Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ibuklin tab.400 mg / 325 mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, ибупрофен
Страна производитель
Индия
Дозировка
400мг/325мг
Производитель
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- ATX kodi
- Tel
Preparatning savdo nomi
Ibuklin®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) ibuprofen, paratsetamol
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 400 mg ibuprofen, 325 mg paratsetamol;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, talk, natriy kraxmal klikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, makrogol, sariq apelsin laki FCF, titan dioksidi, sorbin kislotasi, polisorbat 80, relikton.
Ta'rifi zarg‘aldoq yoki och-zarg‘aldoq rangli, dog‘li yoki marmarsimon bo‘yalgan bo‘lishi mumkin, bir tomoni silliq, ikkinchi tomonida bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.
ATX kodi
M01AE51
Farmakologik xususiyatlari
Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, fenilpropion kislotasining hosilasi, yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning patogenizida asosiy rol o‘ynaydigan, prostaglandinlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan araxidon kislotasining metabolizimiga javob beruvchi asosiy ferment – SOG ning faolligini susaytirishi hisobiga, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Analgetik (og‘riq qoldiruvchi) ta'siri ham periferik (prostaglandinlar sintezini pasayishi orqali), ham markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibirlanishi) mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Trombotsitlar agregatsiyasini bostiradi.
Paratsetamol – nonarkotik og‘riqni qoldiruvchi vosita, SOG ning faolligini susaytirishi va prostaglandinlar ishlab chiqarilishini pasaytirishi hisobiga og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi; asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Ibuprofen ichga qabul qilinganidan so‘ng MIY tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikda maksimal kontsentratsiyaga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen jigarda metabolizmga uchraydi (90%). Buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 80%) ham o‘zgarmagan holda (10%), ham metabolitlari holida (70%) chiqariladi. Ichak orqali metabolitlari xolida (20%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soat.
Paratsetamol MIY dan, asosan ingichka ichakdan tez so‘riladi, bir marta qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal kontsentratsiyaga 10-60 minutdan keyin erishiladi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. Paratsetamol yog‘ to‘qimasi va orqa miya suyuqligidan tashqari to‘qima suyuqliklarga keng taqsimlanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil qiladi. Asosan jigarda glyukuronid, sulfat bilan bog‘lanish va jigar oksidazalari va sitoxrom R450 ishtirokida oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Kattalarda paratsetamolning katta qismi glyukuron kislotasi bilan, bolalarda – sulfat kislotasi bilan bog‘lanadi. Bu kon'yugatsiyalangan metabolitlari metabolik faolikka ega emas, plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydilar. Shuningdek preparatning dozasi oshirib yuborilganida toksik ta'sir qiluvchi gidroksilangan metaboliti – N-atsetil-r-benzoxinolinni to‘planishi yuz berishi mumkin, u jigar va buyraklarda aralash oksidazalarning ta'sirida hosil bo‘ladi va odatdagi sharoitlarda glutation bilan bog‘lanib detoksikatsiyalanadi.
Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil qiladi va jigar sirrozida oshishi mumkin. Paratsetamolning buyrak klirensi 5% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan holda (taxminan 5%) va glyukuronid va sulfat kon'yugatlari holida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan revmatoid va revmatik artrit, osteoartroz, ankilozlanuvchi spondiloartroz), podagra zo‘rayganidagi bo‘g‘im sindromi, psoriatik artrit, tendinitlar, bursit.
• Radikulit, nevralgiyalar, mialgiyalar.
• Bosh va tish og‘rig‘i, jaroxatlar, kuyishlar, LOR-a'zolari, kichik chanoq a'zolarining yallig‘lanish kasalliklaridagi (adneksit, algodismenoreya) og‘riq sindromi.
• Infektsion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma.
Preparatni qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan, kasalikning rivojlanishiga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ibuklin® kattalarga odatda ½-1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Shifokor nazoratisiz preparatni og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqatdan keyin, minimal samarasi dozada va mumkin bo‘lgan minimal kursda qabul qilish tavsiya qilinadi.
12 yoshdan yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 40 kg dan yuqori) - sutkada 1 tabletkadan 2 marotaba beriladi.
Davolash muddati isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida - 3 kungacha, ogriq koldiruvchi dori vositasi sifatida - 5 kungacha. Shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘nggina davolashni davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat-hazm qilish a'zolari ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, MIY ni eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin, uzoq muddat qo‘llanganida jigar faoliyatini buzilishi, gepatit bo‘lishi mumkin.
MNT bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘rishni buzilishi (rang ajratishni buzilishi, skotoma, ambliopiya).
Qon yaratish tizimi uzoq muddat qo‘llanganida anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz.
Siydik chiqarish tizimi uzoq muddat qo‘llanganida buyraklar faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, Kvinke shishi, kam hollarda – aseptik meningit, bronxospastik sindrom.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik
• zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi
• me'da-ichakdan qon ketishi
• jigar yoki buyrak kasalliklari
• aspiringa bog‘liq bronxial astma
• ko‘ruv nervini shikastlanishi
• glyukoza-6-fosfatdegidrogenezaning genetik bo‘lmasligi
• qon tiziming kasalliklari
• homiladorlik davri (III uchoyligi)
• 12 yoshgacha (bolalarga mo‘ljallangan shakli “Ibuklin® Yunior”) bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ibuklinni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar, rifampitsin, qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar, gormonal kontratseptivlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi, ibuprofen, gipotenziv vositalarning ta'sirini susaytirishi, xloramfenikol (levomitsetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi, bevosita (geparin) va bilvosita (kumarin va indandion hosilalari) antikoagulyantlar, trombolitiklar (altepaza, antistreplaza, streptokinaza, urikinaza), antiagregantlar, kolxitsining ta'siri kuchaytirishi va gemorragik asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Preparat insulin va qand miqdorini kamaytiruvchi peroral preparatlarning gipoglikemik ta'sirini kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qo‘llash giperkalemiya chiqarish mumkin. Birga qo‘llanganida qonda digoksin, fenitoin, metotreksat va litiyning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Metotreksat bilan birga qo‘llanganida qonda paratsetamolning kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Alkogol bilan birga qabul qilganda har ikki komponentning gepatotoksik ta'siri kuchayishi mumkin. Paratsetamol siklosporin va oltin preparatlari bilan birga qo‘llash nefrotoksik samarasini oshiradi. Kortikosteroidlar, kortikotropin, etanol bilan birga qo‘llash MIY eroziv yarali shikastlanishi xavfini oshiradi. Sefamandol, sefoperazon, valproat kislotasi, plikamitsin gipoprotrombinemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antatsidlar va xolestiramin preparatning faol ingrediyentlarini so‘rilishini pasaytiradi. Miyelotoksik preparatlar nojo‘ya gemotoksik samaralarni rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa patsiyentlar bu guruhdagi patsiyentlarda ayniqsa MIY tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya reaktsiyalarni (qon ketishi, perforatsiya) rivojlanish xavfi yuqori, shu sababli preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Nafas a'zolarining kasalliklari NYAQV lar bronxial astma yoki allergik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Yurak-tomir tizimi NYAQV lar organizmda tutilib qolishi va shishlarni chiqarishi mumkin, shuning uchun arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarning holati yomonlashishi mumkin. Ba'zi klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari, ibuprofenni, ayniqsa katta dozalarda (kuniga 2400 mg) uzoq muddat qo‘llash, arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. Ibuprofenni kichik dozalarda (kuniga 120 mg dan kam) qo‘llash, extimol, bunday samara ko‘rsatmaydi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ibuprofenni, faqat potentsial xavfi sinchiklab baholangandan keyin qo‘llash mumkin. Yurak-tomir kasalliklarini rivojlanishini xavf omillari (giperlipidemiya, qandli diabet, chekish va boshqa.) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Me'da-ichak yo‘llari NYAQV MIY laridan, shu jumladan anamnezida ilgari MIY kasalliklariga ko‘rsatmalar bo‘lmagan patsiyentlarda qon ketishi, yaralar va perforatsiyani chiqarishi mumkin. Anamnezida og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, NYAQV larni katta dozalarini qo‘llash, keksa yoshli patsiyentlarda ushbu asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori, shuning uchun bu guruhda davolashni minimal tavsiya qilingan dozalar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shuningdek bu guruh patsiyentlarida hamda MIY tomonidan nojo‘ya samaralar xavfini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, serotininni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va boshqa) yoki salitsil kislotasining kichik dozalarini yo‘ldosh qo‘llashga muxtoj bo‘lgan shaxslarda, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari kabi preparatlarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida me'da-ichakdan qon ketish epizodlari bo‘lgan patsiyentlar ularda MIY tomonidan ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida odatdagi bo‘lmagan har qanday simptomlar paydo bo‘lganligi haqida davolovchi shifokorga ma'lumot berish kerakligi haqida ogohlantirishlari kerak. Gastro-intestinal yara simptomlari yoki qon ketishi rivojlanganida preparat qabul qilishni darxol to‘xtatish kerak. Anamnezida MIY larini kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda umumiy holatni yomonlashish xavfi borligi tufayli, NYAQV larni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Tizimli kasalliklar tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda NYAQV lar aseptik meningitni rivojlanish xavfini oshirish mumkin.
Dermatologik buzilishlar juda kam hollarda NYAQV lar qo‘llanganida teri qoplamalari tomonidan og‘ir reaktsiyalar, shu jumladan o‘lim bilan tugaydigan og‘ir reaktsiyalar (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) kuzatilgan. Ushbu reaktsiyalarni rivojlanish xavfi NYAQV larni qabul qilishning birinchi oyi davomida yuqori. Shuning uchun teri va shilliq qavatlarda har qanday toshmalar, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilarida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Shuningdek preparatni jigar yoki buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarga, bevosita jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganidan so‘ng, anamnezida NYaQV larni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaktsiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganda, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining poliplari bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat uzoq muddat (5 kundan ko‘p) qo‘llanganida periferik qonni va jigar va buyraklarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Buyraklar (belda og‘riq, sutkalik siydik hajmini kamayishi, shishlar) yoki jigar (o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, sariqlik, siydikning rangini o‘zgarishi) funktsional holatini buzilishini belgilari paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerkak.
Preparatning gepatoksik ta'siridan saqlanish uchun davolash vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning I va II chi uchoyligida preparatni ona va xomila uchun kutiladigan foydasi, ona va homila uchun bo‘lgan potentsial havfdan yuqori bo‘lgan hollarda, shifokor tavsiyasi bilan ko‘llanilishi mumkin. Homiladorlikning III chi uchoyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya (emizish) davrida preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.
Eksperimental tadqiqotlarda Ibuklin® preparatining embriotoksik, teratogen va mutogen ta'sir etuvchi komponentlari aniklanmagan.
Preparat ayollarning fertilligiga ta'sir ko‘rsatish mumkin, shu sababli homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan patsiyentkalarga uni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador bo‘lishda muammolari bo‘lgan ayollarda preparatni bekor qilish kerak.
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. preparatni qabul qilish vaqtida patsiyentga diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda patsiyent o‘zini yaxshi xis qilsa ham, dozani oshirib yuborilishining simptomlarini kechikib rivojlanishini xavfi borligi sababli, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining xavfi jigarning alkogolli shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda yuqori.
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral soxada og‘riq, anoreksiya, protrombin vaqtini oshishi, 12-48 soatdan keyin qon ketishi, tormozlanish, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, ongni buzilishi, yurak ritmini buzilishi, gipotoniya, tirishishlar, og‘ir hollarda gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi rivojlanadi.
Davolash zaharlangandan so‘ng birinchi 4 soat davomida me'dani yuvish, ishqoriy ichimliklar ichish, jadallashtirilgan diurez, adsorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni (birinchi 8-9 soatda metionin, birinchi 12 soatda N-atsetiltsistein vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) yuborish, gemodializ, simptomatik davolash. Keyingi davolash choralarini o‘tkazishning zarurati qondagi paratsetamolning kontsentratsiyasi, shuningdek doza oshirib yuborilganidan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan 20 tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
«D-r Reddi`s Laboratoris Limited», Hindiston
8-2-337, Road No.3, Banjara Hills,
Hyderabad –500034,
Tel
angana, Hindiston
Ishlab chiqarish manzili
1) Dr. Reddy's Laboratories Limited,
Plot No.137,138, 145 & 146 S.V.C.E.I.,
Bollaram, Jinaram, Medak District
502325, India.
2) Dr. Reddy's Laboratories Limited,
Formulations Technical Operations-VI,
Village Khol, Nalagarh Road, Baddi, Dist.
Solan-173205, Himachal Pradesh, India.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«D-r Reddi`s Laboratoris Limited» O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
Toshkent sh., 100031, Afrasiyob ko‘ch., 4, korpus «S»
Tel
(99871) 252-24-41
Faks (99871) 252-24-41
pharmacovigilance@drreddys.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.