Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Успокой таб. №20 (8010825-1##2790) |
UZS 14 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Комбинированный препарат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Материа Медика Холдинг
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Uspokoy tab. №20 haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Uspokoy
Dori shakli
gomeopatik tabletkalar.
Tarkibi
Faol moddalar Zincum isovalerianicum (Zincum valerianicum) S200, Cimicifuga racemosa (Cimicifuga) S200, Strychnos ignatii (Ignatia) S200.
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta'rifi yassi silindrik shaklli faskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gomeopatik vosita
Farmakologik ta'siri
Preparat anksiolitik va sedativ samaralarga ega.
Qo‘llanilishi
Preparat yuqori asabiylashishda, ta'sirchanlikda, yurak-qon tomir buzilishlari bilan bog‘liq nevrozlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat har kuni 1 tabletkadan ertalab, ovqatdan kamida 15 minut oldin qabul qilinadi. Tabletkani til ostida chaynamasdan va yutmasdan to‘liq erib ketgunicha tutib turish kerak.
Yuqori nerv-psixik yuklamalarda (stresslarda) preparatni kuniga 2-3 marta qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Davolash kursi 1-2 oyni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursi ikki-uch haftadan keyin qaytariladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Prepart komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi (18 yoshgacha).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd qilinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibida laktoza bo‘lganligi sababli, uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktozani kam so‘rilishi sindromi, yoki tug‘ma laktoza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza tasodifan oshirib yuborilganida preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq bo‘lgan dispeptik holatlar bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folga kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchining nomi, manzili/e'tirozlarini qabul qiluvchi tashkilot
“NPF”MATERIA MEDIKA XOLDING” MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-nchi Samotechnыy per., 9 uy.
Tel/faks (495) 684-43-33.
Mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qiluvchi tashkilotning manzili
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘ch., 11 uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.