbu dorilar insonning his-tuyg‘ulariga va hatto uning tafakkuriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Emotsional holat o‘zgarishlari, agressivlik, vahima xurujlari, asabiylashish kabi simptomlar yaqqol namoyon bo‘lganda trankvilizatorlar buyuriladi.
Qanday tinchlantiruvchi dorilar mavjud?
Trankvilizatorlar qo‘llanilishiga ko‘ra sedativ, vegetokorreksiyalovchi, anksiolitik, tutqanoqqa qarshi, miorelaksantlarga ajratiladi. Kuchli tinchlantiruvchi dorilarni qabul qilganda, turli xil nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham dorilarni qo‘llashdan oldin ularning tarkibi bilan tanishib, davolovchi shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul. Biror dori vositasini buyurishda bemorning yoshi va jismoniy holati, ruhiy buzilish darajasi yoki stress holati, boshqa dori vositalarini qabul qilishi, turli zararli odatlar yoki tobeliklarning mavjudligi hisobga olinadi. Quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
-
Homiladorlarga - dorilarning ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri homilaga ta’sir qilishi mumkin.
-
Bolalar uchun - dozani to‘g‘ri hisoblash kerak.
Toshkentda retseptsiz yaxshi tinchlantiruvchi dorilarni xarid qilish
Samarali tinchlantiruvchi vositalarni PharmaClick.uz internet-dorixona saytidan hamyonbop narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Bizda siz uchun eng mos va hamyonbop dori vositasini turli xil mahsulotlar orasidan topishingiz mumkin. Buyurtmalarni rasmiylashtirish tez amalga oshiriladi va kuryerlarimiz kerakli dori-darmonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentdagi uyingizga yetkazib beradi, shuningdek, biz O‘zbekistonning boshqa shaharlari bo‘ylab yetkazib berish xizmatini ham taqdim etamiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.