Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Jemchujniy kaltsiy kaps. №30
Nomi | Narx | |||||
Жемчужный кальций капс. №30 (240302##2 266) |
UZS 82 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кальций, железо, цинк, медь, магний
Страна производитель
Китай
Дозировка
300 мг
Производитель
Mu Lin Sen
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Jemchujniy kaltsiy®
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda tabiiy marvarid kukuni – 300 mg (300 mg tabiiy kukun quyidagilarni saqlaydi kaltsiy karbonati – 0,27 g, mikroelementlar (magniy, mis, rux, temir) va aminokislotalar (asparagin, triptofan, serin, glyutamin, prolin, glitsin, alanin, sistein, valin, metionin, izoleytsin, leytsin, tirozin, fenilalanin, lizin, gistidin, triptofan, arginin) – 0,03 g);
Ta'rifi silindrik shaklli, korpusi va oq rangli qalpoqchasi bilan qattiq kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oq rangli, deyarli xidsiz va ta'msiz, mayda dispersiyalangan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Mineral qo‘shilmalar. Kaltsiy preparatlari
ATX kodi A12A
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kaltsiy - organizmda elektrolitlar muvozanatini tutib turish va boshqaruvchi mexanizmlarni adekvat faoliyati uchun hayot uchun zarur mineral elementdir. Ionizatsiyalangankaltsiy suyak to‘qimalarini shakllanishida ishtirok etadi, tishlarni mineralizatsiyasi, nerv o‘tkazuvchanligini boshqarish, mushaklar qisqaruvchanligi, turg‘un yurak faoliyatini tutib turish uchun zarur va qon ivishi tizimi komponenti hisoblanadi.
Kaltsiy (ionizatsiyalangan shaklda va komplekslar shaklida) xujayralar bo‘linishi va differentsiatsiyasida, nerv impulslarini o‘tkazuvchanligida va qisqaruvchanlik-bo‘shashish siklida (tropin bilan birga) silliq va ko‘ndalang targ‘il mushaklarni o‘tkazuvchanligida, selektiv kaltsiy kanallari ishtirokida trasmembrana ionli reaktsiyalarda, neyroselektiv a'zolar faoliyatida, quyi gormonlar, fermentlar va boshqa oqsillar ishlab chiqarilishi va shu jumladan oqsil bo‘lmagan biologik faol moddalar samaradorligida muxim rol o‘ynaydi.
Kaltsiyni shu qadar turli jarayonlarda ishtiroki uni ikkilamchi o‘tkazuvchisi sifatida universal faoliyati tomonidan namoyon qiladi,
turli tipdagi xujayralarda biologik signalni o‘tkazuvchanligi va realizatsiyasini amalga oshiriladi.
Farmakokinetikasi
Kaltsiy so‘rilishi o‘n ikki barmoqli ichakda, ingichka va yo‘g‘on ichakda yuz beradi. Bu jarayon ikki mexanizm ishtirokida amalga oshiriladi ozuqa bilan organizmga kiradigan elementlarning kamida 10% so‘rilishida ishtirok etadigan faol so‘rilish va passiv diffuziya. Tizimli qon aylanishiga so‘riladigan kaltsiy a'zo va tizimlarga taqsimlanadi, eng avvalo suyak to‘qimalariga kiradi.
Fiziologik sharoitda buyrakda so‘rilmagan va siydikka o‘tgan, shu jumladan 80–100 mg ichakka safro va pankreatik sekret bilan o‘tuvchi kaltsiyni organizmdan chiqarilishi (sutkada 250–300 mg qabul qilganda), 140–180 mg ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
-turli sabablarga ko‘ra ozuqa ratsionida, ya'ni sut ichmaydigan va sutli maxsulotlarni qabul qilmaydigan, yetarlicha kaltsiy miqdori olmaydigan shaxslarga oldini olish maqsadida
-kaltsiyga yuqori ehtiyoj bilan kuzatiluvchi holatlar homiladorlik va emizish davri
-raxit va osteomalyatsiya (asosiy davolashga qo‘shimcha sifatida)
-kelib chiqishi turlicha bo‘lgan osteoporoz
-hayz ko‘rishdan oldin va keyin suyaklarni demineralizatsiyasi
-allergik reaktsiyalar (yordamchi davolash sifatida)
-uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik, qo‘rquv, charchoqlik bilan kuzatiluvchi nevrasteniyani yengil shakllari
-latent kechuvchi tetaniya
-rekonvalestsentsiya davrida kasalliklardan keyin keksa shaxslarda kaltsiyni o‘zlashtirilishi qiyinlashishi
-tutqanoq sindromidagi tirishishlarni majmuaviy davolashda
-organizmdan kaltsiyni eliminatsiyasini kuchayishida majmuaviy davolash tarkibida (uzoq immobilizatsiyada)
-turli patologiyalarda qon tomirlar devorini o‘tkazuvchanligini normallashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga ichga, 1-2 kapsuladan kuniga 2 marta, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin.
Bolalarga ichga, 0,5-1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin.
Davolash davomiyligi patsiyentning holatiga bog‘liq holda va 1 oydan 6 oygacha o‘zgarib turadi.
Zarur bo‘lganda davolash kursini qaytarish kerak. Davolash kurslari orasidagi tanaffuslarni uzayishini shifokor belgilaydi.
Maxsus parhezga rioya qilish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
-ayrim xollarda allergik reaktsiyalar kutilishi mumkin (qichishish, toshma, eshakemi) yoki kapsula qobig‘i komponentlariga nisbatan organizmni shaxsiy o‘zlashtiraolmasligi
-qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, diareya, dispepsiya
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-giperkaltsiyemiya
-yaqqol giperkaltsiuriyada qo‘llashda qo‘llash mumkin emas.
-patsiyentda yuqorida ko‘rsatilgan qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
-kaltsiy tetratsiklin antibiotiklarini, ftor preparatlarini, xinolonlarni bir vaqtda qabul qilganda so‘rilishini kamaytirishi mumkin
-kaltsiyni yuqori dozalarda peroral buyurilganda digoksinni aritmogen ta'sirini oshishi mumkin
-tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkaltsiyemiya rivolanishi mumkin, chunki tiazid diuretiklar kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi
-furosemid va boshqa tugunli diuretiklar kaltsiyni buyrak orqali chiqarilishini oshiradi
-biofosfonatlarni bir vaqtda qo‘llaganda, bifosfonatlar kaltsiyni qabul qilishdan 1 soat oldin buyurish kerak
-glyukokortikosteroidlar kaltsiy so‘rilishini kamaytiradi
-levotiroksinni samaradorligi levotiroksinni so‘rilishini pasayishi tufayli “Jemchujniy kaltsiy”ni bir vaqtda qabul qilganda kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni uzoq qo‘llaganda siydik va qonda kaltsiyni kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Yurak glikozidlarini va/yoki furosemidni bir vaqtda qabul qiluvchi patsiyentlarda qon zardobida kaltsiy va kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Giperkaltsiyemiya hollarida yoki buyrak faoliyatini buzilishlari belgilarida preparatni qo‘llashni to‘xtatib turish kerak.
Dori vositasini avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini xususiyatlari
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
0,3 g dan kapsulalar №30 plastik flakonlarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Ninbonsk farmatsevtik kompaniyasi «Da Chan», XXR,
Chjetszyan provintsiyasi, Sinkou qishlog‘i, Fenxua shaxar, Fentonbey ko‘chasi, 500
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar ( takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin Sen” MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A uy,
www.mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.