Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Belarusiya
Производитель
Борисовский завод
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Valeriani ekstrakt tab. 20 mg №50 (Borisovskiy) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- O‘rami
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Valeriani ekstrakt
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda valeriananing quyuq ekstrakti – (valeriana ildizi ildizpoyasi bilan, ekstragent – etil spirti 40% (hajm/hajm)) - 20 mg,
yordamchi moddalar magniy karbonati asosi, kartoshka kraxmali, talk, jelatin, qand, pigmentli titan dioksidi, asalari mumi, parafin, kungaboqar moyi, xinolin sarig‘i
Ye 104, kolloid kremniy dioksidi.
Ta'rifi ikki tomoni qavariq yuzali, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa uxlatuvchi va sedativ vositalar.
ATX kodi N05CM09.
Farmakologik xususiyatlari
Valeriana ildizi preparatlari sedativ ta'sirga ega, uyquni kelishini yengillashtiradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
Yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligida (nevrasteniya) va uyquni buzilishida qo‘llaniladi.
Ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanilishi faqat davomli qo‘llash tajribasiga asoslanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligida (nevrasteniya) 20 mg dan 100 mg gacha (1-5 tabletka), umumiy o‘zlashtiraolinishi va sedativ samaraga erishishga qarab, kuniga 6 martagacha qabul qilinadi.
Uyquni buzilishida 20 mg dan 100 mg gacha (1-5 tabletka) uyqudan yarim-bir soat oldin, zarurati bo‘lganida dori vositasini (1-5 tabletka) kechqurun oldindan qabul qilish tavsiya etiladi.
Davolash kursining davomiyligi kasallikni o‘ziga xosiligiga, erishilgan samaraga va dori vositasini o‘zlashtiraolinishiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi.
Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashning o‘ziga xosligi ma'lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar rivojlanishi (teri toshmasi, qichishish, giperemiya, terini shishi), bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, ish qobiliyatini pasayishi, uyquchanlik, jizzakilik, xavotirlik, me'da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq) yuz berishi mumkin. Katta dozalari bradikardiyaga va aritmiyaga, shuningdek ichak motorikasini pasayishiga (qabziyatga) olib kelishi mumkin.
Nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar yuz bergan xollarda, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Valerianaga, shuningdek dori vositasining yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,homiladorlik, laktatsiya davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqidagi ma'lumotlar cheklangan.
Valeriana preparatlarini sintetik sedativ vositalar bilan majmuasi shifokorning oldindan maslahat berishini va davolash jarayonida shifokor kuzatuvini talab etadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Fruktozani o‘zlashtiraolmasligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.
Samarasi asta-sekin rivojlanishi tufayli, valeriana preparatini ruxiy qo‘zg‘aluvchanlik va uyquni buzilishi simptomlarini kamaytirish shoshilinch zarurat tug‘ilgan hollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar 2 hafta davomida dori vositasini uzluksiz qabul qilinganda, kasallik simptomlari saqlansa yoki holatni yomonlashishi yuz bersa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Bolalarda qo‘llanilishi
12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Yetarli ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktatsiya vaqtida yetarli ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va xarakatlanuvchi mexanizmlariga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida transport vositalarini boshqarish va yuqori e'tiborni, tez ruhiy va harakat reaktsiyalarni talab etadigan boshqa ishlarni bajarishdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishida shifokorga murojaat qilish zarur.
Simptomlari dori vositasini tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda uzoq muddat qabul qilish, ezilganlik hissi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ish qobiliyatini pasayishi, me'da-ichak yo‘llari tomonidan diskomfort, yurak faoliyatini izdan chiqishi (bradikardiya), haddan tashqari yuqori dozani (taxminan 20 g valeriana ildizi) bir marta qabul qilinganda qorinda spastik xarakterdagi og‘riqlar, ko‘krakda siqilish hissi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, qo‘llar tremori va qorachiqlarni kengayishi rivojlanishi mumkin.
Davolash yuqori dozani bir marta qabul qilinganda qusishni chaqirish, me'dani yuvish (preparatni qabul qilgandan keyin 2 soatdan kam emas) tavsiya etiladi. Dori vositasini yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda dori vositasini bekor qilish tavsiya etiladi. Spetsifik antidoti yo‘q. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
10 yoki 25 tabletkadan PVX plenkali va alyumin folgali kontur-uyali o‘ramda.
5 kontur uyali o‘ramlar 10 tabletkadan yoki 2 kontur uyali o‘ramlar 25 tabletkadan ilova-varaqa bilan birga karton qutida. (
O‘rami
№10x5; 25x2).
50 tabletkadan shisha flakonda. 1 flakon ilova-varaqa bilan birga karton qutida (o‘rami №1).
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov”, Ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarusiya Respublikasi, Minsk viloyati, Borisov sh., Chapayev ko‘ch 64
tel/faks +375 (177) 735612, 731156.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.