Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Комбинированный препарат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Тева Фармасьютикал Воркс Прайвэт Лимитед Компани
Novo-Passit ichga qabul qilish uchun eritma 100 ml haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
NOVO-PASSIT
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar Novo-Passit suyuq ekstrakti (dorivor valeriana, dorivor melissa o‘ti, teshik qizilpoycha o‘tlari, tikanli yoki bir urug‘li do‘lana o‘ti va gullari, inkarpat passiflorasi (strastotsvet), oddiy qulmoq, qora marjondaraxt) – 0,0775 g; gvayfenezin – 0,04 g.
yordamchi moddalar natriy siklamati 0,50 g, ksantan kamedi 0,10 g, invert qandli siropi 50% 39,73, natriy benzoati 0,35 g, natriy saxarinat monogidrati 0,0926 g, etanol 96% 7,03 g, apelsin xushbo‘yi 51941A 0,05 g, natriy sitrati digidrati 0,40 g, mal'todekstrin 8,00 g, propilenglikol' 10,00 g, 100 ml gacha tozalangan suv.
Ta'rifi Siropsimon, tiniq yoki biroz xira qizil-jigarrang ranglidan to‘q-jigarranggacha bo‘lgan, o‘ziga xos xidli suyuqlik.
Saqlash sharoiti
da xiralik yoki chayqatganda biroz cho‘kma xosil bo‘ladi.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘simliklardan olingan sedativ vosita.
ATX kodi N05CX
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, uning farmakologik faolligi tarkibiga kiruvchi asosi dorivor o‘simlik xom ashyosi komponentlar ekstrakti asosan sedativ (tinchlantiruvchi) ta'siri va anksiolitik (xayajonlanishga qarshi) samaraga ega gvayfenezin bilan bog‘liq.
Qo‘llanilishi
- Asabiylik, havotirlik, qo‘rquv, charchoqlik, parishonxotirlik bilan kechuvchi nevrasteniya va nevrotik reaktsiyalar
- «Mnnedjer sindromi» (doimiy ruhiy zo‘riqish holati)
- Uyqusizlik (engil shakllari)
- Asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan bosh og‘riqlari
- Migren'
- Me'da-ichak yo‘llarining funktsional kasalliklari (dispeptik sindrom, «ta'sirlangan ichak» sindromi)
- Neyrotsirkulyator distoniya va klimakterik sindromda simptomatik vosita sifatida
- Psixik (atopik va seboreyali ekzema, eshakemi) yuklama bilan bog‘liq qichuvchi dermatozlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni suyultirmasdan yoki kam miqdordagi suv bilan suyultiriladi. Flakon qo‘llanganda preparatni dozalash o‘lchov qalpoqchasi yordamida amalga oshiriladi. Ichga, kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga buyuriladi.
Boshqa shifokor tavsiyalari bo‘lmaganda preparatni 5 ml dan kuniga 3 marta ovqatdan oldin qabul qilish kerak. Shifokor bilan maslaxatdan keyin dozani 10 ml gacha kuniga 3 marta oshirish mumkin. Kuchli charchoqlikda yoki tushkunlikda ertalabki va kunduzgi dozani 2 martaga va 2,5 ml dan ertalab va kunduzi va 5 ml kechkurun qabul qilinadi. Qabullar orasidagi oraliq 4-6 soatni tashkil qilishi kerak.
Ko‘ngil aynishi paydo bo‘lgan xollarda preparatni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Patsiyentlar odatda preparatni yaxshi o‘zlashtiradilar.
Ammo kam hollarda quyidagi allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin ekzantema, bosh aylanishi, charchoqlik, uyquchanlik, yengil mushaklar kuchsizligi, me'da-ichak yo‘llarining buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, spazmlar, jig‘ildon qaynashi, diareya, qabziyat), diqqatni jamlashni pasayishi, ular preparat bekor qilinganidan so‘ng o‘tib ketadi.
Nojo‘ya ta'sirlari yoki boshqa noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya samaralarni sezgan bo‘lsangiz shifokorga ma'lum qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga, ayniqsa gvayfenezinga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, miasteniya, 12 yoshgacha bolalarda, saxarozayizomal'taza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, gpokoza-galaktoza mal'absorbtsiyasida qo‘llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
O‘tkir me'da-ichak yo‘llari kasalliklari, jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jaroxati, bosh miya kasalligi, tutqanoq, 12 yoshdan katta bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Novo-Passit preparatini va boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilganda ular ta'siri kuchayishi yoki susayishi mumkin. Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Preparat alkogol va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa vositalar ta'sirini kuchaytiradi.
Suyak mushaklarini kuchsizlantiruvchi dori vositalari (markaziy miorelaksatsiya) preparatni nojo‘ya ta'sirlarini xavfini oshirishi mumkin, birinchi navbatda — mushaklar kuchsizligi.
Preparatdagi qizilpoycha ekstrakti gormonal kontratseptsiya samaradorligini pasaytiradi, shuningdek OITV ni davolash uchun, kardiovaskulyar kasalliklar, bronx kasalliklari va trombozemboliyani ogohlantirish uchun dori vositalar (immunodepressiv preparatlar) ko‘chirib o‘tkazilgan a'zo va to‘qimalarni transplantatsiyadan keyin ko‘chish xavfini kamaytirish uchun qo‘llaniladigan dori vositalar. Shuning uchun Novo-Passi preparatini qabul qilishdan oldin ko‘rsatilgan preparatlar fonida shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat etanol (8,9 dan 10,4 g gacha 100 ml ga) saqlaydi. 5 ml preparat (bir martalik doza) 0,520 g gacha absolyut etil spirt miqdori saqlanadi. Preparatni maksimal bir martalik dozasida absolyut etil spirtini saqlanishi 1,040 g gacha (10 ml) tashkil qiladi, maksimal sutkalik dozasida (30 ml) – 3,120 g gacha.
Preparat bilan davolash vaqtida alkogol ichimliklarni iste'mol qilish mumkin emas.
Novo-Passit preparatini qabul qilish vaqtida ayniqsa och teri rangli bo‘lgan patsiyentlarga ul'trabinafsha nurlari ta'siridan saqlanish kerak (quyosh nurlarini uzoq ta'siri, solyariyda bo‘lish).
Preparatni glyukoza va galaktoza va tug‘ma fruktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Kasllik simptomlarini saqlanishi yoki preparatini qo‘llash fonida xolatini yomonlashishi 7 kun davomida, shuningdek nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan xollarda shifokorga xabar berish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun ko‘rsatmalar
100 ml preparatda 39,73 g invert qandli sirop saqlanadi. Preparatning bir dozasi (5 ml) 1,99 g invert qandli sirop saqlaydi, 1,4 g glyukoza va fruktoza aralashmasi saqlovchi, 0,12 HB (non birligi) muvofiq.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun kutiladigan xavfdan yuqori bo‘lsa preparatni mutloq ko‘rsatmalar bo‘yicha homiladorlik davrida buyurish mumkin.
Preparatni laktatsiya vaqtida qo‘llash zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash davrida yuqori diqqat kontsentratsiyasini va tezkor psixomotor reaktsiyasini talab qiluvchi potentsial xavfli tur faoliyatidan saqlanishi kerak (shu jumladan transport vositalarini boshqarish, xarakat mexanizmlari bilan ishlash).
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi kayfiyatsizlik xissi va uyquchanlik bilan kuzatiladi. Keyinchalik bu simptomlar ko‘ngil aynishi, yengil mushaklar kuchsizligi, bo‘g‘imlarda og‘riq, me'dada og‘irlik xissi bilan kuzatilishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lganda preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak. Shifokorgacha yordam me'dani yuvish. Davolash simptomatik. Shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma.
O‘lchamli qalpoqcha bilan ta'minlangan 100 ml yoki 200 ml dan to‘q shisha flakonlarda.
Har bir flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan, unga qo‘shimcha ximoya nakleyka yopishtirilgan bo‘lishi mumkin.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda (qadoqda) 8 dan 25°C haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Uramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Teva Czech Industries s.r.o.,
Ostravska 305/29, 747 70 Opava-Komarov, Chexiya Respublikasi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.