Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kompligam V amp 2 ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
тиамина гидрохлорид, пиридоксина гидрохлорид, цианокобаламин, лидокаина гидрохлорид
Страна производитель
Россия
Дозировка
2 мл
Производитель
ЗАО "ФарФирма "Сотекс"
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
KompligamV
Dori shakli
mushak ichiga yuborish uchun eritma.
Tarkibi
1 ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar tiamin gidroxloridi – 100 mg, piridoksin gidroxloridi – 100 mg, sianokobalamin – 1 mg, lidokain gidroxloridi – 20 mg;
yordamchi moddalar benzil spirti, natriy polifosfati, natriy tripolifosfati, kaliy geksatsianoferrati, 1M natriy gidroksidi eritmasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, pushtiroq-qizil rangli o‘ziga xos hidli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin vosita+boshqa preparatlar.
ATX kodi A11EX.
Farmakologik ta'siri
V guruhi neyrotrop vitaminlari nervlar va harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ular tanqislik holatlarini yo‘qotish uchun qo‘llanadilar, yuqori dozalarida esa analgetik xususiyatlarga ega, qon oqimini kuchayishiga yordam beradi, nerv tizimining ishini va qon yaratish jarayonlarini (V12 vitamini) normallashtiradi.
Tiamin (V1) nerv to‘qimasidagi almashinuv jarayonlarida, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan uglevodlarning almashinuvi jarayonlarida, shuningdek Krebs siklida keyingi TPF (tiamin pirofosfati) va ATF (adenozin trifosfati) sintezida asosiy rol o‘ynaydi. Piridoksin (V6) oqsillarining metabolizmida va xususan uglevodlar va yog‘larning metabolizmida ishtirok etadi. Ikkala vitaminning (V1, V6) fiziologik funktsiyasi nerv, nerv-mushak va yurak-qon tomir tizimlariga ijobiy ta'siri bilan namoyon bo‘ladigan bir biriga potentsiyalovchi ta'siridir.
Sianokobalamin (V12) miyelin qobig‘ini sintezida ishtirok etadi, gemopoezni rag‘batlantiradi, periferik nerv tizimining shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq tuyg‘ularini kamaytiradi, folat kislotasini faollanishi orqali nuklein almashinuvini rag‘batlantiradi.
Lidokain - anesteziyaning barcha turlarini chaqiruvchi mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan keyin tiamin in'ektsiya joyidan tez so‘riladi va qonga tushadi (50 mg doza birinchi kuni yuborilganida 15 minut o‘tgach 484 ng/ml ni tashkil qiladi) va organizmda notekis taqsimlanadi - uning miqdori leykotsitlarda 15%, eritrotsitlar 75% va qon plazmasida 10%. Organizmda vitaminning ahamiyatli zahiralari yo‘qligi tufayli, u organizmga har kuni kirishi kerak. Tiamin gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi, ona sutida aniqlanadi. Tiamin siydik bilan alfa fazada - 0,15 soat o‘tgach, beta fazada - 1 soat o‘tgach va terminal fazada - 2 kun davomida chiqariladi. Asosiy metabolitlari tiamin karbon kislotasi, piramin va ayrim noma'lum metabolitlaridir. Barcha vitaminlar ichida organizmda eng kam miqdorlarda tiamin saqlanadi. Katta odam organizmi taxminan 30 mg tiamin saqlaydi. 80% tiamin pirofosfati, 10% tiamin trifosfati ko‘rinishida va qolgan miqdori tiamin monofosfati ko‘rinishida.
Mushak ichiga yuborilganidan keyin piridoksin tez qon xavzasiga so‘riladi va SN2ON guruhini 5-nchi holatida fosfat kislotasini qoldig‘ini organik moddalar molekulasiga qo‘shilishidan keyin koenzim rolini bajarib organizmda taqsimlanadi.
Vitaminning taxminan 80% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Piridoksin butun organizm bo‘ylab taqsimlanadi, yo‘ldosh orqali o‘tadi, ona sutida aniqlanadi. Jigarda to‘planadi va 4-piridoksin kislotasigacha oksidlanadi, u siydik bilan, so‘rilganidan keyin maksimum 2-5 soat o‘tgach chiqariladi. Odam organizmida 40-159 mg V6 vitamin saqlanadi, uning har kungi chiqarilishini tezligi 2,2-2,4% o‘rnini to‘ldirilishi tezligida taxminan 1,7-3,6 mg ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Nerv tizimining turli kelib chiqishlarga ega bo‘lgan kasalliklari va sindromlarni davolashda patogenetik va simptomatik vosita sifatida
-neyropatiyalar va polineyropatiyalar (diabetik, alkogolli va boshqalar);
-nevrit va polinevrit, shu jumladan retrobulbar nevrit;
-periferik parezlar, shu jumladan yuz nervini;
-nevralgiya, shu jumladan uch shoxli nervni va qovurg‘alararo nervlarni;
-og‘riq sindromini (ildizli, mialgiya);
-tungi mushak tirishishlari, ayniqsa katta yosh guruhi shaxslarda;
-plekospatiyalar, ganglionitlar (o‘rab oluvchi gerpesni ham qo‘shib);
-umurtqa pog‘onasi osteoxondrozining nevrologik ko‘rinishlarida (radikulopatiya, lyumboishalgiya, mushak-tonik sindromlar) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yaqqol og‘riq sindromida davolashni 2 ml preparatni har kuni 5-10 kun davomida mushak ichiga yuborishdan (chuqur qilib) boshlash, keyinchalik ichga qabul qilishga yoki kamroq in'ektsiyalarga (haftada 2-3 marta 2-3 hafta davomida) o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Alohida hollarda ko‘p terlash, taxikardiya kuzatilishi mumkin, toshma paydo bo‘ladi. Qichishish, eshakemi ko‘rinishidagi teri reaktsiyalari ta'riflangan. Kamdan-kam hollarda preparatga yuqori sezuvchanlik ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin, masalan toshma, nafasni qiyinlashishi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning komponentlaridan har qandayiga yuqori sezuvchanlik;
-dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligining og‘ir va o‘tkir shakllari;
-bolalarda (tekshirishlarning yo‘qligi tufayli) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tiamin sulfitlarni saqlovchi eritmalarda butunlay parchalanadi.
Tiamin ishqoriy va neytral eritmalarda barqaror emas; karbonatlar, sitratlar, barbituratlar, mis preparatlar bilan buyurish tavsiya qilinmaydi.
Piridoksin levodopa bilan bir vaqtda buyurilmaydi, chunki levodopaning ta'siri susayadi.
Preparatning tarkibida lidokainning borligini e'tiborga olib, qo‘shimcha adrenalin yoki noradrenalin ishlatilgan holda, yurakka nojo‘ya ta'sirini kuchayishi mumkin. Mahalliy anesteziya qiluvchi vositalarning dozasi oshirib yuborilgan holda qo‘shimcha adrenalin va noradrenalin qo‘llash mumkin emas.
V12 vitamini askorbin kislotasi, og‘ir metall tuzlari bilan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Boshqa vitaminlar, ayniqsa sianokobalamin B1vitaminni degradatsiya mahsulotlari ishtirokida faolsizlanishi mumkin.
Klinika manzarasi, shu jumladan B12 vitamini yuborilganda funikulyar miyelozda yoki pernitsioz anemiyada laborator tahlillar o‘zini spetsifikligini yo‘qotishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparat juda tez yuborilgan hollarda tizimli reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin (bosh aylanishi, aritmiya, tirishishlar), ular shuningdek dozani oshirib yuborilishining natijasi bo‘lishi mumkin.
Davolash simptomatik terapiya.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yuborish uchun eritma.
2 ml dan yorug‘likdan himoyalovchi shisha ampulalarda. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga yoki folgasiz kontur uyali o‘ramlarga joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2°S dan 8°S gacha haroratda. 2°S dan past haroratda saqlanish va tashilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“FarmFirma “Soteks” YoAJ,
141345, Moskva vil., Sergiyevo-Posadskiy munitsipal r-ni, Bereznyakovskoye qishloq hududi, Belikovo posyolkasi, 11 uy.
Tel/faks (495) 956-29-30
Qayd qilish guvohnomasining egasi
“FarmFirma “Soteks” YoAJ
Iste'molchilarning e'tirozlari ishlab chiqarish manzili bo‘yicha yuborilsin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.