Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Qozog'iston
Производитель
Santo Member of Polpharma group
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Inyeksiya uchun eritma
Sianokobalamin (Vitamin B12) inyeksiya uchun eritma 0,05% 1ml №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Javob berish kurilmasi raqami
Preparatning savdo nomi
Sianokobalamin (vitamin B12).
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sianokobalamin
Dori shakli
inyeksiya uchun 0,05% li eritma, 1 ml
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,50 mg sianokobalamin (100% moddaga qayta hisoblaganda),
yordamchi moddalar natriy xloridi, 0.1 M xlorid kislotasi, inyeksiya uchun suv.
Ta'rifi och-pushtidan yorqin-qizil ranggacha bo‘lgan tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
gemopoez stimulyatorlari. B12 vitamini va folat kislotasi. Sianokobalamin va uning hosilalari. Sianokobalamin
ATX kodi V03VA01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sianokobalamin B12 vitaminining shaklini o‘zida aks ettiradi.
Farmakokinetikasi
Kobalamin me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi, lekin yuqori terapevtik dozalarda buyurilganda noadekvat so‘rilishi mumkin. So‘rilish ichki omilga ega bo‘lmagan patsientlarda, kam so’da, ichak kasalligi yoki anomaliyasida, gastrektomiyadan so‘ng buziladi.
Sianokobalamin inyeksiya qilingandan so‘ng ahamiyatli qismi 24 soat ichida siydik bilan chiqariladi; 100 mkg doza qo‘llanilganda organizmda faqat 55% va 1000 mkg da esa 15% saqlanib qoladi. B12 vitamini plazma oqsillari bilan keng ko‘lamda bog‘liq bo‘lib, shartli ravishda transkobalaminlar (Transcobalamin II) deb ataluvchilar, taxmin qilinishicha, to‘qimalarda kobalaminlarni tezkor tashishda ishtirok etadi.B12 vitamini jigarda to‘planib, o‘t suyuqligibilan chiqariladi va keng enterogepatik qayta ishlanishga duchor bo‘ladi; kiritilgan dozasini bir qismi siydik bilan, uning katta qismi - ilk 8 soat ichida chiqariladi. Ammo siydik eksekretsiyasi organizmdagi suyuqlik umumiy hajmining pasayishida ahamiyatsiz ulushni tashkil qiladi. B12 vitamini yo‘ldosh to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
- Addison-Birmer kasalligini (B12 - tanqis anemiya) davolash;
- B12 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq boshqa makrositar anemiyaning oldini olish va davolash;
- Shilling sinamasida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga yuboriladi.
Kattalar va bolalar
Addison-Birmer kasalligi (B12 -tanqis anemiya) va nevrologik buzilishlarsiz boshqa makrositar anemiyalar
Birlamchi 250 dan 1000 mkg gacha mushak ichiga bir haftadan ikki haftagacha istalgan kun, so‘ngra haftasiga 250 mkg dan qon miqdori normal ko‘rsatkichlarga erishmaguncha davom ettiriladi.
Tutib turuvchi doza oyiga 1000 mkg.
Addison-Birmer kasalligi (B12 -tanqis anemiya) va nevrologik buzilishlarga ega boshqa makrositar anemiyalar
Birlamchi 1000 mkg mushak ichiga ahvol yaxshilangunga qadar istalgan kun.
Tutib turuvchi doza oyiga 1000 mkg.
Gastrektomiya, ayrim mal'absorbsion sindromlar va qat'iy vegetarian dieta natijasida B12 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan makrositar anemiyaning oldini olish oyiga 250 mkg- 1000 mkg.
Shilling sinamasi (insonning B12 vitaminining ichakdan o‘zlashtira olish qobiliyatini aniqlash imkonini beruvchi sinama).
Sianokobalaminning mushak ichiga 1000 mkg inyeksiyasi ushbu sinamaning muhim qismi hisoblanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
- o‘ta yukori sezuvchanlik reaksiyalari, jumladan teri reaksiyalari (toshma, qichishish), anafilaktik shok.
- isitma, qaltirash, isitma hissi, bosh aylanish, o‘zini umumiy yomon xis qilish
- ko‘ngil aynishi,
- husnbuzarli toshma va bullyoz toshmalar,
- tremor va in'eksiya qilingan sohada maxalliy reaksiyalar, jumladan inyeksiya joyidagi og‘riq, zichlashish va nekroz.
- megaloblast anemiyani davolashning ilk haftalarida reaktiv trombotsitoz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- sianokobalamin yoki preparatning istalgan komponentlariga gipersezuvchanlik.
- homiladorlardagi megaloblast anemiya (V12 vitamini tanqisligi bo‘lmaganida)da qo‘llash mumkin emas.
Dorilar bilan o‘zaro ta'siri
Xloramfenikol (levomitsetin) qabul qilayotgan patsientlar Sianokobalaminga yomon javob reaksiya qaytarishi mumkin. Oral kontratseptivlar qon zardobida sianokobalamin konsentratsiyasini pasaytirishi mumkin, lekin ushbu o‘zaro ta'sirlashuv ahamiyatli klinik ahamiyatga ega emas.
Antimetabolitlar va ko‘pchilik antibiotiklar V12 vitaminining qondagi miqdorini noto‘g‘ri ko‘rsatishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
«Qo‘llash usuli va dozalar» bo‘limida ko‘rsatilgan dozalar qo‘llanilganda qonni muntazam nazorat qilib turish tavsiya qilinadi. Agar megaloblast anemiya Sianokobalamin bilan davolashdan so‘ng yo‘qotilmasa, folat metabolizmini aniqlash kerak. Kundalik 10 mkg dan ortiq dozalar folat tanqisligiga ega patsientlarda noto‘liq gematologik javobga olib kelishi mumkin.
Noadekvat sxemadagi davolash asl tashxisni yashirishi mumkin. Samarali muolajani ta'minlash uchun patsientning gematologik va nevrologik holatini muntazam nazorat qilib turish zarur. Davolashning boshlang‘ich bosqichida ikkilamchi tabiatga ega yurak aritmiyasi haqida xabarlar mavjud, shuning uchun ushbu davr mobaynida qonda kaliy miqdorini nazorat qilib turish lozim. Megaloblast anemiyada davolashning ilk haftalarida reaktiv trombositoz paydo bo‘lish ehtimoli tufayli trombositlar miqdorini nazorat qilib turish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Sianokobalamin homiladorlarda megaloblast anemiyani davolashda faqat V12 vitamini tanqisligini tasdiqlovchi ma'lumotlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llanishi mumkin.
Sianokobalamin bolaga ziyon yetkazmaydigan, ammo ona va bolada V12 vitamini tanqisligini davolashda foyda keltiruvchi dozalarda ko‘krak sutiga kiradi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Yo‘q.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlari preparat nojo‘ya ta'sirlarining kuchayishi.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
1 ml preparatdan shpritsga to‘ldiriladigan neytral shishali sinish nuqtali yoki halqali ampulalarga solinadi.
Har bir ampulaga qog‘oz yorliq yopishtiriladi.
10 ampuladan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folga kontur uyali o‘ramga qadoqlanadi.
1 kontur uyali o‘ramda davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
O‘ramlar dori vositasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ma'lumotlar
«Ximfarm» AJ, Qozog‘iston Respublikasi, Shimkent sh., Rashidov ko‘chasi, 81
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi va manzili
«Ximfarm» AJ, Qozog‘iston Respublikasi, Shimkent sh., Rashidov ko‘chasi, 81
O‘zbekiston Respublikasi hududida iste'molchilardan mahsulot sifati bo‘yicha da'volarni (takliflar) qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
Chimpharm vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent sh., Kozitarnov ko‘ch, 50
Tel +99897 107 55 53
Javob berish kurilmasi raqami
+99871 205 10 58
Qozog‘iston Respublikasi dori vositalari xavfsizligini ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuzatuvuchun mas'ul bo‘lgan tashkilotning nomi, manzili va aloqa ma'lumotlari (telefon, faks, elektron pochta).
“Ximfarm” AJ, Qozog‘iston Respublikasi, Shimkent sh., Rashidov ko‘ch., 81
Telefon raqami +7 7252 (610150)
Elektron pochta manzili phv@santo.kz; infomed@santo.kz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.