Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Korvalol peroral qo‘llash uchun tomchilar 25ml. (flak.) Farmak
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этилбромизовалерианат, фенобарбитал, мятное масло
Страна производитель
Украина
Дозировка
25 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли оральные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Korvalol®
Dori shakli
peroral qo‘llash uchun tomchilar
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar 20 mg -bromizovalerian kislotasining etil efiri, 18,26 mg fenobarbital, 1,42 mg qalampir yalpiz moyi;
Yordamchi moddalar rektifikatlangan etil spirti, stabilizator, tozalangan suv saqlaydi.
Ta'rifi o‘ziga xos hidli, rangsiz tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
uxlatuvchi va sedativ vositalar.
ATX kodi N05C B02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat bo‘lib, uning ta'siri, majmuaviy preparat sifatida uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bergilanadi.
-bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og‘iz bo‘shlig‘i va burun-yutqunning retseptorlarining ta'sirlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Fenobarbital o‘rta va uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasidagi markazlarning bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta'sirini susaytiradi, shu yo‘l bilan bosh miyaning po‘stlog‘iga va po‘stloq osti tuzilmalariga qo‘zg‘atuvchi ta'sirlarning oqimini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta'sirlarni kamayishi, dozaga qarab, tinchlantiruvchi, trankvilizator yoki uxlatuvchi samaralarni chaqiradi. Korvalol® tomirlarni xarakatlantiruvchi markazlar, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta'sirlarni kamaytirib, umumiy arterial bosimni pasaytiradi, tomirlarning, ayniqsa yurak tomirlarining spazmini oldini oladi va yengillashtiradi.
Qalampir yalpiz moyi katta miqdorda efir moylarini, shu jumladan taxminan 50% mentol va 4-9% mentol efirlarini saqlaydi. Ular og‘iz bo‘shlig‘idagi “sovuq” retseptorlarini ta'sirlash va asosan yurak va miyaning tomirlarini reflektor kengaytirish qobiliyatiga ega bo‘lib, silliq mushaklarning spazmlarini oladi, tinchlantiruvchi va yengil safro haydovchi ta'sir chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilganda so‘rilishi til osti sohasidayoq boshlanadi, tarkibiy qismlarning biokiraolishligi yuqori (taxminan 60-80%). Samara ayniqsa og‘izda ushlab turganda yoki qand bo‘lagiga tomizib qabul qilinganda tez (5-10 minutdan so‘ng) rivojlanadi. Ta'siri 15-45 minut o‘tgach rivojlanadi va 3-6 soat mobaynida davom etadi. Ilgari barbiturat kislotasining preparatlarini qabul qilgan shaxslarda fenobarbitalni jigardagi tezkor metabolizmi hisobiga ta'sir davomiyligi qisqaradi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda Korvalol®ning metabolizmi pasayadi, shuning uchun ularda T½ uzayadi, bu dozani kamaytirish lozimligini va preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni uzaytirishni talab etadi.
Qo‘llanilishi
- kuchli ta'sirchanlik bilan kechuvchi nevrozlar
- uyqusizlik
- gipertoniya kasalligi va vegetotomir distoniyasini majmuaviy davolashda;
- koronar tomirlarning yaqqol namoyon bo‘lmagan spazmi, taxikardiya;
-ichak spazmlari (spazmolitik preparat sifatida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Korvalol® ichga, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar 15-30 tomchidan kuniga 2-3 marta suv bilan yoki qand bo‘lagida qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida (yaqqol taxikardiya va koronar tomirlarning spazmi) bir martalik doza 40-50 tomchigacha oshirilishi mumkin. Bolalarni davolash uchun qo‘llash tajribasi yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Korvalol®, odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ayrim hollarda uyquchanlik, yengil bosh aylanishi kuzatilishi mumkin, ular dozani kamaytirish bilan bartaraf etiladi. Uzoq muddat qo‘llanganda preparatga qaramlik va bromizm paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik, og‘ir yurak yetishmovchiligi, buyraklar va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik va emizish.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Markaziy susaytiruvchi ta'sirga ega preparatlar Korvalol®ning ta'sirini kuchaytiradi. Preparatning tarkibida fenobarbitalning bo‘lishi jigar fermentlarini induktsiyalashi mumkin, bu uni jigarda metabolizmga uchraydigan medikamentlar (kumarin hosilalari, grizeofulvin, glyukokortikoidlar, peroral homilaga qarshi vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llashni noma'qul qiladi, chunki metabolizmining darajasi yuqoriroqligi sababli ularning samaradorligi pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat 58 hajm % alkogol, hamda fenobarbital saqlaydi, ular koordinatsiyani va psixomotor reaktsiyalar tezligini buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilganda, mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslar, avtotransport haydovchilari va hokazolar ehtiyotkorlikka amal qilishlari lozim. Bir vaqtda spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Uzoq muddat qo‘llanganida va doza oshirib yuborilganida MNT yaqqol susayishi kuzatilishi mumkin, u MNT ni rag‘batlantiruvchilarni (kofein, kordiamin va hokazolar) qo‘llash bilan bartaraf etiladi. Boshqa ko‘rinishlarda – simpomatik davolash.
Chiqarilish shakli
25 ml dan flakonlarda, qutilarga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmak” OAJ
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.