Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Витамины
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
ЗАО Алтайвитамины
Chiqarillish shakli
Draje
Geksavit draje №50 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Geksavit
Dori shakli
draje
Bir draje tarkibi
Faol moddalar
Retinol palmitati (A vitamini) - 2,75 mg (5000 XB)
Askorbin kislotasi - 70,00 mg
Nikotinamid- 15,00 mg
Piridoksin gidroxloridi - 2,00 mg
Tiamin gidroxloridi - 2,00 mg
Riboflavin- 2,00 mg
Yordamchi moddalar
Saxaroza (qand)787,979 mg
Bug‘doy uni59,073 mg
Kraxmal patokasi57,050 mg
Talk1,380 mg
Kungaboqar moyi0,260 mg
Asalari mumi0,260 mg
“Limon”ozuqa xushbo‘yi0,049 mg
Xinolin sariq bo‘yovchisi Ye1040,199 mg.
Ta'rifi sharsimon shaklli, sariq-to‘q-sariqdan to ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz o‘ziga xos hidli draje.
Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin
ATX kodi A11BA.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy polivitamin preparati bo‘lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Preparat metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiradi, moddalar almashinuvini normallashtiradi.
Qo‘llanilishi
Gipovitaminozlarni oldini olish.
Organizmning infektsion va shamollash kasalliklarga qarshiligini oshirish uchun; ishi yuqori diqqatni talab qiluvchi shaxslarda ko‘rish o‘tkirligini oshirish uchun; antibiotiklar bilan uzoq muddatli davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. «Geksavit» drajesi gipovitaminozlarni oldini olish uchun kuniga 1 drajedan qolgan xolatlarda kattalarga – 1 drajedan kuniga 3 marta; bolalarga 3 yoshdan 7 yoshgacha – 1 drajedan kuniga 2 marta, 7 yoshdan oshganlarga 1 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz mal'absorbtsiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish uchun boshqa polivitamin kompleklarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu umuman zararsiz va preparatda riboflavinning borligi bilan tushuntiriladi.
Dozani oshirib yuborishdan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Geksavit homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin. Vitaminlarning sutkalik ehtiyoji normasiga muvofiq kuniga 1 drajedan oshiq qo‘llash mumkin emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati Preparat avtotransportni boshqarish yoki aniq mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning nojo‘ya ta'sirlari simptomlarini kuchayishi, preparatni qo‘llash to‘xtatiladi.
Chiqarilish shakli
Draje. 50 drajedan polimer bankalarda.
Yaroqlilik muddati
1 yil.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/Qayd etish guvohnomasining egasi
«Altayvitamini» YoAJ
Manzili 659325, Rossiya, Oltoy o‘lkasi, Biysk sh., Zavodskaya ko‘ch., 69
Telefon (3854) 32-69-43, 32-69-46
Faks (3854) 32-71-53, 32-76-40
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.