Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitamin A–LIK 33000 XB №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ретинола ацетата
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
33000 МЕ
Производитель
Lekinterkaps,OOO,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vitamin A–LIK
Ta'sir etuvchi modda (XPN) retinol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar retinol atsetat yoki retinol palmatat 33000 XB;
yordamchi moddalar soya moyi (rafinatlangan dezodoratsiya qilingan) yoki kungaboqar moyi – 0,15 g.
Ta'rifi sharsimon yoki oval shaklli sariq rangdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan kapsulalar. To‘planishlarsiz va mexanik ifloslanishlarsiz kapsulalar. Kasula tarkibi och-sariqdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan moysimon suyuqlik bilan to‘ldirilgan kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar.
ATX kodi A11SA01
Farmakologik xususiyatlari
A vitamini umumiy quvvatlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini normallashtiradi; oksidlanish-qaytarilish jarayonlari (ko‘p miqdorda to‘yinmagan bog‘larning mavjudligi sababli), mukopolisaxaridlar, oqsillar, lipidlar, minerallar almashinuvida, xolesterinni hosil bo‘lishi jarayonida ishtirok etadi. Ko‘z yoshi, yog‘ va ter bezlari faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi; nafas yo‘llari va ichak shilliq qavatlarini kasalliklarga chidamliligini oshiradi; organizmni infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Terining epitelial xujayralarini bo‘linishini kuchaytiradi, xujayralar populyatsiyasini yoshartiradi, keratinizatsiya jarayonlarini tormozlaydi, glikozaminglikanlar sintezini kuchaytiradi, immunokompetent xujayralarni o‘zaro va epidermis xujayralari bilan o‘zaro ta'sirni faollashtiradi. Teri regeneratsiyasini rag‘batlantiradi. Fotoretseptsiya jarayonlarida ishtirok etadi (odamni qorong‘iga adaptatsiyasiga yordam beradi). Mahalliy ta'siri epiteliy xujayralari yuzasidagi retinol-bog‘lovchi retseptorlarni mavjudligi bilan bog‘liq.
Qo‘llanilishi
A gipovitaminozi, avitaminozi. Quyidaglarni majmuaviy davolashda
- infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (dizenteriya, gripp, traxeitlar, bronxitlar va boshqalar);
- teri shikastlanishlari va kasalliklari (terini yorilishi, ixtioz, giperkeratoz, seboreyali dermatit, psoriaz, neyrodermatit, ekzemaning ba'zi shakllari, teri tuberkulyozi);
- ko‘z kasalliklari (pigmentli retinit, gemeralopiya, kseroftalmiya, keratomalyatsiya, qovoqlarni ekzematoz shikastlanishi);
- me'da-ichak yo‘llari kasalliklari (eroziv gastroduodenit, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi);
- jigar sirrozida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak. Preparatni ertalab yoki kechqurun ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi avitaminozlarda kattalar uchun davolovchi dozalari sutkada 33000 TB gachani tashkil qiladi.
Ko‘z kasalliklarida kattalarga – sutkada 100000 TB retinol atsetati va bir vaqtning o‘zida 0,02 g riboflavin buyuriladi.
Teri kasalliklarida kattalarga sutkada 100000 TB retinol atsetati buyuriladi.
Kattalar uchun sutkalik dozasi 100000 TB dan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'siri
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiya, A gipervitaminozi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A gipervitaminozi, homiladorlik, o‘t-tosh kasalligi, surunkali pankreatit, terini o‘tkir yallig‘lanishli kasalliklari, bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan nefrit, II-III darajali yurak yetishmovchiligi, alkogolizm, jigar sirrozi, virusli gepatit, buyrak yetishmovchiligi, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Tetratsiklinlar bilan uzoq muddat davolash vaqtida A vitaminini buyurish tavsiya etilmaydi (bosh miya ichki gipertenziyasi rivojlanishi xavfi oshadi).
Salitsilatlar va glyukokortikosteroidlar nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar, neomitsin A vitaminini so‘rilishini kamaytiradi (dozani oshirish talab etilishi mumkin).
Peroral kontratseptivlar plazmada A vitaminining kontsentratsiyasini oshiradi.
Izotretionin toksik samara paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
Sa2+ preparatlarining samarasini susaytiradi, giperkaltsiyemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.
Ye vitamini A vitaminining toksikligi, so‘rilishi, jigarda to‘planishi va ishlatilishini kamaytiradi; Ye vitaminining yuqori dozalari organizmda A vitaminining zahirasini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish uchun A vitaminini saqlovchi boshqa polivitamin komplekslarini bir vaqtda qabul qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘tkir dozani oshirib yuborilishi simptomlari (yuborilgandan 6 soatdan keyin rivojlanadi) A gipervitaminozi kattalarda – uyquchanlik, lanjlik, ko‘zda ikkilanish, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, to‘xtovsiz qusish, diareya, ta'sirchanlik, osteoporoz, milklardan qon ketishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi va yara paydo bo‘lishi, lab, terini (ayniqsa kaft terisini) sho‘ralashi, ongni chalkashishi, bosh miya ichki bosimini oshishi, (emizikli bolalarda – gidrotsefaliya, liqildoqni bo‘rtib chiqishi).
Surunkali intoksikatsiya simptomlari ishtahani yo‘qolishi, suyaklarda og‘riq, teri, labni yorilishi va qurishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, gastralgiya, qusish, gipertermiya, asteniya, yuqori toliqish, bosh og‘rig‘i, fotosezuvchanlik, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, yuqori ta'sirchanlik, sochlarni to‘kilishi, oyoq, qo‘l kaftida, burun-lab uchburchagi sohasida sariq-zarg‘aldoq rangli dog‘lar, gepatotoksik ko‘rinishlar, ko‘z ichki gipertenziyasi, oligomenoreya, portal gipertenziya, gemolitik anemiya, rentgenogrammada suyaklarni o‘zgarishi, tirishishlar; fetotoksik ko‘rinishlar siydik chiqarish tizimini rivojlanishi nuqsonlari, o‘sishni sekinlashishi, epifizar o‘sish sohalarini erta berkilishi.
Davolash preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
Tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.