Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Alleva sirop 150ml flak.
Alleva sirop 150ml flak.
Nomi | Narx | |||||
Аллева сироп 150мл флак (305001282##2007) |
UZS 77 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сухой концентрат: цветков липы, мелиссы лекарственной, ромашки, плодов апельсинового дерева, лаванды
Страна производитель
Турция
Дозировка
150 мл
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Alleva
Dori shakli
sirop.
Tarkibi
150 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Jo‘ka gullarining quruq kontsentrati 2,295 g;
Dorivor limono‘tning quruq kontsentrati 2,228 g;
Moychechakning quruq kontsentrati 2,228 g;
Passiflora ekstrakti 1,500 g
Qulmoq ekstrakti 750,0 mg
Apelsin daraxti mevalarining quruq ekstrakti 750,0 mg
Lavanda ekstrakti 750,0 mg
yordamchi moddalar glitserin, maltitol, kaliy sorbati, «Greypfrut» aromatizatori, «Olcha» aromatizatori, sukraloza, tozalangan suv.
Ta'rifi to‘q sariq-jigarrang rangli meva hidli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
Boshqa uyqu va sedativ preparatlar.
ATX kodi N05CM
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Alleva – majmuaviy fitopreparat bo‘lib, tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan ifodalanadi.
Jo‘ka gullari tinchlantiruvchi, spazmolitik, siydik haydovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Tarkibi
da bioflavonoidlar borligi hisobiga yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Bezovta harakatlarni kamaytiradi, diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi. Jo‘kaning keng ta'sir doirasi gullarining kimyoviy tarkibi bilan ifodalanadi, uning tarkibiga glikozidlar, oshlovchi moddalar, karotin va askorbin kislotasi (A va S vitaminlari), saponinlar, flavonoidlar, kumarin, shuningdek efir moylari va mikroelementlar kiradi.
Dorivor limono‘t miya faoliyatini yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini bartaraf qiladi, juda yaxshi terlatuvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, u nerv tizimini tinchlantiradi va tabiiiy antidepressant hisoblanadi. Ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi.
Dorivor Moychechak yallig‘lanishga qarshi, qon to‘xtatuvchi, antiseptik, dezinfektsiya qiluvchi, burishtiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, sedativ, tirishishga qarshi, terlatuvchi, safro haydovchi hususiyatlarga ega. Moychechakning tarkibiga oqsillar, kamed, shilliq, achchiq ta'mi, efir moylari va boshqa moddalar kiradi. Efir moylarining tarkibiga kiruvchi azulen (xamazulen) yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega, moychechakdan ajratib olingan apigenin va apiin – spazmolitik hususiyatga ega.
Passiflora alkaloidlar va flavonoid – viteksin saqlaydi, markaziy nerv tizimiga yengil tinchlantiruvchi ta'sirga ega, uyquni tiklanishiga yordam beradi, bezovtalik va asabiylikni kamaytiradi, silliq mushaklarga spazmolitik ta'sirga ega, yurak ishini yaxshilaydi, sedativ ta'sir ko‘rsatadi.
Qulmoq sedativ, siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, me'da-ichak yo‘llarining tonusini oshiruvchi vosita hisoblanadi. Shuningdek ishtahani yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Apelsin daraxti mevalari yurak faoliyatini yaxshilaydi.
Lavanda tinchlantiruvchi va uxlatuvchi samaralarga ega, og‘riqni bartaraf qilishga yordam beradi. Lavanda iste'mol qilish ishtahani oshirish, kislotalikni, arterial bosimni normallashtirish imkonini beradi.
Farmakokinetikasi
Alleva preparatining ta'siri uning komponentlarini umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Alleva preparati harakat va asab-ruhiy qo‘zg‘aluvchanligini oshishi bilan kechuvchi nevrotik buzilishlari (shu jumladan neyrotsirkulyator distoniya, gipertenzion-gidrotsefal sindromi fonida va boshqalar) bo‘lgan bolalarda tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Alleva siropi ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin siropni chayqatish kerak. Zarurat bo‘lganida siropni suvda, mevali sharbatda, bolalar ozuqasida suyultirish mumkin.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat 2,5 ml dan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 1-2 marta buyuriladi.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan katta bolalarga – 5 ml dan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
Siropni dozalash uchun qutisida mavjud bo‘lgan o‘lchov stakani ishlatiladi.
Davolash kursi va davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda ishlatilganida ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni individual o‘zlashtirolmaslik yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Barbituratlar, trankvilizatorlar kabi, markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida preparatning sedativ va uxlatuvchi samaralari kuchayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibida o‘simliklardan olinadigan komponentlar borligi tufayli, cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin, flakon chayqatilganida u darrov yo‘qoladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Alleva preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari xaqida xabar berilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida me'dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan sariq rangli shisha flakonlarda, buraladigan himoya qopqog‘i yopilgan, va himoya xalqasi bilan ta'minlangan.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi va o‘lchov stakani bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqarilgan
“Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.”, Turkiya
(15 Temmuz Max. Djami Yolu Djad. № 50 Gyuneshli Bagdjilar / Istambul)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(15 Temmuz Mah. Cami Yolu Cad. No 50 Güneşli Bağcılar / İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Tar Pharm Alliance”, MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘chasi, 166 uy
Telefon (+998) 71 277-76-78, (+998) 71 277-76-48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.