Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinomaks Aktiv TAB № 10
Rinomaks Aktiv TAB № 10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, кофеин, фенилэфрина гидрохлорид, хлорфенирамин
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Nika Pharm (Узбекистан)
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Tel
Preparatning savdo nomi
RINOMAKS® AKTIV TAB
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) paratsetamol, kofein, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati.
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar paratsetamol – 500 mg, kofein – 30 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg.
yordamchi moddalar karboksimetilkraxmal natriy, povidon, propilenglikol, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, sariq “quyosh shafaqi” bo‘yovchisi, talk, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.
Ta'rifi och-to‘q sariq rangdan, to‘q sariq ranggacha bo‘lgan, oq va to‘q sariq rangli dog‘lari bo‘lgan, riskali yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK “shamollash” simptomlarini barataraf etishi uchun va (psixostimulyator vosita+analgetik nonarkotik vosita+alfa-adrenomimetik+N1+
gistamin retseptorlarining blokatori) vositasi.
ATX kodi N02BE71
Farmakologik xususiyatlari
RINOMAKS® AKTIV TAB – majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan analgetik, isitmani tushiruvchi va allergiyaga qarshi ta'sirlarga ega.
Paratsetamol (atsetaminofen) – analgetik-antipiretik, analgetik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Shamollash kasalliklarida og‘riqli sindromlarni kamaytiradi, tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘riqlari, yuqori haroratni pasaytiradi. Ta'sir mexanizmi gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bog‘liq.
Kofein – markaziy nerv tizimiga (MNT) rag‘batlantiruvchi ta'sirga ega, charchoqlik va uyquchanlikni kamaytirshiga, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirishiga olib keladi.
Fenilefrin gidroxloridi – alfa1-adrenomimetik. Qon-tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, nafas yo‘llari va burunning yondosh bo‘shliqlari shilliq qavatining shishi va giperemiyasini kamaytiradi, burun orqali nafasni yengillashtiradi.
Xlorfeniramin maleati (xlorfeniramin) – N1-retseptorlarning blokatori, allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, burun bo‘shlig‘i, burun halqumi va burunning yondosh bo‘shliqlarining shishi va giperemiyasini kamaytiradi, ko‘zlar va burunni qichishishini yo‘qotadi, burun orqali nafasni yengillashtiradi. Ekssudativ hurujlarni kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol
Me'da-ichak yo‘llarida (MIY), asosan ingichka ichakda tez va deyarli to‘liq so‘riladi. 500 mg dozada bir marta qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 10-60 minutdan keyin erishiladi va 16 mkg/ml ni tashkil qiladi, so‘ngra taxminan pasayadi va 6 soatdan keyin 11-12 mkg/ml ni tashkil etadi. Qon oqsillari bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-4 soatni tashkil qiladi, ammo doza oshirib yuborilganda jigar kasalliklarida va keksalarda uzayishi mumkin. Siydik bilan asosan glyukuronid va sulfatli kon'yugatlar ko‘rinishida chiqariladi.
Kofein
Jigarda (97%) 1,7-metilksantin, 1,7-dimetilmetilksantin va 1,3-dimetilmochevina kislotasigacha metabolizmga uchraydi, ular siydik bilan chiqariladi.
Fenilefrin
Ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llariga yomon so‘riladi. Ichak devorida va jigardan “birinchi o‘tishi” da va monoaminooksidaza ishtirokida metabolizmga uchraydi. Fenilefrinning biokiraolishi past. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin
Ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Gematoentsefalik to‘siq orqali har xil to‘qimalarga kiradi. Oqsillar bilan bog‘lanishi- yuqori. Jigarda metil guruhini birikish yo‘li orqali metabolizmga uchraydi. Metabolitlar ko‘rinishida va me'da-ichak yo‘llari va buyraklar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Gripp, O‘RVI (isitma sindromi, og‘riq sindromi, rinoreya), allergik rinit va rinit, burunni bitishi, bosh og‘rig‘i, isitma, etni uvishishi, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq bilan kechuvchi boshqa shamollash kasalliklarini simptomatik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
RINOMAKS® AKTIV TAB ni har doim Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyasiga mos ravishda qabul qiling. Agar Sizda biron bir ishonchsizlik tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevtdan so‘rang.
Ovqat qabul qilingandan keyin, 1-2 soat o‘tgach preparat ichga buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan har 4-6 soat buyuriladi. Maksimal bir martalik doza – 1 tabletka, maksimal sutkalik doza – 4 tabletka. Davolash kursi – 5 kundan ko‘p emas.
Terapevtik samara yetarli bo‘lmaganda, shuningdek yangi simptomlar paydo bo‘lganda, jiddiyroq kasallik bo‘lishi mumkinligi tufayli tez shifokorga murojaat etish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday boshqa dori preparatlari kabi RINOMAKS® AKTIV TAB nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumukin, garchi u hammada ham namoyon bo‘lmasligi mumkin.
RINOMAKS® AKTIV TAB preparatini qo‘llashda quyidagi nojo‘ya ta'sirlar chaqirilishi mumkin
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquga ketishni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan AB oshishi, taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya sohasida og‘riq, gepatotoksik ta'sir.
Ko‘rish a'zolari tomonidan midriaz, akkomodatsiya parezi, ko‘z ichki bosimini oshishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan buyrak sanchiqlari, glyukozuriya, interstitsial nefrit, papillyar nekroz.
Nafas olish tizimi tomonidan bronxoobstruktsiya.
Agar Sizda bu qo‘llanilishigaga doir yo‘riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo‘ya reaktsiyalar aniqlansa, Siz bu haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
RINOMAKS ® AKTIV TAB quyidagi hollarda qo‘llanilmasin
- Paratsetamolga va preparatining tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- RINOMAKS® AKTIV TAB tarkibiga kiruvchi moddalar saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish;
- Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, yurak ishemik kasalligi;
- Ariterial gipertenziya (og‘ir kechishi);
- Qandli dibet (og‘ir kechishi);
- Beta-adrenoblokatorlar, monoaminooksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlarni bir vaqtda qabul qilish;
- Homiladorlik, laktatsiya davri;
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan arterial gipertenziya, qalqonsimon bezining kasalliklari (tireotoksikoz, gipertireoz); feoxromatsitoma, qandli diabet, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, qon kasalliklari, tug‘ma giperbilirubinemiya (Jilber, Dubin-Djonson va Rotora sindromlari), jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yopiqburchakli glaukoma, prostata bezining giperplaziyasida (siydik chiqarilishini qiyinlashishi, qovuq bo‘ynining obstruktsiyasi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi lozim.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Iltimos, agar Siz yaqin orada qandaydir boshqa preparatlarni qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsangiz, agar u retseptsiz berilayotgan bo‘lsa ham, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevtga ma'lum qiling.
RINOMAKS® AKTIV TAB etanol, sedativ preparatlari, MAO ingibitorlarining samarasini oshiradi.
RINOMAKS® AKTIV TAB preparatini antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalari, fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyatlar rivojlanishini xavfi oshiradi.
GKS RINOMAKS® AKTIV TAB preparati bilan bir vaqtda qo‘llanganda glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi.
Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi.
Etanol antigistamin dori vositalarini sedativ ta'sirini oshiradi.
Xloramfeniraminni MAO ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipertonik krizga, qo‘zg‘alishga, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin.
Tritsiklik antidepressantlar fenilefrinning qo‘llanilganda adrenomimetik ta'sirini oshiradi, galatonni bir vaqtda buyurish qorinchalar aritmiyasi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Fenilefrin guanetidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u o‘z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimullovchi faolligini oshiradi.
RINOMAKS® AKTIV TAB ni barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktoralari bilan bir vaqtda qo‘llash, paratsetamolning gepatotoksik ta'siri rivojlanishi xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
RINOMAKS® AKTIV TAB preparatini qo‘llash davrida alkogol, uyqu chaqiruvchi va anksiolitik preparatlarni (trankvilizatorlar) qabul qilishdan saqlanish lozim.
Agar, preparatni qabul qilishga qaramasdan, kasallik simptomlari 3-5 kun davomida o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Paratsetamol saqlovchi boshqa dori vositalarini birgalikda qabul qilmang.
Uzoq vaqt davomida qo‘llanganda preparat nefrotoksik va gepatotoksik ta'sir ko‘rsatadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Agar Siz RINOMAKS® AKTIV TAB qo‘llayotganingizda homilador ekanligingini bilib qolsangiz, darhol O‘zingizning shifokoringizga ma'lum qiling, chunki u davolashni davom ettirish masalasini hal qiladi.
Jigar funktsiyasining buzilishlarida qo‘llanilishi
Jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Buyraklar funktsiyasining buzilishlarida qo‘llanilishi
Buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Bolalarda qo‘llanilishi
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan ko‘proq doza qabul qilganingizda, darhol yordamga shifokorga murojaat qiling!
Simptomlari (10-15 g dan ko‘proq paratsetamol qo‘llanganda namoyon bo‘ladi) teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz; "jigar“ transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi.
Davolash me'dani birinchi 6 soat davomida faollashtirilgan ko‘mir bilan yuvish buyuriladi, doza oshirib yuborilishidan 8-9 soatdan keyin metionin donatorlari va 12 soatdan keyin N-atsetiltsistein yuboriladi.
Chiqarilish shakli
4, 10 tabletkalar kontur-uyali o‘ramlarda.
1, 2, 5, 10 kontur-uyali o‘ram davlat tilida va rus tilidatibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan qattiq qog‘ozdagi quti ichiga solinadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«NIKA PHARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«NIKA PHARM» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sayram 7-tor ko‘chasi, 48-A uy.
Tel
998 78 150 86 68; faks 99878 150 84 48. www.nikapharm.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.