Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Palora Nayt tab. №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пассифлоры экстракт сухой
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Palora®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Passifloraning quruq ekstrakti
Dori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
faol modda passifloraning quruq ekstrakti 100 mg.
yordamchi moddalar povidon, krospovidon, natriy kroskarmelloza, aerosil 200, mikrokristallik sellyuloza RN 102, magniy stearati.
qobiq Sepifilm LP 007 (metilgidroksipropiltsellyuloza, mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi); bo‘yovchi modda («Yaltiroq qizil» kandurin - alyumosilikat kaliy, qizil temir oksidi).
Ta'rifi Ochdan to‘q qizil rangligacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Sedativ vositalar.
ATX kodi N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Passiflora incarnata o‘simligidan olinadigan passiflora ekstrakti sedativ vositadir. Passiflora ekstrakti garman, garmol, garmalin (gallyutsinogen), garmin, garmalol va aribin kabi alkaloidlar guruhini, viteksin va oriyentin kabi ayrim flavonoidlar, shuningdek spazmolitik faollikka ega bo‘lgan apigenin saqlaydi. Bu moddalar markaziy nerv tizimi (MNT) ga majmuaviy ta'sir ko‘rsatadi va sedativ, uxlatuvchi, og‘riq qoldiruvchi, anksiolitik va spazmolitik xususiyatlarga ega. Tabiiy passiflora ekstrakti qaramlikni va nojo‘ya holatlarni chaqirmasligi tufayli, u trankvilizatorlar va barbituratlarga nisbatan xavfsizroqdir. Abstinentsiya davrida markaziy nerv tizimiga sedativ ta'sir ko‘rsatadi. Preparat alkogolga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi, nevrotik buzilishlarni yo‘qotadi, kayfiyatni, uyquni yaxshilaydi, ish qobiliyatini oshiradi, bosh aylanishi va quloqlarda shang‘illashni kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagi holatlar
- bosh miya tomirlarining aterosklerozidagi nerv zo‘riqishini va vegetativ buzilishlarini pasaytirish uchun, gipertoniya kasalligida, serebral tomirlari krizlardan keyingi holatda, jarohatdan keyingi entsefalopatiyada, kontuziyadan keyingi sindromda, grippdan keyingi entsefalitlar va araxnoiditlarda, infektsiyalardan keyingi asteniyada;
- uyqusizlikda (engil shaklida);
- surunkali alkogolizmda (majmuaviy davoda);
- me'da-ichak yo‘llarining va yurak-tomir tizimining nerv zo‘riqishi bilan bog‘liq funktsional kasalliklarida;
- menstrual, klimakterik va klimaksdan oldingi davrlardagi ta'sirchanlikda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kun davomida sedativ ta'sirga erishish uchun Kattalar uchun tavsiya qilinadigan doza – 100 mg dan kuniga 3 marta ovqatdan oldin buyuriladi.
Uyquni buzilishlarida Kattalar uchun tavsiya qilinadigan doza - 200-300 mg dan uyqudan bir soat oldin buyuriladi. Davolash kursi 3-4 haftani tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda tegishli terapevtik dozalarda buyurilganida nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan, ammo juda kam hollarda tirishishlar, markaziy nerv tizimini susayishi, gipotenziya, gipotermiya, falajlik rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni markaziy nerv tizimini susaytiruvchi moddalar (alkogol, barbituratlar, trankvilizatorlar) bilan birga qo‘llanganda sedativ va uxlatuvchi ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'da-ichak yo‘llarining og‘ir organik kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Pediatriya amaliyotida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Bu dori shaklini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ko‘llash tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni, ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina ko‘llash mumkin.
Bemorlarni transport vositalarini boshqarish, mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq xavf to‘g‘risida xabardor qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
«Palora®», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg dan, №10, №20, №30, №40 va №50.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5"A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.