Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Пиридоксина гидрохлорид (Вит В6) р-р д/ин. 5% 1мл №5 (Radiks) (010425##2 482) |
UZS 3 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Витамин В6
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
5%
Производитель
Radiks ЧНПП
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Раствор для инъекций
Piridoksina gidroxlorid (Vit В6) in'ektsiya uchun eritma 5% 1ml №5 (Radiks) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Piridoksina gidroxlorid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) piridoksin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda piridoksin gidroxloridi - 50,0 g.
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv 1 l gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitamin.
ATX kodi A11NA02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Piridoksin gidroxloridi suvda eruvchi vitaminlar (vitamin V6) guruhiga kiradi.
B6 vitaminining tanqisligini to‘ldiradi, aminokislotalar, neyromediatorlar almashinuviga boshqaruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
B6 vitamini markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Piridoksin transaminazalar va dekarboksilazalar kofermenti hisoblanadi, ular aminokislotalar va neyromediatorlarning almashinuvini ta'minlaydi.
Mushaklarda (shu jumladan miokardda ham) piridoksin glikogenning parchalanishini faollashtiradi va gipoksiya sharoitlarida energiya almashinuvini optimallashtiradi. Triptofandan nikotin kislotasining (RR vitamini) sintezini ta'minlaydi. Glutamin kislotasi, metionin, sisteinning almashinuvini boshqaradi.
Nerv tizimida piridoksin neyromediatorlar noradrenalin, dofamin, glitsin, GAMK va serotonin sintezida ishtirok etadi. Bunda u ko‘rsatilgan mediatorlar balansini tormozlovchi mediatorlar - GAMK, glitsin, shuningdek serotonin ustunligi tomoniga o‘zgartiradi. Shunday qilib, piridoksin markaziy nerv tizimining (MNT) qo‘zg‘aluvchanligini boshqarilishida ishtirok etadi.
Gem va gemoglobinning sintezini rag‘batlantiradi, suyak ko‘migining temirni bog‘lovchi oqsili (siderofilin) sintezini oshiradi, B12 vitamini va folat kislotasining almashinuvini boshqaradi. Trombotsitlar yuzasidagi lizin qoldiqlari va fibrinogen bilan bog‘lanib, qon ivishi va trombotsitlar agregatsiyasini sekinlashishini chaqiradi, qonning oquvchanligini va to‘qimalarning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Piridoksin gormon-retseptor majmuasining xujayra yadrosi bilan o‘zaro ta'sirini o‘zgartirib, steroid gormonlar estrogenlar, androgenlar, gestagenlar, glyukokortikosteroid gormonlarning ta'sirini modifikatsiyalaydi.
Piridoksinning alohida tanqisligi juda kam, asosan maxsus sun'iy ovqatlanishda bo‘lgan bolalarda uchraydi (diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin).
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilganida piridoksin alьbumin va eritrotsitlarning gemoglobini bilan bog‘langan holda tashiladi. Barcha to‘qimalarga yaxshi kiradi, asosan jigarda, kamroq darajada mushaklar va markaziy nerv tizimida (MNT) to‘planadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga chiqariladi.
Piridoksalfosfat qon plazmasi oqsillari bilan 90% ga bog‘lanadi. Yarim chiqarilish davri 25-33 kunni tashkil qiladi. Buyrak orqali nofaol piridoks kislotasi shaklida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- B6 vitaminining gipo-, avitaminozi;
- homiladorlar toksikozi, toksik gepatitlar, alkogolizmdagi abstinent sidromini majmuaviy davolash tarkibida;
- gipoxrom sideroaxrestik (sideroblast) anemiya;
- bolalardagi piridoksinga qaram tirishish sindromi;
- tuberkulezga qarshi preparatlarning neyrotoksik samaralarini oldini olish va davolash;
- markaziy nerv tizimi kasalliklarini (Littl kasalligi, kichik xoreya, nevralgiya, nevritlar) majmuaviy davolash tarkibida;
- Men'er kasalligi, dengiz va havo kasalligi;
- seboreyasimon va noseboreyali dermatit, neyrodermit, psoriaz, eksudativ diatez.
Qo‘llash usuli va dozalari
Piridoksin vena ichiga, mushak ichiga yoki teri ostiga buyuriladi (agar ichga qabul qilish mumkin bo‘lmasa, masalan, qusishda va ichakda so‘rilishi buzilganida).
B6 gipo- va avitaminozida kattalarga davolovchi dozalari 50-100 mg (1-2 ml 5% eritma) kuniga 1-2 qabulni tashkil qiladi. Kattalar uchun davolash kursi - 1 oy.
Bolalarga - sutkada 20 mg dan (0,5 ml 5% eritma), davolash kursi 2 hafta.
Parkinsonizmda sutkada 100 mg (2 ml 5% eritma) mushak ichiga buyuriladi. Davolash kursi - 20-25 in'ektsiya. 2-3 oydan keyin davolash kursi, sutkada 50-100 mg dozadan boshlab yoki dozani har kuni 50 mg ga oshirib, uni sutkada 300-400 mg gacha yetkazib, 12-15 kun davomidagi xar kunlik in'ektsiyalar ko‘rinishida takrorlanadi.
Anemiyalarni davolash uchun 100 mg dan mushak ichiga haftada 2 marta buyuriladi. Bir vaqtda folat kislotasi, sianokobalamin, riboflavinni qabul qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Piridoksinga bog‘liq tirishish sindromini davolash uchun kattalarga - vena ichiga yoki mushak ichiga 30-600 mg; bolalarga - 10-100 mg har kuni.
Involyutsion yoshi depressiyalarida - mushak ichiga sutkada 200 mg dan.
Nojo‘ya ta'sirlari
- dispepsiya, epigastral soxasida og‘riq;
- paresteziyalar, uvishish, qo‘l-oyoqlarda bosilish hissini paydo bo‘lishi (“paypoqlar” va “qo‘lqoplar” simptomi);
- teri toshmasi, qichishish, eshakemi kabi allergik reaktsiyalar, anafilaktik shok;
- ta'sirlanish, giperemiya, shish kabi yuborish joyidagi maxalliy reaktsiyalar;
- laktatsiyani pasayishi (ba'zida bu davolovchi samara sifatida ishlatiladi) kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- piridoksinga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- og‘ir jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas;
Ehtiyotkorlik bilan
- me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi (me'da shirasining kislotaliligini mumkin bo‘lgan oshishi tufayli).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Izoniazid, gidralazin, sikloserin va D-penitsillinaminning neyrotoksik ta'sirini susaytiradi.
Piridoksin me'da-ichak yo‘llarida va jigarda levodopaning metabolizmi jarayonlarini tezlashtiradi, bu uning MNT kirishiga to‘sqinlik qiladi va levodopaning parkinsonizmga qarshi faolligini susaytiradi.
Temirni o‘zlashtirilishiga va uni tiklangan shaklda depolanishiga yordam beradi.
Bilvosita antikoagulyantlar (fenindion, varfarin, neodikumarin) va geparinning samarasini kuchaytiradi.
Metamizol, atsetilsalitsil kislotasi, tramadol va nefopamning og‘riqni qoldiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Piridoksinni me'da va o‘nikki barmoqli ichak yarasi (me'da shirasining nordonligini oshishi mumkinligi uchun), yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish bu kasalliklarning kechishini yomonlashishini qo‘zg‘atishi mumkin.
Jigarni og‘ir shikastlanishlarida piridoksin katta dozalarda uning faoliyatini yomonlashishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Piridoksin yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga chiqariladi.
Preparat homiladorlik davrida homiladorlar toksikozida buyuriladi.
Homiladorlik davrida piridoksinga fiziologik talab normasini (sutkada 2-2,3 mg) oshirish tavsiya etilmaydi.
Preparat emizish davrida buyurilganida laktatsiyani pasayishi mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat pediatriya amaliyotida yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi tug‘ma piridoksinga qaram tirishish sindromini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Dori vositasini avtomobilni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari piridoksin katta dozalarda (sutkada 200-2000 mg va ko‘proq) yuborilganida dozani oshirib yuborilishi paydo bo‘ladi. Oyoq-qo‘l panjalarining uvishishini rivojlanishi, ularda bosilish tuyg‘usini paydo bo‘lishi xarakterli.
Davolash simptomatik davolash (nerv-mushak o‘tkazilishini yaxshilash uchun neostigmin yoki galantaminning kichik dozalarini yuborish). Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarishish shakli
1,0 ml dan neytral shisha ampulalarda.
5 ampuladan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramga joylanadi.
2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” XIIChK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.