Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Barboval 25ml
Nomi | Narx | |||||
Барбовал 25мл (161023##2 249) |
UZS 19 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этиловый эфир альфа-бромизовалериановой кислоты, фенобарбитал, р-р ментола в ментиловом эфире изовал
Страна производитель
Украина
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли оральные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Barboval
Dori shakli
peroral qo‘llash uchun tomchilar
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar 100% quruq moddaga hisoblaganda 18 mg bromizovalerian kislotasining etil efiri; 80 mg izovalerian kislotasining mentil efiridagi (validol) mentol eritmasi, 17 mg fenobarbital;
Yordamchi moddalar natriy atsetat trigidrati, etanol (96%), tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz, spetsifik xushbo‘y hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Uyqu chaqiruvchi va sedativ preparatlar. Barbituratlarning majmuaviy preparatlari.
ATX kodi N05C B02.
Farmakologik xususiyatlari
Barboval - majmuaviy dori vositasi, uning terapevtik ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq.
Bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og‘iz bo‘shlig‘ining retseptorlari va burun-tomoq retseptorlarining ta'sirlanishi, nerv tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanligini pasayishi va bosh miya po‘stlog‘ining neyronlarida va po‘stloq osti strukturalarida tormozlanish jarayonini kuchayishi, shuningdek markaziy tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faolligini pasayishi va silliq mushaklarga mahalliy to‘g‘ridan-to‘g‘ri spazmolitik ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor, tinchlantiruvchi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Fenobarbital o‘rta va uzunchoq miyaning retikulyar farmatsiyasi markazlarini katta yarim sharlarning po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta'sirini susaytiradi, shu orqali bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti strukturalariga qo‘zg‘atuvchi ta'sir oqimlarini kamaytiradi. Dozaga bog‘liq tinchlantiruvchi, trankvilizatsiyalovchi yoki uyqu chaqiruvchi samaralari faollashtiruvchi ta'sirini kamayishini chaqiradi. Barboval umumiy arterial bosimni pasaytirib, tomirlarning spazmlarini yo‘qotib va oldini olib, ayniqsa yurak tomirlarining, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta'sirlarini kamaytiradi.
Validol markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, me'da va ichakning peristalьtikasini sekinlashtiradi, meteorizmni kamaytiradi, shuningdek o‘rtacha reflektor tomirlarni kengaytiruvchi va spazmolitik ta'sirga ega.
Etanol har bir komponentlarning samarasini kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, isteriya bilan kechuvchi nevrozlar; stenokardiyaning yengil xurujlari, arterial gipertenziyaning boshlang‘ich bosqichi, funktsional genezli taxikardiyani, me'da va ichakning spazmlarini, meteorizmni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Barboval ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan yoki qand bo‘lagida til ostiga qabul qilinadi. Dozasi va davolashning davomiyligini shifokor shaxsiy belgilaydi. Odatda kattalar 10-15 tomchidan kuniga 2-3 marta 10-15 kun davomida qabul qiladilar. Preparatni yaxshisi ovqatdan 20-30 minut oldin qabul qilish kerak. 10-15 kunlik tanaffusdan keyin davolash kursini takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Alohida hollarda uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, yurak ritmining sekinlashishi, diqqatni jamlashni pasayishi, teri toshmasi, eshakemi, qichishish kuzatilishi mumkin. Bu ko‘rinishlar doza kamaytirilganida o‘tib ketadi. Juda kam allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida preparatga qaramlik va bromizm paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat bolalarga, homilador va emizikli ayollarda qo‘llanmaydi. Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda, jigar va buyrak yetishmovchiligida, jigar porfiriyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Neyroleptiklar va trankvilizatorlar bilan bir vaqtda qo‘llash, preparatning har bir komponentining ta'sirini potentsiyalaydi, markaziy nerv tizimining stimulyatorlari bilan esa - zaiflashtiradi. O‘z tarkibida barbiturat kislotasining hosilalarini saqlovchi Barboval mahalliy anesteziyalovchi, og‘riqni qoldiruvchi va uyqu chaqiruvchi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi. Alkogol preparatning samarasini kuchaytiradi va uning zaharliligini oshirishi mumkin. Barboval tarkibida fenobarbitalning bo‘lishi jigar fermentlarini induktsiyalashi mumkin va jigarda metabollanuvchi dorilar bilan bir vaqtda qo‘llash (kumarin hosilalari, grizeofulьvin, glyukokortikoidlar, homilaga qarshi peroral vositalar) maqsadga muvofiq emas, chunki metabolizmining yuqoriroq darajasi natijasida ularning samaradorligi pasayishi mumkin. Preparat metotreksatning zaharliligini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparat homiladorlarga va emizikli ayollarga buyurilmaydi.
Bolalar. Bolalarni davolash uchun preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun u pediatriya amaliyotida qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Preparat ishi yuqori diqqat bilan bog‘liq shaxslarga - haydovchilarga, operatorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Uzoq muddat yoki tez-tez qo‘llanganida preparatni kumulyatsiyasi yuz berishi mumkin, bu dozani oshirib yuborilishining klinik belgilariga olib keladi, xususan
• markaziy nerv tizimini susayishi, bu MNT stimulyatorlarini qo‘llanishi bilan bartaraf qilinadi (kofein, kordiamin va boshq.);
• nistagmga, ataksiyalarga, arterial bosimni pasayishiga, qon formulasida o‘zgarishlarga.
Quyidagilar brom bilan surunkali zaharlanish belgilaridir depressiya, apatiya, rinit, kon'yunktivit, gemorragik diatez, harakat koordinatsiyasini buzilishi. Ko‘rsatilgan belgilarni bartaraf qilish uchun simptomatik davolash buyuriladi.
Preparatni doimiy davomli qo‘llash o‘rganib qolishni, doriga qaramlikni, abstinent sindromini, qo‘llashni to‘satdan to‘xtatish esa – bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin. Preparatni davomli qo‘llash ba'zida kutiladigan sedatsiyaning o‘rniga psixodinamik faollikni kuchayishi bilan kechadi. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
25 ml dan flakonda, qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» OAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.