Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rotafer Kids sirop 150ml flakon №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, В6, В12, С, РР, В2, В9, декспантенол
Страна производитель
Турция
Дозировка
150 мл
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rotafer Kids
Dori shakli
sirop
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) 4 mg;
V2 vitamini (riboflavin) 1 mg;
V3 vitamini (nikotinamid) 8 mg;
V5 vitamini (kaltsiy D-pantotenati) 2 mg;
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 2 mg;
folat kislotasi 150 mkg;
B12 vitamini (tsianokobalamin) 5 mkg;
S vitamini (askorbin kislotasi) 10 mg;
temir (temir L-laktati shaklida) 7 mg;
rux (rux glyukonati shaklida) 5 mg;
mis (mis glyukonati shaklida) 0,25 mg;
marganets (marganets glyukonati shaklida) 0,25 mg;
yod (kaliy yodat shaklida) 40 mkg;
kaltsiy glitserofosfati 10 mg;
lizin gidroxloridi 40 mg;
solod o‘ti ekstrakti 500 mg;
yordamchi moddalar dekstrin, kaliy sorbati, glitserin, sorbitol, maltitol, «Asal» aromatizatori, sukraloza, «Apelsin» aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi apelsin va asal hidli jigarrang rangli shirin suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Antianemik preparat. Makro- va mikroelementlar hamda biogen adaptogenlardan tarkib topgan polivitaminlar.
ATX kodi A11AB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Rotafer Kids – majmuaviy preparat bo‘lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning hususiyatlari bilan ifodalanadi.
V1 vitamini koenzimning tarkibiy qismi sifatida ketokislotalar karboksil guruhini yo‘qotishi uchun uglevodlar almashinuvining muhim komponenti hisoblanadi; uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almshinuvida muhim rol o‘ynaydi; sinapslarda nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tishida qatnashadi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko‘rsatib, nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi.
V2 vitamini hujayra nafasi va ko‘rish faoliyatlarini muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNKni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida qatnashadi, to‘qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga, hujayralarda trofik buzilishlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi.
V3 vitamini qondagi lipoproteinlarning kontsentratsiyasini normallashtiradi; yuqori dozalarda (sutkada 3-4 g) umumiy xolesterinning kontsentratsiyasini pasaytiradi, xolesterin/fosfolipidlar indeksini kamaytiradi, antiaterogen samaralarga ega bo‘lgan yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning miqdorini oshiradi.
V5 vitamini yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar almashinuvi uchun, hayotiy muhim yog‘ kislotalari, xolesterin, gistamin, atsetilxolin, gemoglobin sintezi uchun muhim. U antitelalarni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, boshqa vitaminlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi, shuningdek neyrotransmitterlar sintezida ishtirok etadi.
V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning funktsiyasini normallashtiradi, bosh miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi, antidepressiv ta'sir ko‘rsatadi.
Folat kislotasi to‘qimalarni o‘sishi, rivojlanishi va proliferatsiya jarayonlarini normal kechishi uchun muhim, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me'dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
B12 vitamini immunomodulyator, allergiyaga qarshi ta'sirga ega, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, ishtahani oshiradi. B12 vitamini turli aminokislotalarni sintezida ishtirok etadi, jigar, nerv tizimining funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, qon ivishi jarayonlari, uglevodlar va lipidlar almashinuvi jarayonlarini faollashtiradi.
S vitamini hujayra ichidagi kollagenni hosil bo‘lishi uchun muhim, tishlar, suyaklar va kapillyarlar devorining strukturasini mustahkamlash uchun talab etiladi. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida, tirozinni metabolizmida, folat kislotasini folinat kislotasiga aylanishida, uglevodlar metabolizmida, lipidlar va oqsillar sintezida, temirni metabolizmida, hujayra nafasi jarayonlarida ishtirok etadi. Antioksidant hususiyatlariga ega.
Temir – eritropoezni rag‘batlantiruvchi mikroelement. Gemoglobin, mioglobin, turli fermentlarning tarkibiga kiradi; kislorodni qaytuvchan bog‘laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi; qon yaratish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temir, temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanganida organizmda tanqisligini tez to‘lishi yuz beradi.
Rux – odam organizmidagi muhim element bo‘lib, asosan eritrotsitlarda rux metalloenzim karboangidraza ko‘rinishida va kamroq darajada qon plazmasida α-2-makroglobulin bilan bog‘langan holatda saqlanadi. DNK, RNK, oqsillar sintezining asosiy bosqichlarini katalizatsiya qiladigan 80 ortiq fermentlarning tarkibiga kiradi. To‘qimalarni o‘sishi va rivojlanishi jarayonlariga yaqqol ta'sir ko‘rsatadi, bolalarda aqliy va jismoniy rivojlanishi kechikkanida ijobiy ta'sir qiladi.
Mis qizil qon hujayralarini sintezida ishtirok etadi; bu nerv tolalarining tashqi qobig‘i, kollagen, organizmning asosiy struktur oqsilining asosiy komponenti hisoblanadi; mis shuningdek teri qoplamlaridagi pigmentlarni ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydi.
Marganets organizm tomonidan biotin, V va S vitaminlarini to‘g‘ri ishlatilishi uchun kerak bo‘ladigan fermentlarni faollashishiga yordam beradi. Suyaklarni normal strukturasi uchun muhim. Uglevodlar almashinuvini boshqaradi.
Yod qalqonsimon bez gormoni – tiroksin sintezi uchun, shuningdek hujayralarda yot tanalarni yo‘qotishga kerak bo‘ladigan patrul hujayralar – fagotsitlarni hosil bo‘lishi uchun muhim. Fagotsitlar yot tanalarni, xususan mikroorganizmlar va hatto yetilmagan hujayralarni qamrab olish va hazm qilish hususiyatiga ega.
Kaltsiy glitserofosfati anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini o‘tishida, silliq hamda ko‘ndalang-targ‘il mushaklarni qisqarishida, miokard funktsiyasida, qon ivishida ishtirok etadi, suyak to‘qimasini shakllanishi uchun, elektrolitlar muvozanatini va boshqa tizimlar hamda a'zolarni faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladi. Organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini normallashtiradi, umumiy mustahkamlovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Lizin gidroxloridi gemoglobin sintezi uchun kerak bo‘lgan aminoguruhini donori hisoblanadi, qondan kaltsiyni o‘zlashtirilishini va suyak to‘qimasiga tashilishini yaxshilaydi. Lizin odam organizmiga normal o‘sishi, gormonlar, antitelolar, fermentlarni ishlab chiqarilishi, shuningdek to‘qimalarni tiklanishi uchun muhim.
Solod o‘ti ekstrakti me'daning shilliq qavatini temirning qitiqlovchi ta'siridan himoya qiladi, organizmning himoya faoliyati (immunitet) ni mustahkamlaydi, kasallik, operatsiya, aqliy va jismoniy harakatlardan keyin organizmning kuchini tiklaydi, qonda gemoglobin va eritrotsitlarning miqdorini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta'siri tarkibidagi komponentlarning umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Quyidagi holatlar
• muvozanatlashtirilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan ovqatlanishda;
• me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishni buzilishida;
• ovqatlanishga bo‘lgan talabni oshishi (homiladorlik va laktatsiya vaqtida; bolalar va o‘smirlarni faol o‘sish davrida) da temir va V12 vitaminining tanqisligi holatlarini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rotafer Kids ichga, ovqatdan keyin, flakon oldindan chayqatilgandan so‘ng qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida siropni suvga, mevali sharbatga, bolalar ozuqasiga qo‘shish mumkin.
1-3 yoshdagi bolalarga kuniga 2,5 ml buyuriladi.
4-6 yoshdagi bolalarga – 2,5 ml dan kuniga 2 marta buyuriladi.
7-12 yoshdagi bolalarga – 5 ml dan kuniga 1-2 marta buyuriladi.
12 yoshdan katta bolalar va kattalarga – 5 ml dan kuniga 2 marta buyuriladi.
Homiladorlik va hayz ko‘rish vaqtida 5 ml preparatni kuniga 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi.
Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml hajmga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi.
Siropni qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuzatilgan nojo‘ya samaralar asosan yengil va o‘tginchi bo‘lgan. Juda kam hollarda me'dani to‘lib ketishi hissi va epigastral sohada bosimni oshishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat yoki diareya kabi me'da-ichak tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• organizmda temirning miqdorini ortiq ketishi (gemoxromatoz, gemosideroz);
• temirni utilizatsiya mexanizmlarini buzilishi (qo‘rg‘oshinli anemiya, sideroaxrestik anemiya, talassemiya) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning dozasini oshirib yuborilishidan saqlanish maqsadida boshqa polivitamin va mineral komplekslarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ahlatni so‘rilmagan temirni chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan to‘q rangga bo‘yalishi, va siydikni yorqin sariq rangga bo‘yalishi bo‘lishi mumkin.
Tarkibi
da etanol saqlovchi ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Zarurat bo‘lganida preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilish holatlari yuzasidan xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli shisha flakonda. 1 flakon o‘lchov stakani va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Ilachlari Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm Ilaçlarl Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Farmamag Ambalaj Sanayi ve Tidjaret A.Sh.», Turkiya
(Avdjilar Ilchesi, Baglarichi Djaddesi №14, Kat 2, Istambul)
“Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.Ş.”, Turkey
(Avcılar İlçesi, Bağlariçi Caddesi No14, Kat 2, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.