Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Glitsin tab. 0.1g №50
Nomi | Narx | |||||
Глицин таб. 0,1г. №50 (154072024##2 249) |
UZS 6 400
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Глицин таб. 0,1г. №50 (154072024##2 254) |
UZS 6 400
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Глицин таб. 0,1г. №50 (154072024##2 274) |
UZS 6 400
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глицин
Страна производитель
Россия
Дозировка
0,1 г
Производитель
Биотики,МНПК,ООО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Glitsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) glitsin (aminosirka kislotasi)
Dori shakli
til osti tabletkalari
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda glitsin – 100 mg;
yordamchi moddalar suvda eruvchan metiltsellyuloza – 1 mg, magniy stearati – 1 mg.
Ta'rifi oq rangli, marmarlik elementlari bilan, yassi silindrik shaklli, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik vosita.
ATX kodi N06BX.
Farmakologik xususiyatlari
.
Glitsin moddalar almashinuvining boshqaruvchisi hisoblanadi, markaziy nerv tizimida himoya tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Glitsin glitsin- va GAMK-ergik, alfa1-adrenobloklovchi, antioksidant, antitoksik ta'sirlarga ega; glutamat (NMDA) retseptorlari faoliyatini boshqaradi, shuning hisobiga preparat quyidagi xususiyatlarga ega
• psixoemotsional zo‘riqishni, tajavuzkorlikni, janjalkashlikni kamaytiradi, ijtimoiy moslashuvni oshiradi;
• kayfiyatni yaxshilaydi;
• uyquga ketishni yengillashtiradi va uyquni normallashtiradi;
• aqliy ish qobiliyatini oshiradi;
• vegeto-tomir (shu jumladan, klimakterik davrdagi) buzilishlarni kamaytiradi;
• ishemik insult va bosh miya jarohatida bosh miya buzilishlari yaqqolligini kamaytiradi;
• alkogol va markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining toksik ta'sirini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmning ko‘pchilik biologik suyuqliklari va to‘qimalariga, shu jumladan bosh miyaga oson kiradi; suv va is gazigacha metabolizmga uchraydi, uni to‘qimalarda to‘planishi kuzatilmaydi.
Qo‘llanilishi
• aqliy ish qobiliyatini pasayishi.
• stress holatlari – psixoemotsional zo‘riqish (imtihonlar davri, janjalli va shunga o‘xshash holatlar).
• bolalar va o‘smirlarda hatti-harakatlarni deviant shakllari.
• yuqori qo‘zg‘alish, emotsional beqarorlik, aqliy ish qobiliyatini va uyquni buzilishi bilan kechuvchi nerv tizimining turli funktsional va organik kasalliklari; nevrozlar, nevrozsimon holatlar va vegeto-tomir distoniya, neyroinfektsiya oqibatlari va bosh miya jarohatlari, perinatal va entsefalopatiyalarning boshqa shakllari (shu jumladan, alkogol genezli).
• ishemik insultda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Glitsin 100 mg dan (tabletkalarda yoki tabletka maydalangandan keyin kukun ko‘rinishida) til ostiga yoki transbukkal (lab va milk orasiga) qo‘llanadi. Deyarli sog‘lom bolalar, o‘smirlar va kattalarga psixoemotsional zo‘riqishda, xotirani, diqqatni, aqliy ish qobiliyatini pasayishida, aqliy rivojlanishini orqada qolishida, hatti-harakatning deviant shakllarida glitsin 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta 14-30 kun davomida qo‘llanadi.
Yuqori qo‘zg‘alish, emotsional labillik va uyquni buzilishi bilan kechuvchi nerv tizimining funktsional va organik shikastlanishlarida uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir qabulga 0,5 tabletkadan (50 mg) kuniga 2-3 marta 7-14 kun davomida, keyinchalik 50 mg dan kuniga 1 marta 7-10 kun davomida buyuriladi. Sutkalik dozasi – 100-150 mg, kurs dozasi – 2000-2600 mg ni tashkil qiladi. 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta buyuriladi, davolash kursi – 7-14 kunni tashkil etadi. Davolash kursini 30 kungacha oshirish mumkin, zarurati bo‘lganida davolash kursi 30 kundan keyin takrorlanadi.
Uyquni buzilishlarida glitsin uyqudan 20 minut oldin yoki bevosita uyqudan oldin 0,5-1 tabletkadan (yoshga qarab) buyuriladi.
Bosh miyaning ishemik insultida insult rivojlangandan keyin birinchi 3-6 soat davomida 1000 mg transbukkal yoki til ostiga bir choy qoshiq suv bilan, keyinchalik 1-5 sutka davomida sutkada 100 mg dan, so‘ngra keyingi 30 sutka davomida 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Narkologiyada glitsin remissiya davrida entsefalopatiya, markaziy va periferik nerv tizimini organik shikastlanishlari ko‘rinishlarida aqliy ish qobiliyatini oshiruvchi va psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiruvchi vosita sifatida 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta 14-30 kun davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursi bir yilda 4-6 marta takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), anksiolitiklar, antidepressantlar, uxlatuvchi va tirishishga qarshi vositalarning nojo‘ya samaralari yaqqolligini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
.
Til osti tabletkalari 100 mg.
50 tabletkadan kontur uyali o‘ramda, tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
«Meditsinskiy nauchno-proizvodstvenniy kompleks «BIOTIKI» MChJ.
Rossiya, 115404, Moskva sh., 6-ya Radialnaya ko‘ch., 24 uy, 14 qur.,
tel. +7(495)327-53-53.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.