Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Д - Кальцин гранулы 75 г № 1 (402001210##2 202) |
UZS 96 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Кальция глюконат, витамин D2
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Dozasi
75г
Производитель
World Medicine Ilac Sanayi ve Ticaret A.S., Турция произведено: Munir Sahin Ilac San. Ve Tic. A.S.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
D-Kaltsin granulalar 75 g № 1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
D-Kaltsin
Dori shakli
granulalar.
Tarkibi
5 g granula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
kaltsiy-magniy fitati 125 mg;
kaltsiy glyukonati 375 mg;
D2 vitamini 3000 XB;
yordamchi moddalar saxaroza, vanilin.
Ta'rifi oq krem rangli vanilin hidli granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar mineral moddalar bilan majmuada.
ATX kodi A11JB
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
D-Kaltsin – mineral moddalar va D2 vitaminini majmuasi bo‘lib, kaltsiy-fosfor almashinuvining regulyatoridir.
Kaltsiya-magniya fitat (fitin) – kaltsiy va magniy tuzlarining aralashmasini saqlovchi, fosforning murakkab organik birikmasidir. Suyak to‘qimasini o‘sishi va rivojlanishini kuchaytiradi. Fosfor – oqsillar, nuklein kislotalar, suyak to‘qimasiga kiruvchi muhim element hisoblanadi. Fosfor birikmasi energiya almashinuvida (adenozintrifosfat kislotasi va kreatin-fosfat energiya akkumulyatori hisoblanadi) ishtirok etadi, mushak faoliyati va aqliy faoliyat, organizmning hayot faoliyati ularning o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Fosfor yurak va buyrak faoliyatiga ta'sir qiladi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi, kaltsiy glyukonati organizmda kaltsiyning tanqisligini to‘ldiradi. Kaltsiy suyak to‘qimasining asosini tashkil etadi, qator muhim fermentlarning faoliyatini faollashtiradi, organizmda ionlar muvozanatini tutib turishda ishtirok etadi, nerv-mushak va yurak qon-tomir tizimlarida yuz beradigan jarayonlarga ta'sir qiladi.
D2 vitamini organizmda Ca2+ va fosfor almashinuvini boshqaradi. Uning faol metabolitlari (xususan, kaltsitriol) hujayra membranalari orqali oson o‘tadi va maxsus retseptorlari bo‘lgan nishon-a'zolarning hujayralariga bog‘lanadi, bu kaltsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini faollashishiga, ichakda Ca2+ va fosforni so‘rilishini (ikkilamchi) yengillashishiga, buyrakning proksimal naychalarida qayta so‘rilishini kuchayishiga, shuningdek suyak to‘qimasi tomonidan qamrab olinishini oshishiga va ularni suyak to‘qimasidan rezorbtsiyasini oldini olishga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta'siri uning komponentlarining hususiyatlarini yig‘indisi bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
• raxit osteopatiya, spazmofiliya, suyak hosil bo‘lishi jarayonlarini buzilishi va tishlarni yorib chiqishini kechikishi, organizmni jadal rivojlanish davrida o‘sishni kechikishi bilan kechuvchi kaltsiy almashinuvini buzilishini oldini olish va davolash;
• turli genezli osteoporozni oldini olish;
• D vitamini va kaltsiyga bo‘lgan talab oshgan holatlarda
-emadigan bolalar va/yoki ochiq havoda kam bo‘ladigan bolalar;
-D vitaminini tanqisligi bo‘lgan sun'iy oziqlantiriladigan bolalar;
-malabsorbtsiya sindromi, surunkali diareya, gastroektomiya;
-nerv tizimini toliqishi;
-steatoreya;
-gormonal davolash, tirishishga qarshi vositalar, immunodepressantlar, tarkibida alyuminiy saqlovchi antatsidlar, diuretiklar qabul qiladigan patsiyentlarga qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
D-Kaltsin peroral qabul qilinadi.
Osteoporozni oldini olish – sutkada 1000-2000 XB (1/4-1/2 o‘lchov stakanchasi) qabul qilinadi.
Raxit va osteomalyatsiyani oldini olish – sutkada 400 XB (1 kofe qoshig‘i) qabul qilinadi.
Ovqat mahsulotlari tarkibida D vitaminini tanqisligi, raxit va osteomalyatsiyani davolash uchun
-kattalarda sutkalik doza 1000-2000 XB (1/4-1/2 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi;
-bolalarda sutkalik doza 1000-4000 XB (1/4-1 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi.
Davolash bir necha oy davomida davom ettirilishi kerak. Davolash kursi tugaganidan so‘ng, zarurat bo‘lganida, D vitaminini ham kattalar, ham bolalar uchun mo‘ljallangan profilaktik dozalarini (400 ME) qabul qilishga o‘tiladi.
Tirishishga qarshi vositalarni uzoq vaqt davomida qabul qilgan patsiyentlarda kuzatiladigan osteomalyatsiyani davolash uchun
-kattalarda sutkalik doza 1000-4000 XB (1/4-1/2 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi;
-bolalarda sutkalik doza 1000 XB (1/4 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi.
D vitaminiga bo‘lgan sezuvchanlik o‘zgarib turishi mumkinligi tufayli, dozani klinik reaktsiyasiga muvofiq ravishda boshqarish kerak. Qon zardobida Sa × R (mg/dl) umumiy normaga muvofiq 58 dan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Preparat qo‘llanganida quyidagi nojo‘ya ta'sirlar ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida giperkaltsiyemiya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• giperfosfatemiya bilan kechuvchi buyrak osteodistrofiyasi;
• og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
• trombozlarga moyillik;
• og‘ir daradagi giperkaltsiyemiya;
• D vitamini gipervitaminozi;
• giperparatireodizmda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
A vitamini, tokoferol, askorbin kislotasi, pantotenat kislotasi, tiamin, riboflavin toksik ta'sirini susaytiradilar. D vitaminini gipervitaminozida yurak glikozidlarining ta'siri kuchayishi va giperkaltsiyemiya rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan aritmiyani rivojlanish havfi oshishi mumkin (yurak glikozining dozasiga tuzatish kiritish kerak). Barbituratlar (shu jumladan, fenobarbital), fenitoin va primidon ta'sirida ergokaltsiferolga bo‘lgan talab ahamiyatli darajada oshishi mumkin (metabolizm tezligini oshiradilar).
Tarkibi
da Al3+ i Mg2+-saqlovchi antatsidlarni bir vaqtda qo‘llash fonida uzoq muddat davolash qonda ularning kontsentratsiyasini va intoksikatsiyani rivojlanish havfini oshiradi. Kaltsitonin, etidron va pamidron kislotalarining hosilalari, plikamitsin, galliy nitrati va glyukokortikoid vositalar preparatning samarasini pasaytiradilar.
Tarkibi
da fosfor saqlovchi preparatning so‘rilishini va giperfosfatemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Natriy ftorid bilan bir vaqtda qo‘llanganida kabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq kamida 2 soatni, peroral tetratsiklinlar bilan esa – kamida 3 soatni tashkil etishi kerak.
Tarkibi
da kaltsiy va D vitaminini saqlovchi boshqa polivitamin komplekslar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
D-Kaltsin vabul qilinganida D vitaminini organizmga boshqa manbalardan tushishini inobatga olish kerak.
Preparat profilaktika maqsadida qo‘llanganida, ayniqsa bolalarda dozani oshirib yuborilishi mumkinligini inobatga olish kerak. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llash D vitaminini surunkali gipervitaminoziga olib keladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolanish vaqtida kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini va plazmada kaltsiy va kreatininning kontsentratsiyasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak (sutkada 7,5 mmol (sutkada 300 mg) dan ortiq kaltsiyuriya paydo bo‘lganida, preparatning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak).
Turli patsiyentlarda D vitaminiga bo‘lgan sezuvchanlik individual ekanligini hamda preparat hatto terapevtik dozalarda qabul qilinganida ham qator patsiyentlarda gipervitaminoz ko‘rinishlarini chaqirishi mumkinligini inobatga olish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda D vitaminiga bo‘lgan sezuvchanlik turlicha bo‘lishi mumkin, ularning ba'zilarida hatto juda kichik dozalarga ham sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. D vitaminini uzoq vaqt davomida qabul qilayotgan bolalarda o‘sishni kechikishini rivojlanish havfi oshadi. D vitaminining gipervitaminozini oldini olish uchun muvozanatlangan ovqatlanish maqsadga muvofiqdir.
Keksa yoshda D vitaminiga bo‘lgan talab D vitaminini so‘rilishini kamayishi, insolyatsiya vaqtini kamayishi, buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi tezligi oshishi oqibatida kuchayishi mumkin.
Tuberkulyozning faol shakllari va sarkoidoz bo‘lgan patsiyentlarga (granulemalarni kaltsifikatsiyasi bo‘lishi mumkinligi tufayli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida dozasi oshirib yuborilgan holatda teratogen ta'siri paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, D vitaminini yuqori dozalarda qo‘llash mumkin emas.
D-Kaltsin preparatini emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak ona tomonidan yuqori dozalarda qabul qilinayotgan preparat bolada dozani oshirib yuborilish simptomlarini chaqirishi mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
D-Kaltsin avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari qabziyat, diareya, ishtahani yo‘qolishi, og‘izda metall ta'mi, ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, og‘izni qurishi, toliqish, holsizlik, yorug‘likka sezuvchanlik, aritmiyalar bo‘lishi mumkin.
Davolash preparatni qabul qilishni to‘xtatish, shifokorga murojaat qilish, katta miqdorda suyuqlik iste'mol qilish kerak. Zarurat bo‘lganida kasalxonaga yotkazish talab etilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
75 g granula buraladigan qopqoqli plastik bankada. 1 banka o‘lchov stakanchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.