Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Palora Ultra tabletkalar №10
Nomi | Narx | |||||
Палора Ультра таблетки № 10 (VHJA01AA##1981) |
UZS 33 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Палора Ультра таблетки № 10 (VHJA01AA##2 152) |
UZS 37 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пассифлоры экстракт сухой
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
200 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol modda
Preparatning savdo nomi
Palora, Palora Ultra, Palora Nayt
Ta'sir etuvchi modda (XPN) passifloraning quruq ekstrakti
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi
Palora
faol modda
passifloraning quruq ekstrakti (3,5% viteksin flavonoidini saqlaydi) 100 mg;
yordamchi moddalar polivinilpirrolidon, krospovidon, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati;
qobiq metilgidroksipropiltsellyuloza, mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi,
kandurin «Qizil Yaltiroq» (Wine Red),kaliy alyumosilikati, qizil temir oksidi.
Palora Ultra
faol modda
passifloraning quruq ekstrakti (3,5% viteksin flavonoidini saqlaydi) 200 mg;
yordamchi moddalar PVP, krospovidon, natriy kroskarmelloza, aerosi, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati;
qobiq metilgidroksipropiltsellyuloza, mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi,
kandurin «Qizil Yaltiroq» (Wine Red),kaliy alyumosilikati, qizil temir oksidi.
Palora Nayt
faol modda
passifloraning quruq ekstrakti (3,5% viteksin flavonoidini saqlaydi) 300 mg;
yordamchi moddalar povidon, krospovidon, natriy kroskarmelloza, aerosil, mikrokristal- lik sellyuloza, magniy stearati;
qobiq metilgidroksipropiltsellyuloza, mikrokristallik sellyuloza, stearin kislotasi,
kandurin «Qizil Yaltiroq» (Wine Red),kaliy alyumosilikati, qizil temir oksidi.
Ta'rifi
Palora 100 mg- ochdan to‘q-qizil rangligacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Palora Ultra 200 mg– ochdan to‘q-qizil rangligacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Palora Nayt 300 mg– ochdan to‘q-qizil rangligacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomoni riskali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘simlik asosidagi sedativ vositalar.
ATX kodi N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Passiflora incarnata o‘simligidan olinadigan passiflora ekstrakti sedativ vositadir. Passiflora ekstrakti garman, garmol, garmalin (gallyutsinogen), garmin, garmalol va aribin kabi alkaloidlar guruhini saqlaydi, bu alkaloidlar silliq mushaklarga spazmolitik ta'sirga ega, qon tomirlarini kengaytiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi xususiyatlarga ega. Shuningdek passiflora o‘zida bir qancha flavonoidlar saqlaydi, bular viteksin, oriyentin va apigenin bo‘lib, ular o‘z navbatida spazmolitik, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, gipotenziv, kardiotonik, koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi, aritmiyaga qarshi, antioksidant xususiyatiga ega. Flavonoidlar (magnolol, xonokiol, glabrol, krizin) sedativ, anksiolitik, uxlatuvchi xususiyatlarga ega. Keltirilgan klinik effektlar o‘simlikni biologik
faol modda
larini gamma-aminomoy kislota (GAMK)retseptorlariga ta'siri natijasida yuzaga keladi, natijada bosh miya xujayralarida qo‘zg‘aluvchanlikni susayishi kuzatiladi. Bu moddalar markaziy nerv tizimi (MNT) ga majmuaviy ta'sir ko‘rsatadi va sedativ, uxlatuvchi, og‘riq qoldiruvchi, anksiolitik va spazmolitik xususiyatlarga ega. Tabiiy passiflora ekstrakti qaramlikni va nojo‘ya holatlarni chaqirmasligi tufayli, u trankvilizatorlar va barbituratlarga nisbatan xavfsizroqdir. Preparat abstinentsiya davrida markaziy nerv tizimiga sedativ ta'sir ko‘rsatadi, alkogolga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi, nevrotik buzilishlarni yo‘qotadi, kayfiyatni, uyquni yaxshilaydi, ish qobiliyatini oshiradi, bosh aylanishi va quloqlarda shang‘illashni kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Palora va Palora Ultra quyidagi holatlarda qo‘llaniladi
• bosh miya tomirlarining aterosklerozidagi nerv zo‘riqishini, serzardalikni va vegetativ buzilishlarini pasaytirish uchun, gipertoniya kasalligida, serebral tomirlari krizlaridan keyingi holatda, jarohatdan keyingi entsefalopatiyada, kontuziyadan keyingi sindromda, grippdan keyingi entsefalitlar va araxnoiditlarda,infektsiyalardan keyingi asteniyada;
• uyqusizlikda;
• nevrastenik va depressiv xolatlarda, nevrozlarda;
• stress, xavotir, ta'sirchanlik xolatlarida;
• simptomatik arterial gipertenziyada;
• epilepsiyada (yordamchi vosita sifatida) ;
• surunkali alkogolizmda (majmuaviy davoda);
• me'da-ichak yo‘llarining va yurak-tomir tizimining asabning zo‘riqishi bilan bog‘liq funktsional kasalliklarida;
• menstrual, klimakterik va klimaksdan oldingi davrlardagi ta'sirchanlikda.
• 12 yoshdan katta bolalarda serzardalik bilan namoyish bo‘lgan nevrastenik xolatlardagi xarakatlanish ta'sirchanlikni kamaytiradi, diqqatni jamlashga yordam beradi va bosh og‘riqlarini yengillashtiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan xolatlarni kuchli yuzaga chiqadigan xollarida Palora Ultra (passiflorani quruq ekstrakti 200 mg) qabul qilish tavsiya etiladi.
Palora Nayt (passiflorani quruq ekstrakti 300 mg)quyidagi holatda qo‘llaniladi
• uyqusizlikda.
Qo‘llash usuli va dozalari
Palora, Palora Ultra va Palora Nayt kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga qo‘rsatilgan.
Kun davomida terapevtik ta'sirga erishish uchun, aynan shu instruktsiyaning “Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar” punktida ko‘rsatilgan barcha kasalliklarda Palora uchun tavsiya qilinadigan doza –1 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatdan oldin buyuriladi.
Uyqusizlikda uyqu ta'siriga yetishish uchun Palora® tavsiya qilinadigan doza bir vaqtni o‘zida 3 tabletkaniuyqudan bir soat oldin buyuriladi.
Kun davomida sedativ ta'sirga erishish uchun Palora®Ultra – 1 tabletkadan (200 mg) sutkasiga 2 maxal ovqatdan oldin tavsiya qilinadi.
Uyquni buzilishlarida Palora Nayt uchun tavsiya qilinadigan doza – 1 tabletka uyqudan bir soat oldin buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Preparat odatda tegishli terapevtik dozalarda buyurilganida nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan.
Immun tizimi tomonidan noma'lum – yuqori sezuvchanlik ( vaskulit ).
Asab tizimi tomonidan juda kam – tirishishlar, MNT bostirilishi, gipotermiya, falajliklar.
Yurak-tomir tizimi tomonidan juda kam – gipotenziya; noma'lum – taxikardiya.
Me'da ichak yo‘llari tomonidan noma'lum – ko‘ngil aynishi.
NOJO‘YA REAKTSIYALAR KUZATILGANDA SHIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va emizikli davr.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni markaziy nerv tizimini bostiruvchi moddalar (alkogol, barbituratlar, trankvilizatorlar) bilan birga qo‘llanganda sedativ va uxlatuvchi ta'sirlarni kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'da-ichak yo‘llarining og‘ir organik kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Pediatriya amaliyotida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Bu dori shaklini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ko‘llash tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llash imkoniyati bo‘yicha FDAtasnifiga binoan Palora, Palora Ultra, Palora Nayt (Passifloraning quruq ekstrakti) preparati homilaga ta'siriga ko‘ra “X” toifaga kiradi.
Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llashga bog‘liq klinik ma'lumotlar yo‘qligi sababli, homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas, va shu bilan birga emizikli davrda ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni ko‘krak sutiga o‘tish to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni, faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina ko‘llash mumkin.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishning o‘ziga xosligi.
Bemorlarni transport vositalarini boshqarish, mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq xavf to‘g‘risida xabardor qilish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
«Palora», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg dan, №10,№30.
«Palora Ultra», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg dan, №10, №20 va №30.
«Palora Nayt»,qobiq bilan qoplangan tabletkalar 300 mg dan, №10, №30.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" ChEK
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A” Tel (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.